Reja: Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani



Download 23,03 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi23,03 Kb.
#667396
Bog'liq
Abdurashidov A.T. S4-20


Mavzu: O'zbek falsafasi uning o'tmishi va zamonaviy rivojlanishi
Reja:

  1. Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani.

  2. Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.

  3. XX–XXI asr o‘zbek falsafasi.

Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mintaqalardan biri bo‘lgan Hozir O‘zbekiston, deb ataluvchi bu xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq balki butun jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini bugun jahon tan olmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy falsafiy fikri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda qadimiy xalq og‘zaki ijodiga oid afsona va rivoyatlar, qadimgi hind, xitoy va yunon tarixchilarining asarlari, “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxshin” va shular kabi yozma yodgorliklarda aks ettirilgan. Ayniqsa “Avesto”, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviyat, madaniyat, xususan falsafiy qarashlarini o‘rganish uchun bebaho manbadir. Bu asar bizga qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun juda boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida bir qator olimlarimiz ushbu kitobni tadqiqot qilishdi (T.Maxmudov, G.Maxmudova, H.Homidiy, M.Ishokov va boshq.) Tadqiqotchilarning yozishicha 21 kitobdan iborat bo‘lib, uning 7 kitobi dunyo va inson zotining o‘tmishi haqida, 7 kitobi inson axloqi, uning huquqlari haqida, 7 kitobi tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan.Bu asar zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining muqaddas kitobi sifatida o‘zida ajdodlarimizning tabiat, borliq, olam, jamiyat, inson, uning hayoti, axloqi, huquqlari, burchi kabi masalalar yuzasidan dastlabki diniy falsafiy qarashlarini ifodalaydi. Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash olib boradilar. YAxshilik kuchlariga xudo Ahura Mazda, yomonlik kuchlariga Axriman boshchilik qilishadi. Insonning hayoti, uning taqdiri, baxti va baxtsizligi shu ikki kuch kurashi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Bunda inson bu faoliyatining sub’ekti sifatida emas, balki xudolar ta’sir ko‘rsatadigan ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda kishilar o‘z amaliy ishlari va axloqiy fazilatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ular yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim, aks holda yomonlik tantana qilib, ular abadul-abad azob-uqubatlarda yashashi mumkinligi aytiladi. Bunda kishilarning yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlari va qarashlari ularning amaliy faoliyati bilan bog‘langan holda ko‘rsatilib, ular kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi kuchlar sifatida ifodalanadi. Masalan, «Avesto»da keltirilgan «Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostlikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan», «Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma», «Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishi lar bo‘lmog‘i lozim», «YOlg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi3 » kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. “Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar ekanligi aytiladi. Bular: 1) Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z;, 3)Ezgu ish (amal)dir.Mana shu fazilatlarga ega bo‘lgan inson oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Avestodagi ilgari surilgan diniy-falsafiy ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar SHarq va Evropa diniy-falsafiy ta’limotlarining shakllanishi va paydo bo‘lishida juda katta o‘rin tutgan va rol o‘ynagan. Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy siljishlar, SHarq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi. O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda, tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor. Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy (870–950, asarlari: «Kitob ul-Xuruf», «Fozil odamlar shahri», «Siyosat falsafasi», «Fuqarolik siyosati») falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Abu Rayhon Beruniy (973–1048 yillar, asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya»), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan.
Abu Ali ibn Sino (980–1037, buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,«Donishnoma», «Hayy ibn YAkzon», ayniqsa, keng dovruq qozongan). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob’ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. XX–XXI asr o‘zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar, degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati «jamiyatni ma’rifat orqali yangi-lash» g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet Ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. Falsafaning fidoyilari yangi qaror topgan siyosiy tizimda yashash, ishlash va juda ko‘p sinovlardan o‘tishlari lozim bo‘ldi. Ayrim ziyolilar chet elga qochib ketdilar, ko‘pchilikda esa marksizm g‘oyasining haqiqiy insonparvarligiga qat’iy ishonch shakllandi va shu bois, shu yo‘nalishda faoliyat olib bordilar. Biroq muayyan darajada sovet mafkurasi ta’siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston Falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida namoyon bo‘ldi va olimlar o‘z falsafiy qarashlarida inson omilining ma’naviy ruhini ifoda eta oldilar.
Download 23,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish