Reja membrananing struktural mozaikasi va komponentlarining funktsiyalari



Download 150,14 Kb.
bet10/15
Sana24.05.2023
Hajmi150,14 Kb.
#943214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
17-Ma\'ruza (1)

Pinotsitoz. Qattiq moddalarni fagotsitoz qilishdan tashqari hujayra suyuq moddalarni ham yutishi mumkin. Bu jarayonni birinchi marta Lfis kuzatgan.
Elektron mikroskopda oxirgi yillarda olib borilgan tekshirishlar pinotsitoz jarayonida hujayra plazmatik membranasining ahamiyati kattaligini ko’rsatdi. Suyuqlik tomchisi hujayra membranasining bir qismi bilan o’ralib, sitoplazmaga o’tadi va u yerda hujayra qobig’idan ajraladi. Shunday qilib, pinotsitoz pufakcha devori plazmatik membranada tashkil topgan.
Pinotsitoz mexanizmi quyidagi fazalarni o’z ichiga oladi:
1) tashqi sitoplazmatik membrana invaginatsiyasining hosil bo’lishi;
2) shu invaginatsiyalarga suyuqlik tomchisining yutilishi;
3) pufakchalarning sitoplazmaga o’tishi hamda sitoplazmatik vakuolalarning hosil bo’lishi.
Pinotsitozga yaqin jarayon rofeotsitoz bo’lib, bunda submikroskopik zarrachalar va makromolekula yutiladi. Rofeotsitozni pinotsitozdan farqli ravishda faqat elektron mikroskopda ko’rish mumkin.
Tashqi muhitning organizm ichki holatining har qanday o’zgarishi yetarlicha katta bo’lsa, yetarlicha tez ro’y bergan bo’lsa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmning ta’sirlovchisi bo’la oladi. Fizikaviy ta’sirlovchilarga temperatura, mexanik (urish, igna sanchish, bosim, tezlanish...). Tarkibi va xossalari har xil bo’lib, xujayralar strukturasini va ulardagi modda almashinuvini o’zgartiradigan ko’pgina moddalar-ximiyaviy ta’sirlovchilarga kiradi. Ba’zi. hujayra va to’qimalar ta’sirotga tez javob kuzsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to’qimalar qo’zg’aluvchyn deb ataladi, ularning ta’sirotga ko’zg’alish bilan javob qaytarish xossasi esa qo’zg’aluvchanlik deb yuritiladi.
Qo’zg’alish fizikaviy, ximiyaviy, fizik-ximiyaviy protsesslar va funktsional o’zgarishlar yig’indisida namoyon bo’ladigan murakkab biologik reaktsiyadir. Qo’zg’alish paytida xujayra yuzasidagi membrananing elektr xolati albatta o’zgaradi. Organizm funktsiyalarini va reaktsiyalarining o’zaro boglanganligi organizm birligi va bir butunligi - funktsiyalarini boshkaradigan va uyg’unlashtiradigan ikki mexanizm borligidan kelib chiqadi. Bulardai biri - gumoral yoki ximiyaviy mexanizm filogenetik jihatdan eng qadimgi bo’lib moddalar almashinuvi jarayonida har xil birikmalar parchalanish va sintezlanish maxsulotlari vujudga keladi. Ichki sekretsiya bezlari ruyobga chikaradigan gormonal regulyatsiya funktsiyalari ximiyaviy jarayonlarning bir ko’rinishidir. Nerv regulyatsiyasi xujayralar faoliyatining o’zgarishida, ularning doimiy xolatda tutilishida va tinch xolatdagi modda almashinuviga nerv sistemasining ta’sir etishi uning maxsus tropik funktsiyasi borligini ifodalaydi deb qarashadi.
Har bir tirik to’qimada qo’zg’aluvchanlik xossasi bor, ya’ni, ular ta’ssurotlarga faoliyat ko’rsatadi. Turli to’qimalar; nerv, mushak va bez to’qimalarining ta’ssurotlarga javob qaytarish xossasini qo’zg’aluvchanlik deb yuritiladi.
Ta’sirlanuvchanlikning yuzaga chiqishi turlicha bo’lishi mumkin (moddalar almashinuvining va o’sishining tezlashishi, shira ajralishi, harakatga kelishi, elektr impuls ishlab chiqarish va h.z).
Tirik mavjudot faolligini o’zgartiruvchi omillar ta’sirlovchilar deyiladi. Tashqi yoki ichki muhitning o’zgarishlari yetarli kuchga ega bo’lsa, yetarlicha tez ro’y bersa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki organizmning ta’sirlovchisi bo’la oladi. Qo’zg’aluvchanlik sezuvchi nerv tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor hujayralarga xos xususiyatdir.
Qo’zg’alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug’lik va boshqa omillar ta’sirlovchilar bo’lishi mumkin. Muayyan qo’zg’aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat ta’sirlovchilar tafovut qilinadi.
Qo’zg’aluvchan hujayra faqat adekvat ta’sirlovchini qabul qilishga moslashgan bo’lib, uning juda oz miqdoriga ham qo’zg’alish bilan javob beradi. Yorug’lik nuri fotoretseptorlar uchun, tovush-eshituv retseptorlari uchun, hidli moddalar hid retseptorlari uchun adekvat ta’sirlovchilardir. Boshqa ta’sirlovchilar yuqoridagi hujayralar uchun noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta’surotlar ham ixtisoslashgan hujayralarni qo’zg’atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat ta’sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming barobar kuchli bo’lishi kerak. Qo’zg’alishni paydo qilish uchun zarur bo’lgan ta’surotning eng kam kuchi bo’sag’a (pog’ona) kuchi deyiladi. Bo’sag’adan kam kuchga ega bo’lgan ta’surotlar qo’zg’alishni paydo qila olmaydi, bu bo’sag’a osti kuchi deyiladi. To’qimani qo’zg’atish uchun yetarli bo’lgan qitiqlash kuchidan ko’proq kuch submaksimal kuch deyiladi. Eng kuchli qo’zg’alishni vujudga keltiradigan qitiqlash kuchi maksimal kuch deyiladi. To’qimalar-ning qisqarish balandligi ta’sirot kuchiga bog’liq bo’ladi.
Fiziologiya labaratoriyalarida to’qimalarni qo’zg’atish uchun Dyubua-Reymon g’altagidan foydalaniladi.
Qitiqlagichlarning ta’sir etish kuchi va uzoq-qisqa muddat davom etishi ham qo’zg’alish kelib chiqishida katta rol o’ynaydi. To’qimaga ta’sir etadigan elektr toki qanchalik kuchli bo’lsa, u shunchalik qisqa vaqt ichida to’qimani qo’zg’atadi. Aksincha, elektr-toki qanchalik kuchsiz bo’lsa, u to’qimani qo’zg’atish uchun shunchalik uzoq (ko’p) ta’sir etishi kerak bo’ladi. Qo’zg’alish hosil qilish uchun qitiqlagich sarf etgan eng qisqa vaqt foydali vaqt deyiladi.
Ba’zi bir ta’sirotlar hujayralarda manfiy reaktsiyalarni, masalan, moddalar almashinuvi va o’sishning sustlashishini, qo’zg’aluvchanlikning kamayishini sodir qilishi mumkin, bu tormozlanish reaktsiyalaridir.

Download 150,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish