Moliya hisoblamasining sxemasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Moliya hisoblamasida moliya operatsiyalari kabi nomoliya operatsiyalari ham aks ettiriladi. Ko‘pchilik nomoliyaviy operatsiyalar tovar yoki nomoliyaviy aktivlarga ega bo‘lish huquqi bilan bo\liq. Masalan, tovar va xizmatlarni sotib olishda xaridorning naqd pul yoki depozit aktivlari kamayadi, sotuvchiniki esa ko‘payadi. Tovar va xizmatlarni kreditga berishda sotuvchining moliyaviy talabnomasi vujudga kelsa, xaridorda esa moliyaviy majburiyat vujudga keladi. Bu esa debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshishiga olib keladi.
Nomoliyaviy aktivlardan moliyaviy aktivlar shunisi bilan farq qiladiki, moliyaviy aktivlar o‘zida boshqa iqtisodiy birliklarga talabnomani aks ettiradi. Bu yerda bir iqtisodiy birlik kreditor, ikkinchisi esa debitor hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |