Reja: Menejment jarayoni mazmuni



Download 226,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2022
Hajmi226,41 Kb.
#533512
Bog'liq
Menejment jarayoni va funksiyasi



MENEJMENT JARAYONI VA FUNKSIYASI
Reja:
1. Menejment jarayoni mazmuni;
2. Boshqarish maqsadlari;
3. Menejment funksiyasi klassi katsiyasi va tushunchasi;
4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
(http://elib.buxdu.uz)
ADABIYOTLAR 622452 TA
VIDEODARS 982 TA
AUDIOKITOB 2205 TA


1. Menejment jarayoni mazmuni
Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini
ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman
menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish
(kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsi ash mumkin. Boshqaruv
jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab
chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy.
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft
ajratib olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni
bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy
munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish;


- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish,
insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan
bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
SHunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining
qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini
muvo qlashtirish bo‘yicha maqsadli harakat qilishidir.
Boshqaruv jarayoni bosqich va davrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi
sxemada aks ettirish mumkin:
Мақсад
Вазият
Му-
ам-
мо
Қарор
Мақсад қўйиш
Ахбо-рот фао-лияти
Тахли-лий фао-лият
Харакат вариант-ларини танлаш
Ташкилий амалий фаолият


Менежмент
жараёни
босқичлари
Менежмент
жараёни
даврлари
U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo‘llarini izlash yoki undagi
salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlarni tavsi aydi. Muammo
bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan
mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish
bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o‘tishini ifodalab, qaror qabul
qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o‘tkazila boshlanadi.
Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy orgtexnika
vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil
va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig‘ish, saqlash, tarqatish
va qayta ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy
faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag‘batlantirish va vazifalarni taqsimlash
usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.zo.lar kiradi. Boshqarish


uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish,
qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu
operatsiyalar yig‘indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot,
moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini
bog‘lashni ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul,
maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvo qlashtirish,
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni
ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim
bo‘lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq muhim muammo
rasman bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi
gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo‘lib qoldi (masalan, korxona va
mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o‘rtasida
va h.zo.).
2. Boshqarish maqsadlari
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu
boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni
quyidagicha tavsi ash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday
bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan
(aniq nima qilinadi).
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy
muammolarni boshqarish tizimsi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy
nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish,
insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv 
apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.


SHunday qilib, menejment jarayoni qo‘yilgan masalaga erishish uchun
boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang
faoliyat ko‘rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-
qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. 
Echim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o‘tish faoliyatidir. Qaror qabul
qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko‘rsatiladi, alohida
oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy
ishlar.
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig‘ish, tahlil
etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini 
ishlab chiqish
, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va
boshqalar.
Tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushintirish, ishontirish,
rag‘batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va
boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni
bajarilishni nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko‘p holatlarda
hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har tara ama tashkil etilmaydi,
uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari o‘zaro bog‘lanmaydi.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini
korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari
bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik,
ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha
sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni
boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab
olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat
resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb
tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning
sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli
tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan
samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
-
boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;


-
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari
samaradorligi;
-
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam
oshirish);
-
boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda
mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
-
boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv
shakllari).
3. Menejment funksiyasi klassi katsiyasi va tushunchasi
Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko‘rinadi. Menejment
funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni echishga
yo‘naltirilgan bir turli ishlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va
ijrochilar ma’suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar
funksional bo‘lim to‘g‘risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun
ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili
har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar
sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi.
g) muvo qlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal
etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o‘zaro aloqa
o‘rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa
ogohlantiriladi.
d) rag‘batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida
faollashtirish, uning manfaatlari yo‘lida g‘amxo‘rlik qilishni boshqarish;
e) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va
hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish.


Agar boshqariluvchi ob’ekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa,
boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, korxona timsolida
quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
v) mahsulot sifatini boshqarish;
g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar.
Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ular
o‘z navbatida yana bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, asosiy ishlab
chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag‘batlantirish va
boshqalarni o‘z ichiga oladi. Hamma funksiyalar o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini,
jihatlarini, tomonlarini tavsi aydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch
guruhga bo’ish mumkin:
1.
Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar,
hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish
darajasini aniqlaydi.
2.
Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashkiliy tuzilma,
axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir.
3.
Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini,
sanitariya gigiena, ruhiy, ziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini
aniqlaydi.
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
-
yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi);
-
boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati;
-
boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi.
Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: E = E – Z XE
Bunda: E - yillik iqtisodiy samara, so’m;
E – yillik shartli tejam, so’m;
Z – birvaqtli harajatlar, so’m;
E – solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me’yoriy koe senti (o’lcham,
qoplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq).
y
shy
u
n-
y
shy
u
n


Boshqaruv samaradorligi ikki xil usulda hisoblanishi mumkin:
E = R / Z va E = R / Z
Bunda, E – boshqaruv samaradorligi;
R – oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi).
R – faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi;
Z – boshqaruv harajatlari;
Birvaqtli xarajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi:
Z = K + N.
Bunda, K – capital xarajatlar, so’m;
H – capital bo’lmagan xarajatlar.
4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri
Bozor muhitining tez o‘zgarishi korxonaga doim "tashvish" keltirib
turadi. Aholi daromadi, xarid qilish qobiliyati, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan
talab, demogra k sharoit tee-tez o‘zgarib turadi.
Masalan, aholi turmush darajasining o‘sishi diltortar tovarlarga ehtiyojni
oshiradi. SHunday tovarlarga talabni qondirgan korxona katta foyda oladi.
Bozor munosabatlarining o‘zgarishi ishlab chiqarish va boshqarishning
o‘zgarishini talab etadi. Menejment funksiyasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘iladi.
YAna quyidagilar qayta ko‘riladi:
rejalashtirish, tashkil etish, muvo qlashtirish, rag‘batlantirish, hisobga
olish, nazorat qilish va boshqalar.
Bozor munosabatlariga o‘gish, barcha Nizom, yo‘riqnomalar qonunga zid
me’yoriy huquqiy hujjatlarni qayta qurishni talab etadi. Boshqarish, lizing,
moliya va kredit, narx belgilash va rejalashtirishda yangi nizomlar qabul
qilinadi. Quyi va yuqori tashkilotlar o‘rtasida oshkoralik kengayadi, boshqaruv
organlari funksiyasi o‘zgaradi.
Mehnatning
pirovard natijasiga qarab xodimlarni rag‘batlantirish
ko‘ndalang turadi. Bunda moddiy rag‘batlantirish bilan birga xodimlarni
ma’naviy rag‘batlantirish usuli qo‘llaniladiki, aksariyat hollarda u katta samara
beradi.
b

b
b
b
b-
b
k
b
b
b


SHunday qilib menejment funksiyasi hech qachon so‘nmaydi, u doim
aniq milliy holatlarni hisobga olgan holda,
hamda inson ruhiyatidagi o‘zgarish
jarayonlariga qarab takomillashaveradi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishni loyihalashtirishning barcha
bosqishlarida iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon hisoblanadi. Ishlab chiqarish boshqaruvini
takomillashtirishning loyihalashtirish oldi bosqichida, takomillashtirish nimadan iborat bo’ladi
boshqaruvning yangi tizimi yuqori darajada samaradormi degan savollar tug’iladi.
Loyihalashtirish bosqichida investitsiya hajmidan, xarajatlar guruhidan kelib chiqib yuqori
iqtisodiy samaradorlikni iniq usullarini hisoblab chiqiladi. Boshqaruvni takomillashtirishda aniq
tadbirlar ishlab chiqilgandan so’ng qo’llanilgandan keyin haqiqiy erishilgan tejamkorlik o’lchovi
aniqlanishi zarur.
Boshqarish samaradorligi o‘z tabiati bilan murakkab jarayon. Uni faqat
bitta yoki ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalab bo‘lmaydi. Buning uchun
ko‘rsatkichlar tizimi zarur. Bu tizimni ikkita yirik guruhga bo‘lish mumkin:
Boshqarish tizimi faoliyatini tavsi ovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar, ya’ni:
-boshqaruvdagi jonli mehnatning tejalishini tavsi ovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv uchun sar angan moliyaviy resurslarning tejalishini
tavsi ovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish uchun sar anadigan vaqtni tejalishini tavsi ovchi
ko‘rsatkichlar.
Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini tavsi ovchi sifat ko‘rsatkichlari,
ya’ni:
-boshqarishning ilmiy-texnik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv apparati xodimlarining malakasi darajasini tavsi ovchi
ko‘rsatkichlar;
-qabul qilingan qarorlar samaradorligini tavsi ovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv jarayonidagi axborotlarning ishonchliligi va to‘liqligini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish madaniyatini tasi ovchi ko‘rsatkichlar;
-kommunikatsiyaning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;


-boshqaruv apparatidagi mehnat sharoitini tavsi ovchi ko‘rsatkichlar va
hk.
Boshqaruv samaradorligiga baho berish uchun juda ko‘p turli-tuman
miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. Har bir ko‘rsatkichni quyidagi
tarzda taqsimlash kerak:
-biror davr haqiqiy ko‘rsatkichlarini rejadagi, normativdagi ko‘rsatkichlar
bilan;
-joriy davr haqiqiy ko‘rsatkichlarini o‘tgan davrlar ko‘rsatkichlari bilan;
-bir korxona haqiqiy ko‘rsatkichlarini boshqa korxona haqiqiy
ko‘rsatkichlari bilan.
SHundagina iqtisodiy tahlil ham makon, ham zamon nuqtai nazardan
amalga oshirilgan bo‘ladi.
Unumdorlik ko'rsatkichi bo'yicha menejment - bu samarali boshqaruv
deganidir. Barqaror yuqori unumdorlikni ta’minlash barcha menejment
vazifalari va biriktiruvchi jarayon - kommunikatsiya, qaror qabul qilish va
peshqadamlikni ta’minlashga taalluqlidir.
Korxonaga o'zaro bir-biriga bog'liq unsurlardan iborat tizim nuqtai
nazaridan qarash zarur. Tashkilot unsurlari hamda tashkilotning tashqi muhit
bilan bir-biriga juda bog'liqligi tufayli muammolar oson va tez hal etiladi.
Boshqa tashkiliy muammolar kabi kelajak-da unumdorlikni oshirish
muammosi ham majmuiy yondashuvni talab qiladi. Unumdorlikka ham tashqi
muhitning, ham tizim o'zgarish jarayonining turli omillari tasir etadi. Bu
omillar bir-biriga ta’sir etishi sababli, unumdorlikni oshirishning o'zgarmas
(yagona) yo'li mavjud bo'lmaydi. Unum dorlikni oshirishga qaratilgan ko'plab
urinishlar korxonalar rahbarlari o'z harakatlari natijasini ko'ra bilmaganliklari
sababli muva aqiyasizlikka uchray-di. O ’z korxonasi unumdorligiga baho
berishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato sifatga e’tibor bermay faqat ishlab
chiqarish haj-mi ko'rsatmalarini hisobga olishdir.
So'nggi yillarda muva aqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalar tajribasi
sifat xarajatlar majmuining muhim unsuri ekanligini namoyon qilmoqda.
Yuqori sifat sotish mumkin bo'lgan mahsulot hajmining ortishi, xaridorlar
tomonidan qaytariladigan mahsulot miqdori va kafolatli ta’mirlash hajmining
qisqarishi hisobiga xarajatlar kamayishi-ga olib keladi. Natijada kompaniya o'z


raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini kengaytirishga sar ash uchun
qo'yimcha mablag'ga ega bo'ladi. Yuqori sifat sotuv hajmini oshiradi, ishlab
chiqarish ko'lamini kengaytirishga, foydani ko'pavtirishga imkon yaratadi.
Atrof-muhit i oslanishi darajasini kamaytirish, ish joyi sanitariya xolatini
yaxshilash va korxona ishchilari sog'lig'ini himoya qilish uchun korxonalar
qimmat uskunalar (masalan, tutun tutgichlar) sotib olishlari kerak, bu esa
xarajatlar ko'payishiga olib keladi. Istiqbolda atrof-muhitni yaxshilash va
mehnatni muhofoza qilish ish vaqtini taqsimlashga va natijada mehnat
unumdorligi ortishiga olib keladi.


Xulosa.
Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga
boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini
hisobga olgan holda o'rganish lozim.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o'zining «O’zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» asarida: «Kuchli ijti moiy siyosat, avvalo,
sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag'bat va imkoniyatlar
yaratishdan, iqtisodiy yo'l tanlash va faoliyat ko'rsatish erkinligiga bo'lgan
kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini
oshirishdan ham iboratdir», - deb ta’kidlagan edi.
Boshqaruvning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog'liq holda
o'zgaradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy alo-qalarning
murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan
sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli
shakllari mavjud bo'lgan sharoitda tovar ish lab chiqaruvchilar o'rtasida
raqobat vujudga kelib, u ishlab chiqarish ni boshqarish, foydani ko'paytirishga
yo'naltiriladi.
Hozirgi kun talabiga asosan oliy o'quv yurtlarida menejment nazariyasini
o'qitish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, menejer kadrlarni tayyorlashda bu
fanni o'zlashtirish muhimdir.


Read 331 times
Menejment nazariyasi fani bo'yicha ma’ruzalarda o'qituvchi talabalarga
masalaning mazmuni, mohiyatini tushuntirishi ularning keyingi mustaqil ta’lim
olishi uchun asos yaratadi. M a’ruzani yax-shi tinglanish siri shundan iborat-ki,
talabalarni ma’ruza boshida qanchalik tushunarsiz va qiyin bo'lishiga
qaramasdan, diqqat bilan eshitishga majburlashdan iborat. Diqqat shunday
natija beradi-ki, tushunarsiz narsalar, sekin-asta tushunarli bo'lib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. - T.: O
’zbekiston, 2009. - 24 b.
2.Karimov I.A. O ’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. -
T.: O ’zbekiston, 1995.
3.Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. O’quv – uslubiy majmua.T.: “TDIU”,
2011;
4.Qosimova D.S. “Boshqarish nazariyasi asoslari”. Darslik.T.:“Iqtisodiyot”, 2011.
Internet manzillar.
1.www.google.uz
2.www.hozir.uz
3.www.ziyo.net
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-
ishi)


More in this category: « Mehnatni boshqarish usullari. (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-
ish-kurs-ishi/item/13580-mehnatni-boshqarish-usullari) Menejment va bozor iqtisodiyoti. »
(/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13582-menejment-va-bozor-
iqtisodiyoti)
back to top (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13581-menejment-jarayoni-
va-funksiyasi#startOfPageId13581)
Powered by ATM (http://buxdu.uz)

 (http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=42296) 
 (http://www.uz/ru/res/visitor/index?
id=30140) 
 (//www.liveinternet.ru/click) (https://top.mail.ru/jump?from=3101603)
ИКС 810 (//a.pr-cy.ru/elib.buxdu.uz)
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Download 226,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish