Reja: Mexanik harakat



Download 44 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi44 Kb.
#36537
Bog'liq
1.Mexanika harakatning tavsifi turlari 141119105606

Mavzu: Mexanika harakatning tavsifi turlari
Reja:


  1. Mexanik harakat

  2. Mexanika harakatning tavsifi turlari

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

Mexanika harakatning tavsifi turlari

Fizika tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari va qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fan.

Fizika fanini birinchi bo‘lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (e.a. 384-322 y.) o‘zining kitobida bayon etgan.

Olimlar tabiatni ko‘p asrlar davomida o‘rganib, materiya harakatsiz yashay olmaydi, harakatni materiyadan ajratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi, ya’ni harakat materiyaning ajralmas xossasidir, degan xulosaga keldilar. Harakat deganda materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari bir turdan ikkinchi turga aylanishlari va barcha jarayonlar tushuniladi.

Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni ochish va o‘rganish har bir qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishiga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin.

Fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning barchasining alohida bo‘limlari bor: astronomiyada – astrofizika, kimyoda – fizikkimyo, agronomiyada – agrofizika, metallshunoslikda – metallofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin.

Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.

Fizika ishlab chiqarishning taraqqiyotiga tegishli tabiiy fanlar orqali ham, bevosita ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Fizikaning ishlab chiqarishga elektr energiya, barcha transport turlari, radioaloqa, teleko‘rsatuv, yadro energiyasini va hokazolarni ochib berganini eslashning o‘zi yetarlidir.

Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning bir-biriga aylinishini, shuningdek, modda va maydon xossalarini o‘rgatadi.

Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelgan va bular orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va hokazolarni ta’riflash mumkin. Ana shunday tushunchalardan: fizik jismlar, fizik sistema, fizik hodisa va fizik muhit deb ataluvchi tushunchalar.

Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, turli moddalardan tashkil topgan Quyosh, auditoriya, xonadagi havo, chang zarralari, dengiz, avtobus va hokazolar fizik jismlar.

Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.

Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o‘zgarmas qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, suvning qaynashi yoki muzlashi, avtobus va samolyotning harakati va shu kabilar fizik hodisalardir.

Modda molekulalari o‘zgaradigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi. Masalan, yoqilg‘ining yonishi, plastmassalar tayyorlash, rudalardan metall olish. Ammo ko‘pgina hodisalarda bir vaqtning ham fizik, ham kimyoviy hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida bunga elektr yoyini, radioaktivlik, zanjir va termoyadro reaksiyalarini olish mumkin. Shuning uchun ham fizika ham kimyo fanlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi.

Fizik muhit deb, fizik hodisa va jarayonlar sodir bo‘ladigan moddiy fazo yoki muhitga aytiladi.

Mexanika materiya harakatining eng sodda turi haqidagi ta’limotdir. Bunday harakat jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko‘chishidan iborat bo‘ladi.

Mexanika ham, hamma tabiiy fanlar kabi, o‘zining qonun-qoidalarini tajribalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish yo‘li bilan aniqlaydi. Jismlarning ko‘chishini kuzatish tajribalari eng sodda tajribalardandir. Odamlar, kundalik turmushida va har qanday ishlab chiqarish jarayonida jismlarning ko‘chishini ko‘radilar. Shuning uchun mexanik tasavvurlar juda yaqqol bo‘ladi. Mexanikaning boshqa tabiiy fanlardan oldinroq rivojlanishiga ham sabab ana shu.

Fizikaning jismlar mexanik harakatini va nisbiy tinchlik sharoitlarini o‘rganadigan bo‘limi mexanika deyiladi.

Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgaradi. Masalan, poyezd temir yo‘l iziga nisbatan, trolleybus, avtobuslar binolarga, daraxtlarga nisbatan harakat qiladi va hokazo. Ammo temir yo‘l relsi va binolar, daraxtlarning o‘zi ham Yer bilan birga harakatlanib turadi. Tabiatda mutlaqo harakatsiz jism yo‘q.

Tabiatdagi hamma jismlar harakatda bo‘lganligidan har qanday tinchlik nisbiydir.

Har qanday tinchlik nisbiy bo‘lgani kabi, har qanday harakat ham nisbiydir.

Mexanika uch kismga bo‘linadi: kinematika, dinamika va statika.

Mexanikaning mexanik harakatni uni yuzaga keltirgan sabablarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganadigan bo‘limi kinematika deyiladi.

Mexanikaning jismlarning harakat qonunlarini harakatlanayotgan jism massalariga va ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘liq holda o‘rganadigan bo‘limi dinamika deyiladi.

Kuch ta’sirida jismlarning muvozanat holatini saqlash shartlarini o‘rganadigan mexanikani bo‘limi statika deyiladi.

Kinematika o‘rin almashtirishning o‘zinigina vaqtga bog‘lab tekshiradi, dinamika esa jismlarning harakat holatlarini o‘zgartiradagan o‘zaro ta’sirlarni ham hisobga oladi.

Jismning harakatini tasvirlashda, ya’ni uni vaziyatining o‘zgarishini ko‘rsatishda, berilgan jismning harakati kaysi jismga yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralishini tanlab olish kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar :



  1. I.V.Savelev. Umumiy fizika kursi.

  2. R.I.Grabovskiy. Fizika kukrsi.

  3. Ismoilov M., Habibullayev P., Xaliulin M. Fizika kursi.

  4. Abdullayev G. Fizika.

  5. Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi»

  6. Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi»

  7. Rasulmuhamedov A.G, Kamolov J., Izbosarov B.F. «Umumiy fizika kursi»

  8. Nazarov O‘.Q. Umumiy fizika kursi.

9. Sivuxin D.V. “Umumiy fizika kursi”.

10. www.ziyonet.uz
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish