Reja: Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish



Download 30,13 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi30,13 Kb.
#783432
Bog'liq
MAKTABDA MATEMATIKA DARSINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH


MAKTABDA MATEMATIKA DARSINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH
Reja:

  1. Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish

  2. Matematika darsi va unga qo`yilgan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan zamonaviy talablar

  3. Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni, ahamiyati va uning tiplari


Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish
Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni, ahamiyati va uning tiplari. Darsni kuzatish va tahlil (ilmiy, metodik, didaktik. umumpedagogik va umumpsixologik) qilish tartibi, rejasi va joriylanishi. O`qituvchining darsga kasbiy tayyorgarligi: darsni tashkil qilish va o`tkazish. Pedagogik ijodkorlik. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Dars kuzatuvchilarning vazifalari va ularga qo`yiladigan talablar. Matematikadan ochiq darslarni kuzatish, ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish, muhokama qilish va baholash. Matematika darslarini kuzatishdan ko`zlangan maqsadlar. Ochiq, ko`rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida darsni tahlil qilish. Darsni baholash mezonlari: 1) o`qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili (dars ishlanmasi, taqvim-mavzu reja, o`quv dasturi, darslik, dars taqdimoti, ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va h.k.larni oldindan hozirlab qo`yilganligi), 2) dars mazmuni tahlili (dars maqsadining to`g`ri belgilanganligi, mavzuning boshqa fanlar bilan bog`langanligi, dars mavzusini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarning to`g`ri tanlanganligi, o`qituvchining o`z fanini qanchalik mukammal bilishi), 3) darsning uslubiy tahlili (o`qitishning turli usullaridan to`g`ri va o`rnida foydalanganligi, darsning interfaollik darajasi (o`quvchilarni faollashtiradigan guruhlarda yoki mustaqil ishlashiga sharoitning 11 qanchalik yaratilganligi), dars vaqtining to`g`ri taqsimlanganligi, o`quvchilarning darsdagi guruhiy yoki mustaqil ishining to`g`ri tashkil qilinganligi, o`quv materiallarining tabaqalashtirilganlik darajasi (yaxshi va qiyin o`zlashtiradigan o`quvchilarga munosabat), 4) o`qituvchining pedagogik mahorati tahlili (o`qituvchining dars mavzusini ravon tilda tushuntira olishi, o`qituvchining darsda o`zini dadil tuta olishi, motivatsiya (o`quvchilarni ta’lim olishga undash) va uni rag`batlantirib borishi, dars davomida ijodiy, ta’limiy muhitni yarata olganligi, darsga oid ko`rgazmali qurollar, jihozlar va asboblardan o`rnida foydalanganligi, o`quvchilarning faolligi), 5) darsda darslik va boshqa qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish tahlili (darsda darslikdan samarali foydalanish darajasi, qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish darajasi), 6) darsda AKT va ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili (o`qituvchining proektor, multimediya va boshqa texnik vositalardan foydalana olish darajasi, o`qituvchining tayyorlagan taqdimot sifati yoki o`quv doskasidan samarali foydalana olishi, taqdimot sifati yoki mavzu asosiy momentlarining doskaga yozib borilishi), 7) darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili (o`qituvchining o`quvchilarga nisbatan munosabati: xushmuamalaligi, til topa olishi, o`quvchilarning bir-birlariga nisbatan munosabati: o`zaro yordam, hurmat, hamjihatlik, o`quvchilarning o`qituvchiga nisbatan munosabati: hurmat, intizom, eshitish), 8) Baholash va darsga yakun yasash tahlili (o`quvchilarning dars davomida bilim va ko`nikmalarining to`g`ri baholab borilishi, baholash topshiriqlarining dars maqsadidan kelib-chiqib tuzilganligi, dars oxirida darsga yakun qilinishi, refleksiya) asosida matematika darsini kuzatish va uni didaktik (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.
Matematika darsi va unga qo`yilgan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan zamonaviy talablar, didaktik, psixologik va metodik talablar. Dars shakllari: 1) individual (o`qituvchining har bir o`quvchi bilan yakka tartibda ishlashi), 2) frontal (o`qituvchining butun sinf bilan bir tomonlama ishlashi), 3) guruhiy (4-6 kishilik guruhlarda o`quvchilarning ishlashi), 4) jamoaviy (sinf o`quvchilarining bitta jamoa bo`lib ishlashi). Dars turlari: 1) yangi mavzuni o`zlashtirish darsi, 2) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi, 3) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni takrorlash darsi, 4) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi, 5) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni nazorat va baholash darsi, 6) aralash (kompleks) dars. Har bir dars turlariga mos kelgan dars bosqichlari. Darsning motivatsiya (yangi mavzuga qiziqtirish) bosqichi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. Darsning refleksiya (o`quvchilarning dars davomidagi o`z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi) bosqichi va uni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. 12 Dars ishlanmasi – o`qituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars rejasi - darsni pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi hujjat. Dars ishlanmalarini yaratish bo`yicha uslubiy tavsiyalar. Dars ishlanmasining tuzilmasi: 1) dars mavzusi, 2) dars maqsadlari, 3) dars natijalari, 4) darsda foydalaniladigan ma’lumot manbalari, o`quv uslubiy adabiyotlar va elektron resurslar, 5) darsda ishlatiladigan zarur texnik vositalar va jihozlar, 6) dars shakli, 7) dars turi, 8) dars metodlari, 9) dars bosqichlari va vaqt taqsimoti, 10) dars borishining qisqacha tafsiloti. Darsning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligi: 1) tashkiliy qism, 2) yangi mavzuni boshlashga hozirlik (yangi mavzu bilan bog`liq o`tgan dars mavzularini takrorlash; yangi mavzuni o`tishdan oldin o`quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini tushuntirish), 3) yangi mavzuni yoritish (dars materiallarini kichik–kichik bo`laklarga bo`lib, ketma–ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog`liqlikda ko`rgazmali tarzda hamda turli o`qitish uslublaridan foydalangan holda berish), 4) yangi mavzuni mustahkamlash (olingan nazariy bilimlarni aniq misollarga qo`llab va turli topshiriqlarni bajarib, o`quvchilarda mavzuga oid amaliy ko`nikmalar hosil qilish), 5) darsga yakun yasash va baholash (darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganlikni o`quvchilar bilan birgalikda aniqlash, darsning asosiy lahzalarini esga olish, o`quvchilarning mavzu bo`yicha savollarga javobini tinglash hamda darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash, refleksiya (o`quvchilarning dars davomidagi o`z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi), 6) uyga vazifa (o`tilgan mavzu bo`yicha bilim, malaka va ko`nikmalarni yanada mustahlamlashga, kelgusi dars uchun hozirlik ko`rishga qaratilgan mustaqil bajariladigan savol, mashq va topshiriqlar majmuasi) va baholash (baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan, mavzuni o`zlashtirishga erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashdan iborat bo`lishi lozim) Dars maqsadi va natijalarining o`zaro mutanosibligini ta’minlash. Darsning 1) ta’limiy, 2) tarbiyaviy va 3) rivojlantiruvchi maqsadlari va ularning davlat ta’lim standartlari, tayanch va fanga oid kompetentsiyalar bilan bog`liqligi. Dars maqsadlarini ifodalashga quyiladigan talablar: 1) real, 2) erishsa bo`ladigan, 3) aniq (konkret) va 4) erishganlik darajasini o`lchasa (baholasa) bo`ladigan. Dars maqsadlarini to`g`ri va aniq ifodalash bo`yicha tavsiyalar. Dars maqsadi va natijalarining o`zaro mutanosibligini ta’minlash. Motivatsiya va refleksiya.
Matematika fani mazmunining o`ziga xosligi. Maktab matematika kursida tayanch tushunchalar va munosabatlar, aksiomalar va teoremalar, masala va misollar, qoidalar va formulalar, algoritmlar va qonunlar. Matematik tushuncha va uning ta’rifi. Matematik tushunchalarni ta’riflash usullari: 1) konkret–induktiv, 2) abstrakt-deduktiv. Maktab geometriya kursining aksiomatik tuzilishi. Geometriyaning boshlang`ich (tayanch) tushunchalari va ular orasidagi munosabatlar tavsifi. Aksiomalar va teoremalar. Teorema va isbot. Teoremalarning tuzilishi: teorema sharti va xulosasi. Zaruriy va yetarli shartlar. Teoremaning turlari. Xossalar va alomatlar. Geometriyada teoremalarini isbotlash metodlari: 1) geometrik almashtirishlar metodlari (uchburchaklarning tenglik yoki o`xshashligi alomatlariga, geometrik shakllar yuzasi xossalariga va hokazolarga asoslangan metodlar), 2) teskarisini faraz qilib isbotlash metodi, 3) algebraik metodlar, 4) vektorlar metodi, 5) koordinatalar metodi va boshqalar.
Matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlar: 1) matematika to`garaklari, 2) matematika kechalari, 3) matematik olimlar bilan uchrashuvlar, 4) matematika musobaqalari, 5) olimpiadalar, 6) “Bilimlar bellashuvi” tanlovi, 7) matematik jang, 8) matematika viktorinalari, 9) matematik eskursiyalar, 10) matematik insholar, 11) maktab matematika matbuotini tashkil qilish, 12) matematika tarixi va 13) mashhur matematik olimlarning ijodiga bag`ishlangan kechalarni tashkil qilish metodikasi. Iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo`llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo`yicha o`tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. O`.R.V.M.sining “ O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o`rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko`rsatish tartibi to`g`risidaginizomini tasdiqlash haqidagi” 2019 yil 22 apreldagi 343-son qarori .2019 yi 3- may PQ-4306 “ Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida ” Vertual matematik tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari. Matematikadan xalqaro “Kenguru” tanlovi (www. mathkang.ru). Respublikamizda tashkil qilingan www.cobo.uz saytidagi onlayn tanlov. “Kvant” (Rossiya), “Matematika, fizika va informatika” ilmiy ommabop jurnallari sahidalarida.
O`rta Osiyolik matematika fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan olimlar: Abu Abdullox al–Xorazmiy (783–850), Abu Rayxon Beruniy (973– 1048), Abu Ali Ibn Sino (980–1037), Abu Nasr Farobiy (873–950), Umar Xayyom (1048– 1131), Nasriddin Tusiy (1201–1274), Abul Vafo (940–998), Mirzo Ulug`bek (1394–1449), Qozizoda Rumiy (1360–1447), G`iyosiddin Jamshid Koshiy (1385– 1457), Muxammad Ali Qushchi (1402–1474) va boshqalar ijodidan foydalanish bo`yicha umumiy ko`rsatmalar. Ibn Sino ijodidan matematika darslarida foydalanish («Ash-Shifo» kitobidagi natural sonlar ustida bajarilgan arifmetik amallarni va kvadratga ko`tarish amalining to`g`riligini 9 yordamida tekshirish usulini o`ylab topgan, (a ± b)2 = a2 ± 2ab +b2 formulani geometrik isbotlagan). Al-Xorazmiy ijodidan matematika darslarida foydalanish (hozirgi zamon o`nlik sanoq sistemasini kashf etdi, natural sonlar ustida to`rt arifmetik amallar bajarish algoritmini fanga kiritdi, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini kashf etdi, "Ziji" ("Astronomiya") kitobida sinuslar va tengenslar javalini katta aniqlikda keltiradi). Umar Hayyom ijodidan matematika darslarida foydalanish (Nyuton binom yoyilmasining umumiy formulasini kashf etgan, kubik tenglamalarni yechishning geometrik nazariyasini rivojlantirgan, geometriyada parallellik aksiomasiga oid muammo bo`yicha chuqur izlanishlarni olib borgan va uni hal qilishga juda yaqin kelgan). Nasriddin Al-Tusiyning (Azarbayjon hududida 1201-1274 yillarda yashab ijod qilgan) ijodidan matematika darslarida foydalanish (trigonometriya sohasida xizmati katta bo`lgan, uchburchaklarning barcha hollarini tahlil qilgan, ixtiyoriy uchburchaklarni yechishning eng qiyin hollariga to`xtab o`tgan, so`ngra sferik trigonometriya asoslari, jumladan sferik uchburchaklarni yechish usullarini tizimli bayon qilgan, bu asar trigonometriyani astronomiyadan ajratdi va trigonometriya alohida fan sifatida rivojlantirdi, N’yuton binomi yoyilmasini istalgan n natural son uchun isbotlangan). Abu Rayhon Beruniy ijodidan matematika darslarida foydalanish ("Geodeziya" va "Ma’sud" qonunlari asarlarda astronomiya, geografiya, trigonometriyaga oid juda ko`p ma’lumotlar keltirilgan, xususan, ichki chizilgan muntazam ko`pburchaklar (3, 4, 5, 6, 8, 10 burchaklar) ning tomonlarini hisoblash va ularni yasash usullari keltirgan, vatarlar bilan ularni tortib turuvchi yoylar orasidagi bog`lanishga oid teoremalar, ikkilangan burchak sinusi, yarim burchak sinusi haqidagi teoremalarni va ixtiyoriy burchaklar uchun kosinuslar teoremasini isbotlagan, sinuslar va tangenslar jadvalini tuzgan va bunda chiziqli va kvadratik interpolyatsiyalash metodlaridan foydalanishni ko`rsatgan, π soni uchun 3,1417 qiymatni topgan). 16 Mirzo Ulug`bek ijodidan matematika darslarida foydalanish (trigonometrik jadvallari 10 ta o`nli xona aniqligida hisoblangan, uning sinus va kosinuslar jadvallari minut oraliq bilan tuzilgan, “Zij” kitobida bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozgan). G`iyosiddin Jamshid Al-Koshiy (XIV–XV asrda yashagan) ijodidan matematika darslarida foydalanish (“Aylana haqida risola” kitobida π sonini 17 ta xona o`nli raqamigacha aniqlikda topgan, 1 ning sinusini hisoblangan, eng katta aniqlikda trigonometrik jadval tuzgan, Nyuton binomi formulasini undan avval n=9 bo`lgandagi binomial koeffitsentlarni hisoblagan). Abbos Ibn Muhammad Ibn Kasr Al-Farg`oniy (buyuk astronom, matematik va geogrof) ijodidan matematika darslarida foydalanish ("Asturlob yasash haqida" nomli asarida sferik proeksiya haqida va uning xossalarini bayon qilgan).
Milliy o`quv dasturlarini hamda baholash mezonlarini Xalqaro baholash dasturlari me’yorlari va baholashlari bilan taqqoslash, milliy standartlarni shakllantirish, Xalqaro baholash dasturiga muvofiq topshiriqlarni tuzish mezonlari, milliy talablarga javob beruvchi topshiriqlarni o`quv dasturlari va darsliklarga kiritish, testlarni ishlab chiqishda baholashning ishonchliligini ishlab chiqish, tanqid qilish, tahlil qilish hamda o`quvchilarning o`qish, matematika, tabiiy fanlar yo`nalishidagi egallagan bilim ko`nikmalaridan hayot faoliyatida uchraydigan vaziyatlarga tadbiq etilishiga qo`yilgan talab va mezonlar.
Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni, ahamiyati va uning tiplari. Darsni kuzatish va tahlil (ilmiy, metodik, didaktik. umumpedagogik va umumpsixologik) qilish tartibi, rejasi va joriylanishi. O`qituvchining darsga kasbiy tayyorgarligi: darsni tashkil qilish va o`tkazish. Pedagogik ijodkorlik. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Dars kuzatuvchilarning vazifalari va ularga qo`yiladigan talablar. Matematikadan ochiq darslarni kuzatish, ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish, muhokama qilish va baholash. Matematika darslarini kuzatishdan ko`zlangan maqsadlar. Ochiq, ko`rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida darsni tahlil qilish. Darsni baholash mezonlari: 1) o`qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili (dars ishlanmasi, taqvim-mavzu reja, o`quv dasturi, darslik, dars taqdimoti, ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va h.k.larni oldindan hozirlab qo`yilganligi), 2) dars mazmuni tahlili (dars maqsadining to`g`ri belgilanganligi, mavzuning boshqa fanlar bilan bog`langanligi, dars mavzusini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarning to`g`ri tanlanganligi, o`qituvchining o`z fanini qanchalik mukammal bilishi), 3) darsning uslubiy tahlili (o`qitishning turli usullaridan to`g`ri va o`rnida foydalanganligi, darsning interfaollik darajasi (o`quvchilarni faollashtiradigan guruhlarda yoki mustaqil ishlashiga sharoitning qanchalik yaratilganligi), dars vaqtining to`g`ri taqsimlanganligi, o`quvchilarning darsdagi guruhiy yoki mustaqil ishining to`g`ri tashkil qilinganligi, o`quv materiallarining tabaqalashtirilganlik darajasi (yaxshi va qiyin o`zlashtiradigan o`quvchilarga munosabat), 4) o`qituvchining pedagogik mahorati tahlili (o`qituvchining dars mavzusini ravon tilda tushuntira olishi, o`qituvchining darsda o`zini dadil tuta olishi, motivatsiya (o`quvchilarni ta’lim olishga undash) va uni rag`batlantirib borishi, dars davomida ijodiy, ta’limiy muhitni yarata olganligi, 18 darsga oid ko`rgazmali qurollar, jihozlar va asboblardan o`rnida foydalanganligi, o`quvchilarning faolligi), 5) darsda darslik va boshqa qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish tahlili (darsda darslikdan samarali foydalanish darajasi, qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish darajasi), 6) darsda AKT va ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili (o`qituvchining proektor, multimediya va boshqa texnik vositalardan foydalana olish darajasi, o`qituvchining tayyorlagan taqdimot sifati yoki o`quv doskasidan samarali foydalana olishi, taqdimot sifati yoki mavzu asosiy momentlarining doskaga yozib borilishi), 7) darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili (o`qituvchining o`quvchilarga nisbatan munosabati: xushmuamalaligi, til topa olishi, o`quvchilarning bir-birlariga nisbatan munosabati: o`zaro yordam, hurmat, hamjihatlik, o`quvchilarning o`qituvchiga nisbatan munosabati: hurmat, intizom, eshitish), 8) Baholash va darsga yakun yasash tahlili (o`quvchilarning dars davomida bilim va ko`nikmalarining to`g`ri baholab borilishi, baholash topshiriqlarining dars maqsadidan kelib-chiqib tuzilganligi, dars oxirida darsga yakun qilinishi, refleksiya) asosida matematika darsini kuzatish va uni didaktik (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.
“Matematika fanini o`qitish metodikasi” moduli doirasida “Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish” mavzusi bo`yicha 6 soatlik ko`chma amaliy mashg`ulot matematika fanidan tayanch umumiy o`rta ta’lim maktablarida ochiq darslarni kuzatish va tahlil qilish yoki tajriba almashish maqsadida o`tkaziladi. Unda o`tkazilgan darslarni tegishli mezonlar asosida tahlil qilish orqali o`qituvchilarning ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganishi tashkil etiladi. Bu jarayonga ko`chma mashg`ulot tashkil qilingan maktab o`qituvchilarini jalb etish, ularning darslarini tahlil qilish orqali ularga metodik yordam ko`rsatish ham ko`zda tutiladi. Mashg`ulot natijasi sifatida ochiq darsni kuzatish va tahlil qilish varag`i to`ldiriladi va malaka ishiga ilova qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun” // Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20-29 bet.

2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi qonun // Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.

3. Mirziyoyev SH. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017 yil 14 yanvarь – Toshkent : O’zbekiston, 2017. - 104 b.

4. Karimov I. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq” nashriyot - matbaa konserni. 1997.

5. Barkamol avlod orzusi- Toshkent.: 1999, 205- b.

6. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.


Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish