Reja: Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida



Download 25,46 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi25,46 Kb.
#436412
Bog'liq
5.Mehnat resurslari va mehnat potentsiyali.


Mehnat resurslari va mehnat potentsiyali.
Reja:
1. Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida
2. Mehnat potensiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
3. Mehnat potensiali va mehnat resurslarining shakllanishida inson omili
4.O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi va unga demografik omillarning ta’siri
5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘llari
6. Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash

1. Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida


Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ikki zarur tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular bir tomondan, moddiy resurslar (xomashyo, asbob- uskunalar va hokazolar) va ikkinchi tomondan, inson resurslari, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo‘lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo‘ladi. Biroq bu omillar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari - bular kishilar, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil bo‘laolmaydi. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog‘ligi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari sabab bo‘ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o‘xshamaydi.
Mexnat sohasida kishilarning muhim ehgiyojlari amalga oshsa-da, ularning barcha ehtiyojlari ham ro‘yobga chiqavermaydi. SHuning uchun ham mehnatdan samarali foydalanish uchun kishilarning shaxs sifatidagi talablarini hisobga olish zarur. Boshqacha ayttanda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun amalga oshiriladigan hamma sohada inson manfaatlariga ustuvor bo‘lishi lozim. SHuning uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g‘oya tobora ko‘proq qaror topayotgani bejiz emas. Bu g‘oyaning mohiyati va mazmunida asosiy e’tibor insonga qaratiladi. Bu tabiiy hol, chunki kishilarning ehtiyojlari ortib borgan sari moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda inson bilimining ahamiyati orta boshladi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun ish bilan band xodimlarning qobiliyatlari tanlana boshlaydi va ular yanada chuqurlashib boradi. Masalan sog‘liqni saqlash sohasida, yaxshi jarroh bo‘lish uchun birgina tibbiyot bo‘yicha mutaxassislik diplomining o‘zi kifoya qilmaydi. Bunda mazkur mutaxassis bajaradigan vazifalarga mos keladigan ilmiy- amaliy talablar bilan bir qatorda insoniy sifatlar ko‘proq zarur bo‘ladi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o‘zgarishlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Bozor munosabatlari faqat iqtisodiyot va uning ishtirokchisi bo‘lganinsonga ta’sir etish bilan bir qatorda, ko‘p jihatdan nazariy tushunchalarga ham mazmunan ta’sir qilmoqda. Masalan, «mehnat resurslari», «ishchi kuchi» kabi iqtisodiy tushuncha va kategoriyalarning ham ijtimoiy-iqtisodiy ma’nosi birmuncha o‘zgarib bormoqda. Bu tushunchalar faqat ilmiy adabiyotlarda emas, balki kundalik amaliyotimizda ham keng foydalanilmoqda. Ularga beriladigan turli talqinlar ko‘p hollarda ilmiy-amaliy faoliyatning xarakteriga ta’sir etmay qolmaydi.
«Mehnat resurslari atamasi» sho‘rolar hokimiyatining dastlabki yillarida paydo bo‘lgan, undan mamlakatda inson resurslarini boshqarish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun keng foydalanilgan va hozirgacha ham «mehnat resurslari» atamasi mehnatga layoqatli aholi uchun ishlatiladi. Mehnatga layoqatli aholi - mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda qat’iy statistik hisobga olinishi iqtisodiyotni markazlashgan usulda rejalashtirishning muhim elementlaridan biri sifatida foydalaniladi.
Rivojlangan mamlakatlardagi kabi O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillik yillari Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o‘tildi, unga ko‘ra aholini tizimli taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo‘ldi.
Moddiy ne’matlar ruhiy fiziologik va aqliy sifatlari bilan ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mehnatga layoqatli aholining mehnat resurslari deb ataladi.
Mehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar aholi ham kiritiladi. Mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lgan, band bo‘lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan kishilarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari mehnat qilish imkoniyatiga ega haqiqiy va potensial xodimlardir.
Mehnat resurslari shakllanishini o‘rganishda ularni yosh guruhlari bo‘yicha ko‘rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. Kishilarni guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rol o‘ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, aholining turmush darajasi, umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o‘rtacha umr davomiyligi va boshqalar ham hisobga olinadi. SHularga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan aholini yoshiga ko‘ra 6 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Bolalar (0-15 yosh) - mamlakat jami aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati mehnat jarayonida ishtirok etmaydi. Ammo ushbu guruh salmog‘i mehnat salohiyatining kelgusi va istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. CHunki bu qatlamning yuqori chegarasidagi o‘smirlar tez orada mehnat resurslari safiga qo‘shiladi.
2. O‘smir yoshlar (16-24 yosh) - mazkur guruhning katta qismi iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirib, ular maktab, akademik litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlar, tug‘ruq ta’tilidagi ayollar hisoblanadi. SHuningdek, ular tarkibida iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida band bo‘lganlari ham mavjud bo‘lib, mehnat faoliyati aksariyat hollarda boshlang‘ich ko‘rinishga ega bo‘ladi.
3. O‘rta yoshlilar (25-30 yosh) - ular o‘zi jismoniy holati va imkoniyatlarijihatdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Bu guruh vakillari aniq hayot yo‘llarini tanlab olgan, o‘z oilasiga ega bo‘lgan va jamiyatda ma’lum yutuqqa erishgan hisoblanadi. Lekin ularning barchasi ham iqtisodiyotda band bo‘lmaydi, chunki bu tarkibda yosh bolali onalar va ayollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
4. 31-59 yoshdagi aholi - ushbu guruhdagi aholi yuksak mehnat salohiyatiga ega bo‘lib, hayotiy va ish tajribasining yuqori ko‘rsatkichiga erishadi. SHu vaqtgacha olgan amaliy ko‘nikma va malakalarini ishlab chiqarish jarayonlariga safarbar etadilar hamda mehnat jamoasida alohida o‘rin egallaydilar. Bu toifa insonlar yoshlarga o‘rnak va maslakdosh bo‘ladi. Ushbu yosh chegarasidagi kishilarning iqtisodiy faollik darajasi boshqalarga nisbatan yuqori hisoblanadi. SHuningdek, mazkur qatlamning yuqori qismida pensiya yoshiga etgan ayollar hamda mehnat faoliyatini yakunlash taraddudida bo‘lgan erkaklar ham mavjud.
5. 60 dan 70 yoshgacha bo‘lganlar - bu qatlam vakillari pensiya yoshiga etgan aholi hisoblanib, ularning aksariyati pensiyada bo‘ladi. Lekin, ularning orasida o‘z ish faoliyatlarini davom ettirayotganlari ham bo‘lib (ayniqsa, erkaklar), ular ham butunlay nafaqaga chiqish va mehnat faoliyatini yakunlash arafasida bo‘ladilar.
6. Keksalar (70 va undan katta yosh) - ularning deyarli hammasi mehnat faoliyatidan chetlashgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra, aholi mehnat layokati bo‘yicha uch guruhga ajratiladi. Jumladan:
- mehnatga qobiliyatli yoshgacha (0-15 yosh);
- mehnatga qobiliyatli yoshdagi (16-54 yoshli ayollar, 16-59 yoshli erkaklar);
- mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar (55 yosh va undan katta ayollar, 60 yosh va undan katta erkaklar).
2. Mehnat potensiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Mehnat jarayonining asosiy sharti jamiyatda mehnat potensialining mavjud bo‘lishidir. Iqtisodiy adabiyotlarda hozirgacha jamiyatning mehnat potensiali tushunchasiga turli qarashlar mavjud bo‘lib, bu tushuncha bilan bog‘liq «mehnat resurslari», «ishchi kuchi» tushunchalarini undan farqlash zarurati bo‘lganligi sababli ushbu tushunchalar munozarali masala bo‘lib qolmoqda.
«Potensial» atamasi ilmiy muomalaga bundan 15-20 yil oldin kiritilgan edi. Etimologik jihatdan u «yashirin imkoniyatlar, quvvat, kuch» ma’nosini anglatadi. «Potensial» tushunchasining ma’nosini keng talqin qilish uni «qandaydir vazifani hal etish yoki muayyan maqsadga erishish uchun xarajatga keltirilgan foydalanilgan imkoniyatlar, mablag‘lar, zaxira manbai; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi imkoniyatlaridir», deb qarashdan iboratdir. SHunday qilib, «potensial», «potensialli» degan atamalar biron-bir kishida, korxonaning boshlang‘ich mehnat jamoasida, umuman, jamiyatda yashirin, lekin hali o‘z imkoniyatlari yoki qobiliyatlarini ular hayotining tegishli sohalarida namoyon qilmaganligini bildiradi. Agar «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalar o‘zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni mujassam etsa, bulardan farqli ravishda mehnat potensiali ham miqdor, ham sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim iqtisodchilar mehnat potensialining miqdor ko‘rsatkichlari bevosita resurslar miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni kiritadilar.
Mehnat potensialining miqdor ko‘rsatkichlari faqatgina resurslarning faol qismi bilan cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qatlamini ham kiritish mumkin:
-mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi;
-ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari;
-mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar;
-ishlash xohishini bildirgan o‘smirlar va yoshga doir pensionerlar.
Ushbu aholi qatlamlariga etarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnat sharoitlari bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachilik, uyda o‘tirgan holda pullik ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko‘rsatish (kichik
shohobchalarda) kabi faoliyatlarga jalb qilish yo‘li bilan ularni jamiyatning faol va to‘laqonli a’zosiga aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli yuqorida sanab o‘tilgan aholi toifalarini mehnat potensialining qo‘shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
3. Mehnat potensiali va mehnat resurslarining shakllanishida inson omili
Ma’lumki, mamlakat mehnat resurslarining mikdoriy o‘zagini inson tashkil etadi va mazkur omilning sifat jihatdan takomillashuvi bevosita mehnat potensialining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Demak, shaxs omili potensial vujudga kelishining ham miqdoriy, ham sifatiy asosidir. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti natijasida iqtisodiy hayotning sub’ekti sifatida odam to‘g‘risida «ishchi kuchi», «inson omili», «inson kapitali», «inson resurslari» tushunchalari yuzaga keldi. «Omil» iborasi ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda XX asrning 80-yillari o‘rtalarida paydo bo‘lib, ilmiy-hayotiy muomalada keng foydalanila boshladi. Ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko‘ra mazkur atama «resurs»dan farq qilib, unga nisbatan ancha kengroq va chuqurroq ma’noni anglatadi. Inson omili o‘zaro bir-biri bilan munosabatda bo‘ladigan, turli mavqeni egallagan sinflar va guruhlar tizimidan iborat bo‘lib, ularning faoliyati jamiyatning ilg‘or rivojlanishini ta’minlaydi. Resurslar omilning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari yig‘indisidan tashkil topgan.
Inson omiliga shaxsiy sifatlar va uning faolligini belgilovchi ko‘rsatkichlar umumlashmasi sifatida qarash mumkin. Ushbu tushuncha kishining ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi hal qiluvchi rolini ko‘rsatadi. Bunda mazkur omil faqat miqdor ko‘rsatkichlari, demografik, tarmoq, kasb va malaka tuzilmalari bilan cheklanib qolmay, mehnatga bo‘lgan munosabat darajalarining tashabbuskorlik, tadbirkorlik, qiziqishlar, ehtiyojlar, xulq-atvor usullari bilan ham tavsiflanadi. Omilni to‘g‘ri yo‘naltirish har qanday jamoa yoki jamiyatni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq, mazkur omil boshqaruvning alohida usullarini talab etadi.
Birinchidan, kishi intellektga (aql, idrok, zakovatga) ega bo‘lib, ularning tashqi muhitga (boshqaruvga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiyotli, anglab etilgan tarzda amalga oshadi. Demak, jamoa bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.
Ikkinchidan, kishilar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodir. Inson hayot davomida yoki mehnat jarayonida malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi hamda bular o‘sib boradi. SHuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashish va rivojlanishga moyilligi iqtisodiy samaradorlikni oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Uchinchidan,moddiy va tabiiy resurslardan farqli o‘laroq, inson mehnat jarayoniga ongli ravishda, muayyan maqsadlarni ko‘zlagan holda kirishadi, ularni amalga oshirishda o‘zi ishlayotgan korxona yoki tashkilotdan yordam kutadi. Xodimning, shuningdek, korxona va tashkilotning o‘zaro hamkorlikda ishlashdan qanoat hosil qilishi birdamlikni davom ettirishning muhim sharti hisoblanadi.
Inson kapitalining ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va mablag‘lardan balandroq CHunki inson kapitallarining yig‘indisi mehnat potensialini tashkil etadi. YA’ni, mehnat layoqatiga ega bo‘lish, muayyan tajriba va malakaga ega bo‘lish, safarbarlik imkoniyatining vujudga kelishi natijasida inson kapitali potensial ko‘rinish kasb etadi.
Inson kapitalini shakllantirish iqtisodiyot uchun investitsiyakiritish demakdir. CHunki mazkur kapitalga sarflangan xarajat bir necha yillar davomida yuqori samara beradi. «Inson kapitali» tushunchasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
- inson kapitalini shakllantirish shaxs, korxona, jamiyat va davlatdan salmoqli xarajatlar talab etadi;
ko‘nikmalar layoqat sifatida muayyan zaxira hisoblanadi, ya’ni uni jamg‘arish mumkin;
unga kiritiladigan investitsiyalar uning egasiga kelajakda ko‘proq ijtimoiy- iqtisodiy samara va daromad olish imkonini yaratadi;
iqtisodiy qo‘yilmalar kiritish qancha erta boshlansa, u shuncha erta unum bera boshlaydi. SHuningdek, sarmoya qancha salmoqli va davomiy bo‘lsa, u shuncha yuqori va uzoq vaqt naf keltiradi;
uni shakllantirishda «ikki yoqlama ko‘payuvchi samara» o‘z o‘rniga ega. Uning mohiyati shundaki, ta’lim jarayonida o‘rganuvchidan tashqari o‘rgatuvchining ham qobiliyati va mahorati o‘sib boradi. Natijada har ikkisining ham daromadlari oshadi;
unga kiritiladigan qo‘yilmalarning xarakteri va turi tarixiy, milliy, madaniy va an’anaviy xususiyatlar bilan bog‘liq;
uning moddiy kapitaldan farqi shundaki, u o‘z egasi, ya’ni tirik inson shaxsidan ajralmasdir;
shakllanish manbalaridan qat’i nazar, inson kapitalini qo‘llash va bevosita daromadlar olish kishining o‘zi tomonidan nazorat qilinadi;
inson kapitali jismoniy va ruhiy jihatdan emirilib boradi. Uning emirilishi inson organizmi va unga xos psixofiziologik funksiyalarning tabiiy emirilishi (keksayish), ikkinchidan bilim va tajribalarning ma’naviy emirilishi (eskirish) darajasi bilan aniqlanadi.
Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar sog‘liqni saqlash, umumiy va maxsus ma’lumot olish, malaka oshirish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish, turli axborot va ma’lumotlarga ega bo‘lish, ish qidirish, migratsiya, oila qurish, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ushbu xarajatlardan eng muhimlari salomatlik va ta’lim uchun sarf qilinganlaridir. Salomatlikka, uni saqlashga yo‘naltiriladigan investitsiyalar kasallik va o‘limning oldini olib, kishining mehnatga layoqatli umrini, inson kapitalining ishlash davrini uzaytiradi. Inson salomatligining ahvoli uning tabiiy kapitali bo‘lib, butun umr davomida asta-sekin" emirilib boradi. Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq investitsiyalar esa mazkur jarayonni yanada sekinlashtiradi.
4. O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi va unga demografik omillarning ta’siri
O‘zbekistonning mustaqil davlatga aylanishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan tub o‘zgarishlarga olib kelib, o‘z navbatida bular mehnat potensialining shakllanishi va takror yaratilishi haqidagi ilmiy-iqtisodiy tasavvurlarni qayta o‘rganish, uning strukturasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, bu sohadagi ijtimoiy munosabatlar tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zaruratini vujudga qeltirdi.
«Mehnat resurslarining shakllanishi» tushunchasi ancha vaqtlardan buyon ilmiy, iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bunda mehnat resurslarini shakllantirish deganda, ularning doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi.
Mamlakat mehnat potensiali miqdoriy jihatdan shakllanishining asosi aholi harakatlari hisoblanadi. SHu sababli uning shakllanish omillari va sharoitlarini o‘rganishda, avvalambor, aholining takror ishlab chiqaruvchi jarayon bo‘lgan mavjud demografik vaziyat tahlil qilinadi. CHunki aynan demografik holatlar mehnat potensialining miqdoran shakllanib borishini ta’minlaydi.
Demografik jarayonlar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va shart- sharoitlar ta’sirida amalga oshadi. YA’ni, bunda aholi iste’molchi va foydalanuvchi hisoblanib, uning harakatlariga mavjud sharoitlar hamda iste’mol sifati kabi ko‘rsatkichlar katta ta’sirga ega. Demografik holatlar natijasida shakllangan mehnat potensiali ishlab chiqarishning bosh omili bo‘lib, uning asosida YAMM hamda daromadlar yaratiladi, bu esa iqtisodiy ravnaq demakdir. Iqtisodiy taraqqiyot ishlab chiqarish, infratuzilma va shart-sharoitlarning rivojlanishi hamda takomillashuviga olib kelsa, daromadlar esa aholi farovonligining asosi hisoblanadi.
Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining qo‘payishi, o‘sish xususiyatlari va sur’ati, tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, o‘lim darajasi, kishilarning yosh-jins tarkibi, nikohda bo‘lish, avlodlar almashinuvi; uzoq yoqi qisqa umr ko‘rish, jismoniy balog‘at va oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o‘zaro uzviy aloqadadir. Ular jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, bevosita ta’sir o‘tkazadi. U yoki bu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar kechishini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham aholi sonining o‘zgarishiga aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va iqtisodiyotga tatsiri turli fan vakillari - iqtisodchilar, demograflar, sotsiologlar, geograflar, huquqshunoslar, tibbiyotchilar diqqatini doimo jalb etib keladi.
Demografik vaziyat har doim o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, aholining tabiiy va mexanik (migratsion) harakatlarida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda bu jarayonlar murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning nisbatan yuqoriligi va unga mos ravishda aholi tabiiy o‘sishining tezkor sur’ati bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy soniga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi, MDH tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o‘rtasida esa uchinchi (Rossiya va Ukrainadan so‘ng) o‘rinni egallaydi. SHu jihatdan olganda, O‘zbekiston yaqin xorijiy mamlakatlar o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. YUrtimizda aholi sonining ko‘payishi bir qancha sabablar - tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ayniqsa, respublika uchun xos bo‘lgan demografik omillar ta’sirida yuz bermokda. O‘z navbatida: bular ham bir-biri bilan bevosita bog‘langan.
Vaziyatni tahlil qilish, odatda, asosiy demografik darajalarni o‘rganishdan boshlanib, ular ichida aholi soni ko‘rsatkichi ko‘proq ahamiyatga ega.
XX asr boshida O‘zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashagan bo‘lsa, butungi kunga kelib, ya’ni o‘tgan 100 yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida aholi 6,8 baravar ko‘paydi va ushbu ko‘rsatkich hozirda 26,5 mln. kishini tashkil etmokda
Mamlakatimizda demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida aholining respublika hududlari bo‘ylab notekis taqsimotini ko‘rsatish mumkin. Kishilarning turli mintaqalarda turlicha miqdor va zichlikda joylashuvi o‘ziga xos muammo hisoblanib, bu holat mamlakatning tarixiy, jug‘rofiy va tabiiy-iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan.
Respublikada keyingi yillardagi aholining migratsiya harakatlari ularning nisbatan sanoatlashgan shaharlar va yaqin xorijiy mamlakatlarga ish izlab borishlari bilan asoslanadi. CHunki bu vaqtga kelib ortiqcha ishchi kuchi mavjud va ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlardagi kishilar o‘zlariga munosib ish topish va yuqori mehnat daromadini qo‘lga kiritish maqsadida o‘z yashash joylarini tark eta boshladilar. Mazkur ko‘rsatkich 2001 yildan boshlab ko‘tarilib borib, 2005 yilda 107,0 ming kishini tashkil etdi.
Mamlakatning jami migratsiya qoldig‘i miqdorida Qoraqalpog‘istonning ulushi yuqori bo‘lib, mazkur vaziyatni noqulay ekologik muhit natijasida aholi sog‘lig‘ining yomonlashuvi, o‘lim sonining oshishi, turmush darajasining pasayishi va ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi kabi holatlar keltirib chiqargan.
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham aholining migratsion harakatlanish sur’ati yuqori bo‘lib, ushbu hududlardagi demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishga egaligi va unga bog‘liq ravishda mehnat bozorining yuqori bosimli holati, ya’ni ishchi kuchi taklifining unga bo‘lgan talab mikdoridan oshib ketishi va ish o‘rinlarining etishmasligi natijasida yuz bermoqda.
Demografiya va migratsiya harakatlari bevosita aholining soniga ta’sir qilibgina qolmay, uning yosh va jins tuzilmasidagi o‘zgarishlariga ham sabab bo‘ladi. Kishilar yosh va jins tarkibi mehnat potensialining ham mikdor, ham sifat jihatdan shakllanishining bosh omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘zgarishdagi eng muhim natijalardan biri - uning mehnatga yaroqli qismidagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Ishga layoqatli yoshdagi aholi nisbiy va mutlaq ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi mehnat resurslari shakllanishi va u orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. CHunki aholi tarkibida yoshlar salmog‘ining yuqori ulushi jamiyatning salohiyati demakdir.
Download 25,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish