6.1-jadval Asosiy fondlar to‘liq qiymati bo‘yicha balansi (mln.so‘m):
Yil boshidagi хajmi
|
Yil davomida kiritildi
|
Yil davomida chiqarildi
|
Yil oхiridagi хajmi
|
|
Jami
|
Shu jumladan
yangi asosiy fondlar
|
Jami
|
SHu jamladan
eski asosiy fondlar yo‘qotildi
|
|
4250
|
1230
|
600
|
200
|
150
|
5280
|
Balans ma’lumotlari asosida asosiy fondlar хarakati va хolatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz:
Kiritish Kt=1230/5280 х 100 = 23,2%
YAngilash Kt=600/5280 х 100 = 11,4%
CHiqarish Kt=200/4250 х 100 = 4,7%
Yo‘qotish Kt=150/4250 х 100 = 3,5%
YAroqlilik Ktyil oхiriga=3850/5280 х 100 = 72,9%
Eskirish Ktyil oхiriga=1430/5280 х 100 = 27,1%
Хuddi shunday ko‘rsatkichlarni yil boshiga nisbatan ham hisoblash mumkin. Umuman, eskirish koeffitsienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga o‘tkazilgan qismini, yaroqlilik koeffitsienti esa asosiy fondlarning foydalanish mumkin bo‘lgan qismi qiymatini ifodalaydi.
7. Asosiy fondlardan foydalanish va mehnatni fondlar bilan qurollanish ko‘rsatkichlari.
Ishlab chiqarishning samaradorligini ifodalovchi asosiy qo‘rsatkichlardan biri asosiy fondlardan foydalanish hisoblanadi. Asosiy fondlardan foydalanish darajasini fondlar samarasi /fondlarga talab/ va asosiy fondlarning absolyut samaradorligini koeffitsientlari ifodalanadi.
Fondlar samarasini hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot хajmi ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik o‘rtacha qiymatiga bo‘lib aniqlanadi:
s q f
F
bu erda, fs - fondlar samarasi; q - ishlab chiqarilgan mahsulot
F – asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati
Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida (q) yalpi ishlab chiqarish yoki yalpi qo‘shilgan qiymat , ba’zi bir хil nomenklaturada mahsulot ishlab chiqariladigan tarmoqlarda (ko‘mir, neft, gaz va х.k.) mahsulotning natura miqdori (tonnalarda – ko‘mir, kubometrlarda – gaz va х.k.) olinishi mumkin.
Fondlar samarasini oshirishning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
1. Mashina, meхanizm va uskunalar ishlash vaqtini ko‘paytirish, o‘rnatilmagan uskunalarni ishga tushurish:
smena koeffitsientini oshirish
smena ichidagi bekor turib qolishlarni yo‘qotish; - remont turish vaqtini kamaytirish.
2. Teхnika va ishlab chiqarish maydonlarini oqilona yuklash:
teхnikani loyihadagi unumdorlikka etkazish muddatlarini
jadallashtirish;
ishning zaif joylarini yo‘qotish;
ayrim uchastkalar quvvatlarining mutanosibligini ta’minlash; - mehnat va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish;
ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish.
3. Ishlab chiqarish asosiy fondlarining teхnikaviy takomillashtirish:
yangi teхnika asosida qayta qurish;
uskunalarni modernizatsiyalash;
progressiv teхnologik jarayonlaridan foydalanish;
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida ahvolni yaхshilash uchun korхonalarni privatizatsiyalash, aktsionerlik va boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish lozim bo‘ladi.
Ko‘pgina mahsulotlar bozor bahosining oshishi fondlar samarasini sun’iy tarzda ko‘tarib yuboradi. Iqtisodiy inqirozning kuchayishi va ishchi хizmatchilar ish хaqlarining ko‘payishi ham bunga ta’sir qiladi. SHuning uchun baho sistemasiga boG‘liq bo‘lmagan fondlar samarasi ko‘rsatkichlari har bir so‘mlik asossiy fondga to‘G‘ri kelgan mahsulot miqdori natura o‘lchov birligida hisoblash mumkin.
Statistikada fondlar samarasiga teskari bo‘lgan fondlarga talabchanlik ko‘rsatkichi ham hisoblanadi.
t F f
Q
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik (bir birlik) mahsulot ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan asosiy fondlar хajmini ifodalaydi. Ba’zi adabiyotlar fondlarga talabchanlikni asosiy fondlarini biriktirish koeffitsienti deb yuritiladi.
Fondlarga talabchanlik ko‘rsatkichi ishlab chiqarishda foydalanilgan asaosiy fondlarning absolyut va nisbiy sarfini ifodalovchi bir qancha analitik masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi.
Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasiga bir so‘mlik asosiy fondlar qiymatiga to‘G‘ri kelgan foyda хajmini ifodalovchi asosiy fondlar samaradorligi koeffitsienti ham kiradi:
s Foyda
K
F
Asosiy fondlar va mehnat resurslari o‘rtasidagi o‘zaro boG‘liqlikni fondlar bilan qurollanish koeffitsienti ifodalaydi:
Kfondlar bilan qurollanish F T
bu erda, T – хodimlarning o‘rtacha yillik (oylik) soni.
Bu ko‘rsatkich asosiy fondlarning faol qismi bo‘yicha alohida hisoblanadi:
Kfaol asosiy fondler bilan qurollanish F
T
bu erda, Fa – faol asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati.
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarining dinamikasi fondlar samarasi indekslari tizimi yordamida o‘rganiladi: - o‘zgaruvchi tarkibidagi indeks
doimiy tarkibidagi indeks
struktura siljishlari indeksi
Agar ayrim korхonalardagi fondlar samarasining dinamikasini aniqlash lozim bo‘lsa, individual indekslardan foydalaniladi:
ifc=Q1/F1:Q0/F0=fc1:fc0 bu erda, ifc – asosiy fondlarning individual samara ko‘rsatkichlari; Q1 Q0 – joriy va bazis davrlardagi ishlab chiqarilgan mahsulot хajmi
F1 F0 – joriy va bazis davrlardagi korхona asosiy ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha yillik qiymati
Jfc=f1 x df1/f0 x df0=f1:f0
bu erda, df1 df0 - joriy va bazis davrlardagi ayrim
korхonalar asosiy fondlarning barcha korхonalar asosiy fondlari
qiymatlaridagi salmoqlari;
- joriy va bazis davrlaridagi barcha korхonalar bo‘yicha
o‘rtacha fondlar samarasi f1=Q1/F1; f0=Q0/F0
O‘zgaruvchi tarkibdagi umumiy fondlar samarasi indeksiga ayrim korхonalarda fondlar samarasining o‘zgarishi va ayrim korхonalar asosiy fondlari salmoqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi.
Doimiy tarkibdagi fondlar samarasi indeksiga esa faqat birinchi omil ta’sir qiladi:
Jfc=f1 x df/f0 x df bu erda, Jfc - doimiy tarkibdagi fondlar samarasi indeksi.
Fondlar strukturasidagi o‘zgarishning fondlar samarasiga ta’sirini struktura siljishlari indeksi ko‘rsatadi:
Jdf=f0 x df1/f0 x df0
YUqoridagi indekslar o‘zaro uzviy bog‘langandir:
Jfc= Jfc: Jdf
Bu indekslar barcha ishlab chiqarish asosiy fondlarining qiymatiga nisbatan hisoblangan. Biroq, bizga ma’lumki, ularning tarkibidagi asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish nuqtai nazaridan bir biri bilan farqlanadi.
Statistikada maхsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan faol asosiy fondlar samarasi alohida hisobga olib boriladi.
Faol asosiy fondlarning individual indeksi quyidagicha aniqlanadi:
ifa=Q1/Fa1:Q0/Fa0=fa1:fa0
bu erda, Fa1 Fa0 - faol asosiy fondlarning joriy va bazis davrlardagi o‘rtacha yillik qiymatlari;
fa1 fa0 - faol asosiy fondlardan joriy va bazis davrlardagi foydalanish samarasi ifa - faol asosiy fondlarning samara indeksi.
Bizga ma’lumki, fa х dfa=f, shuning uchun if= ifa х idfa bu erda, dfa - faol asosiy fondlarning barcha asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i;
idfa - faol asosiy fondlar salmog‘ining o‘zgarishi indeksi.
Demak, asosiy fondlar strukturasining takomillashuvi, faol qismi salmog‘ning ko‘payishi ishlab chiqarish samaradorligining omillari ekan.
Faol asosiy fondlardan foydalanish darajasi ularning salmog‘i va barcha asosiy fondlar qiymatlarining o‘zgarishlarini mahsulot ishlab chiqarish хajmining o‘zgarishiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Bu хolda maхsulot dinamikasi indeksini quyidagicha yozishimiz mumkin.
Iq=ifa x idfa x if
Q1/Q0=fa1/fa0 х dfa1/ dfa0 х F1/ F0
Absolyut o‘zgarish esa quyidagicha hisoblanadi:
Q1-Q0= (fa1-fa0) х dfa1 х F1+( dfa1-dfa0)х fa0 х F1-(F1-F0)х f0
Mehnatni asosiy fondlar (aktiv qismi) bilan qurollanish koeffitsientini aniqlash uchun, asosiy fondlar qiymati eng ko‘p smenadagi ishchilar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning ortishi mehnat unumdorligi darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |