Reja: mikroelementlarni o’rganish borasida olimlarning qo’shgan hissalari



Download 53,58 Kb.
bet3/5
Sana03.07.2022
Hajmi53,58 Kb.
#735402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xayrullayev Rustambek 1

Kobalt (Co). O’simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o’rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o’simliklarda bu ko’rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt qo’proq dukkakli o’simliklarda uchraydi, ko’proq tuganaklarda yig’iladi. Shuningdek, kobalt generativ organlarda ham to’planadi, changdonda yig’iladi va uning o’sishini tezlashtiradi. O’simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan sintezlanib, o’simliklarga tuproqdan o’tadi yoki azot to’plovchi tuganaklarida hosil bo’ladi. B12 uchraydigan o’simliklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi. Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo’lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 m arta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30—35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.
Rux (Zn). Rux ham o’simliklar uchun zarur bo’lgan mikroelementlardan biri hisoblanadi. Rux o’simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo’lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko’proq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o’tishi sekinlashadi, shuningdek o’simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to’planishi kuzatiladi. Rux yetishmaganda o’simlik hujayralarining bo’linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o’zgaradi, poyadagi bo’glim oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (qulmoq), qand lavlagi, kartoshka, qizil beda o’ta sezgir bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, begona o’tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o’simliklar tarkibida va shuningdek, zaharli zamburug’larning tarkibida rux ko’p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga bo’lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo’ladi.
So’nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan “C” vitaminning to’planish jarayoni bilan bog’liq ekanligi aniqlangan. M.Ya. Shkolnikning tekshirishlariga ko’ra, rux mikroelementi o’simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini ko’paytiradi, bu esa o’simliklarning sovuqqa, qurg’oqchilikka va sho’rtob tuproqlarga chidamli bo’lishiga bevosita bog’liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi tomonidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo’lgan mikroo’g’itlar tuproqqa solinganda o’simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o’zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroorganizmlari uchun ham zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali har yili 1 gektar yer hisobida 75—250 g rux olib chiqib ketiladi.Ya.V. Peyve ma’lumotlariga ko’ra, 1 kg tuproqdagi mikroelementlarning umumiy miqdori quyidagicha : bor—1,5—55 mg, mis—1,5—30,0 mg, rux—2,50—6,50 mg, marganes—100—250 mg, molibden—0,2—7,5 mg, kobalt—0,4 dan 4,0 mg gacha.
Mikroelementlarning tuproqda kam yoki ko’p bo’lishi ham salbiy hol hisoblanadi. Masalan, 1 kg tuproqda bor miqdori — 0,3 mg, marganes 10,0 mg, rux — 1,5—2,0 mg, mis — 2—3 mg, kobalt — 1,5—3,0 mg, molibden 0,20—0,25 mg dan kam bo’lgandagina mikroelementlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir me’yorda ushlab turish uchun dalalarni organik o’g’itlar (go’ng) bilan o’g’itlab turish yaxshi natija beradi. Chunki, go’ng tarkibida deyarli hamma turdagi makro va mikroelementlar mavjud. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, aksariyat ko’p hollarda go’ng solinmay makroolg’itlar katta miqdorda berilib, yuqori hosil olish moMjallangan dalalarda, o’simliklar va tuproqning mikroelementlarga bo’lgan muhtojligi yaqqol seziladi.

Download 53,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish