MM
ITnr
ITr
B
,
bunda:
ITr
- iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar soni;
ITnr
- iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar soni;
MM
- migrant mehnatchilar soni - chet ellarda ishlayotgan O’zbekiston
Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki
olinmaganligidan qat’i nazar.
Ushbu bobdagi ko’rsatkichlarni hisoblashda davlat statistika hamda mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar
ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Rasmiy sektorda band bo’lganlar soni
davlat statistika hisoboti ma’lumotlari
bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi:
yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan
lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari;
kooperativlar va shirkatlar a’zolari;
xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs
sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar;
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari
hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish
bilan band bo’lgan shaxslar;
nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari.
Xalqaro mehnat tashkiloti me’yorlaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika
qo’mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning
norasmiy sektorida band bo’lganlar
soni
tarkibiga ijtimoiy sug’urta va soliq
organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan dehqon xo’jaliklari a’zolari;
uyda pulli xizmatlar ko’rsatish bilan band bo’lgan shaxslar (enagalar, uy
xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar);
jismoniy shaxslarda haq olib ishlovchi shaxslar;
oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila
a’zolari;
tegishli ro’yxatdan o’tmay ishlovchi tadbirkorlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat
organlari tomonidan bandlik masalalari bo’yicha har chorakda o’tkaziladigan
tadqiqotlar asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun
bandlik masalalari bo’yicha tanlama kuzatish ma’lumotlari asosida:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan
shug’ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so’rab
chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
100
SS
SSi
ChcSi
,
bunda:
ChcSi
- iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan
shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar salmog’i;
SSi
- iqtisodiyotning norasmiy
sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar soni;
SS
- mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami;
b) olingan salmoq ko’rsatkichi bo’yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida
faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
100
CchCi
MLA
ITNPi
,
bunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |