Reja membrananing struktural mozaikasi va komponentlarining funktsiyalari


Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar



Download 150,14 Kb.
bet13/15
Sana24.05.2023
Hajmi150,14 Kb.
#943214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
17-Ma\'ruza (1)

Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar ko’payishi kaliyning tashqariga chiqishiga to’sqinlik qiladi, bu ionlarning hujayra ichida qolishini ta’minlaydi. Kaliy kationlarining hujayra ichida, natriyning esa tashqarida ko’p bo’lishini ta’minlab turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing natriy-kaliy nasosidir. Membranadagi Na, K, ATF-aza fermenti bu nasosning asosiy qismi. Nasos faoliyati uchun zarur bo’lgan energiya ATF parchalanganda ajraladi 1 gramm molekula ATF parchalanganda 8000-10.000 kal energiya ajralib chiqadi. Nasos kaliyni to’qima suyuqlig’idan protoplazmaga, natriyni esa ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala ionnning harakati ular kam bo’lgan suyuqlikdan ko’p bo’lgan suyuqlikka qaratilgan. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga muhtoj. Nasos faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning tarkibidagi makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy birikmasa, nasos ishlamaydi.
Kaliy-natriy nasosining membrana potentsiali shakllanishidagi ishtiroki, birinchidan, membrananing ikki yuzasi o’rtasida K va Na miqdoridagi farqni saqlab turishdan iborat bo’lsa, ikkinchidan, uning o’zi ham potentsial hosil qiladi. Nasos yordamida hujayradan tashqariga chiqarilgan har uchta natriy ioniga hujayraga kiritilgan ikkita kaliy ioni to’g’ri keladi. Bu hol tashqarida musbat zaryadlar ko’payishiga, membrana potentsiali oshishiga olib keladi.
Harakat potentsiali. Nerv, muskul va ba’zi hujayralar kuchli ta’sirlanish natija-sida (masalan, elektr toki, bilan ta’sir etilsa) shu qism qo’zg’aladi, ularda harakat potentsiali vujudga keladi. harakat potentsiali membrananing juda qisqa vaqt davom etuvchi aks qutublanishidan iborat. Nerv tola yoki hujayra membranasi qo’zg’algan qismining ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadga ega bo’ladi. Tabiiy sharoitda harakat potentsiali membrananing ma’lum bir nuqtasida vujudga kelib, u yerdan tarqala boshlaydi. U juda tez ko’tariluvchi va pastga tushuvchi to’lqin shakliga ega. Egri chiziqning ko’tariluvchi qismi membrana potentsialining manfiylikdan musbat holatga o’tishini ko’rsatadi.
Tinchlikda 70mV bo’lgan nerv tolasining membrana potentsiali 0,2-0,5 ms davomida 110 mV ko’tariladi. Bu harakat potentsialining depolyarizatsiya ya’ni qutblanishning yo’qolish fazasi deb ataladi. Depolyarizatsiya cho’qqisiga yetganida, membrananing musbat zaryadi 30-40mV tashkil qiladi, umuman uning depolyarizatsiyalanish miqdori 100-110 mV ga teng. Bundan keyin repolyarizatsiya, ya’ni qayta qutublanish bosqichi boshlanadi, membrananing potentsiali asl holiga keladi.
Ba’zi nerv va muskul tolalarida repolyarizatsiyaning oxirgi qismi ancha cho’ziq bo’ladi. Repolyarizatsiya boshlanib taxminan 1 ms o’tgandan keyin, chiziq bukiladi va potentsialning tiklanishi sekinlashadi. Boshqa bir tolalarda egri chiziqning repolyarizatsiya qismi tez pastga tushib, tinchlik potentsiali darajasidan o’tib ketadi. Bu vaqtda membrananing potentsiali tinchlik potentsialiga nisbatan manfiyroq bo’ladi. Egri chiziqning bu qismi ifodalaydigan potentsial giperpolyarizatsion (qutublanishning kuchayishi) izpotentsiali deyiladi. Ularni birinchi marta 1926 yilda D.S.Vorontsov qayd qilgan, keyinchalik esa J.Erlanger bilan G.Gasser va boshqalar mukammal tekshirgan. Ayrim qo’zg’aluvchan tolalarda iz potentsialining depolyarizatsiya qismi ham kuzatilishi mumkin. Nerv va ko’ndalang targ’il muskul tolalarining harakat potentsiali 0,1-5 ms.
Harakat potentsialining vujudga kelishi nerv va muskul tolalari membranasining Na va K ionlariga nisbatan o’tkazuvchanligining o’zgarishiga bog’liq. Ta’sirlovchi odatda elektr toki, membranani oz miqdorda depolyariza-tsiyaga uchratadi. Bu boshlang’ich depolirizatsiya natriy kanallarining bir qismini ochib hujayra ichiga qaratilgan kuchsiz natriy oqimi hosil qiladi. Oqim depolyarizatsiyani kuchaytiradi, ochilgan kanallar soni ko’payib, membrananing natriy kationlari uchun o’tkazuvchanligi 10-20 barobar oshib ketadi. Natijada musbat zaryadli Na tezlikda hujayra ichiga kira boshlaydi.
Membranadagi potentsiallar qutbi o’zgaradi: uning ichki yuzasi tashqi tomoniga nisbatan musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Bu harakat potentsialining depolyarizatsiya bosqichi.
Ion kanallarini membranani kesib o’tgan juda ingichka o’tish nayi, deb tasavvur qilish mumkin. Bu nayning devori oqsil molekulalaridan iborat. Kanal tashqi uchiga yaqin joyda 0,3-0,5nm gacha torayadi, kanallardan shunga yaqin bo’lgan zarrachalar o’tishi mumkin. Kanalning toraygan qismi kationlari saralab o’tkazadi. Shuning uchun u tanlovchi (selektiv) filtr deyiladi. Kanallarning soni aksariyat hujayralarda ko’p emas, bir kvadrat mikrometr sathida 20-30 kanal mavjud. Kanalning hujayra ichiga qaratilgan qismi ancha keng, bu yerda ikki tavaqali «darvoza» joylashgan. Darvoza tavaqalarining ochilib-yopilishi bir-biriga bog’liq emas.
Darvozalarning biri membrananing depolyarizatsiyalanishi ta’sirida tez ochiladi, bu aktivatsion darvoza. Uning ochilishi Na ning hujayra ichiga kirishiga yo’l beradi. hujayra tinch holatda bo’lganda bu darvozalar yopiq turadi. Ayni vaqtda ikkinchi darvozalar ochiq bo’ladi, ular inaktivatsion darvozalar deyiladi. harakat potentsialining depolyarizatsiya bosqichining boshida aktivatsion darvozalar ochilgan bo’lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi. Bu davrda ikkala darvoza ochiq bo’lib, kanaldan natriy kationining o’tishiga to’siq bo’lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion darvozani sekin yopib kanalni berkitadi. Natriyning hujayra ichiga o’tishi to’xtaydi. Depolyarizatsiya tugagandan so’ng inaktivatsion darvoza sekin ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi - kanallar asli holiga qaytadi.
Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potentsialiga bog’liq.
Kaliy kanallarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi natriy kanallarinikiga o’xshash, farqi faqat bu kanallarning selektivlik (tanlab o’tkazish) darajasida va inaktivatsiya rivojlanishining tezligida. Kaliy kanallarining tanlab o’tkazish qobiliyati juda yuqori, ulardan boshqa kationlar, masalan, Na deyarli o’ta olmaydi. Nerv tolalaridagi kaliy kanallarining inaktivatsiyasi depolyarizatsiya bir necha sekund davom etsagina yuzaga chiqadi.
Ta’sirot membranada boshlang’ich depolyarizatsiyani yuzaga keltiradi, u esa natriy kanallarining oz qismi ochilishiga sabab bo’ladi. Kanallarning ochilishi hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimini hosil qiladi. Bu oqim boshlang’ich depolyarizatsiyani kuchaytiradi va boshqa kanallarning ochilishiga olib keladi. Natriy kationlarining hujayraga juda tez kirishi depolyarizatsiyani cho’qqisiga yetkazadi. Inaktivatsion darvozalar yopilishi bilan natriy oqimi to’xtaydi.
Shu vaqtning o’zida depolyarizatsiya natijasida kaliy kanallari sekin asta ochiladi va tashqariga qaratilgan kaliy oqimi tezlashadi. Musbat kaliy ionlarining tashqariga chiqishi membranani repolyarizatsiyalaydi. Kaliy oqimi davomli bo’lsa, membrana giperpolyarizatsiya holatiga o’tishi mumkin. Bu vaqtda membranadagi potentsiallar farqi tinchlik potentsiali miqdoridan oshib ketadi.
Membrana potentsialini kiritik darajagacha o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan ta’sirot kuchi ta’sirot bo’sag’asi deyiladi. Bo’sag’a miqdoridan kuchsizroq bo’lgan ta’sir bo’sag’adan past, bo’sag’a miqdoridan kuchliroq bo’lgan rag’batlar esa bo’sag’adan yug’ori ta’sirlovchilar deb ataladi. Bo’sag’aning mutloq miqdori qo’zg’aluvchan to’qimalarning xossalariga va fiziologik holatiga, ta’sirot berish usuliga bog’liq. Ta’sirot bo’sag’a kuchiga ega bo’lsada, juda qisqa vaqt ta’sir etsa, qo’zg’alish ro’y bermaydi. Elektr tokining qo’zg’alish paydo qiladigan eng kam kuchi reobaza deyiladi. Bir reobazaga teng elektr toki bilan ta’sirlab, harakat potentsiali olish uchun zarur bo’lgan eng kam vaqt foydali vaqt, deb ataladi. Ma’lum chegarada tokni kuchaytirish vaqtning qisqarishiga olib keladi.
Foydali vaqtni aniqlash qiyin, chunki reobaza miqdori membrananing funktsional holatiga bog’liq holda o’z-o’zidan o’zgarib turadi. Shu sababdan, boshqa shartli miqdorni-xronaksiyani aniqlash mumkin.
Xronaksiya (yunoncha, xronas-vaqt, aktsiya-miqdor) ta’sir qiluvchi omil bilan olinadigan javob reaktsiyasining o’zaro bog’liqligini tushuntiradigan qonuniyatlardan biri bo’lib, bu tushunchani 1909 yilda frantsuz fiziologi L.Lapik tomonidan fanga kiritilgan. Xronaksiya- ikki reobazaga teng elektr toki bilan to’qimaga ta’sir etib, uni qo’zg’atish uchun sarflangan eng kam vaqtni bildiradi.

Download 150,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish