Mehnat jamoalarining sotsial harakteri va asosiy funksiyalari.
Mehnat jamoalari ijtimoiy xayotning noyob hodisasidir, ular xozirgi jamiyatning xayotida muhim ro’l o’ynaydi.
Shu munosabat bilan besh jihatni ta’kidlab o’tamiz.
Birinchidan, mehnat jamoalari barcha asosiy moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilardir.
Ikkinchidan, ish bilan band aholining barcha asosiy kategoriyalari-barcha millatlarga mansub ishchilar, dexkonlar, ziyolilar, xizmatchilar mehnat jamoalarida jamlangan.
Uchinchidan, mehnat jamoalari-umuminsoniy va sinfiy, shuningdek bizning sharoitdagi milliy jihatlar dialektikasining, ularning demokratik negizidagi o’zaro hamkorligining, garchi yagona bo’lmasada, timsolidir.
To’rtinchidan, mehnat jamoalari jamiyatimiz sotsial strukturasining alohida “kavat”ini tashkil etuvchi sotsial sub’ektlar bo’lib, burjua davlatlarida, ularning sotsiallashtirish sari bo’lgan barcha harakatlariga qaramay, bunga o’hshash “kavat” umuman mavjud emas. Ana shu “kavat” sub’ektlari o’zaro mehnat taqsimoti hamda boshqa aloqalarning yaxlit sistemasi bilan birlashtirilgan. Mehnat jamoalarining o’z a’zolari-jonli kishilar bilan a’lokalari ham juda katta ahamiyatga ega, zero ularning kizikishlari va xatti-harakatlari ana shu kollektivlarning o’z faoliyatiga qaraganda xilma-xilrok, boyrokdir, chunki u “o’rtachalashtirilgan” sifatida maydonga chiqadi.
Mehnat jamosi ishlab-chiqarish korxonasi, muassasa va xokazolar bazasida faoliyat ko’rsatuvchi sotsial guruhdir.
Beshinchidan, bozor munosabatlariga o’tish muammosi sababli, mehnat jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida aktuallik kasb etmokda.
So’l-o’ng yo’nalishi, biz allaqachon qurayotganimizdek, xususiy tadbirkorlik negizlarini xukmron negizlariga aylantirishga, ya’ni sinfni-tadbirkorlar sinfini shakillantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil shakillarini qurishga intilmoqda.
O’ng-so’l yo’nalish iqtisodiyotning bozorga daxlsiz shaqllari ustun turishini ko’zlaydi, tadbirkorlikka ikkinchi darajali o’rin ajratadi, mehnat jamoalarining ro’lini burttiradi, lekin bu bilan birga ular kuch-harakatlarining samaradorligini keskin oshirishga qodir bo’lgan mexanizimlarni olg’a surmaydi.
Agar biz mehnat jamoalarini rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb e’tirof etsak, sobiq totalitar tizim uchun ana shunday mexanizimlarni shakillantirishdan muhimroq yumush bo’lmaydi.
Ana shu muammoga to’xtashdan oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har doim olg’a qarab harakat qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham manba bo’lishi mumkin bo’ladigan bir talay ziddiyatlar mavjutdur. Depsinishda ziddiyatlar ko’pincha ayniqsa jamiyat rivojlanishiinig teng davrlarida illatli doira shaqlida maydonga chiqadi. Juda murakkab muammolarni oxirigacha hal etish uchun texnologik tuntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy makbul sharoitlar zarur. Yoki: qishloqka sanoat tomonidan yordam ko’rsatmasdan turib oziq-ovqat muamosiningmavjudligi tufayli mushkullashadi va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |