Ahmad Yassaviy (1005–1166) tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati tarixida katta o‘rin tutadi. Tasavvufdagi barcha yirik tariqatlarda bo‘lganidek, yassaviya ta’limoti quyidagi qoidalarga amal qilishga asoslangan:
murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, unga doimo taslimiyot izhor qilmog‘i lozim;
murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kerakki, to o‘z shayxining rumuz va ishoralarini mukammal anglay olsin;
shayxning barcha akvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq bo‘lib, unga mutlaqo mute va mu’taqid bo‘lmog‘i lozim;
o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. Chunki rizoi Olloh uning (ya’ni shayxning) izmidadir;
murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga vafoli bo‘lib, murshidi ko‘nglida hech qanday shak-shubha tug‘dirmasligi zarur;
murid o‘z va’dasiga vafodor, so‘zida ustuvor turmog‘i lozim;
murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini, butun bor-yo‘g‘ini o‘z shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim;
murid o‘z murshidining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo‘lib, uning ifshosini hech vaqt xayoliga keltirmasligi kerak;
murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutib, uning mushkulotini oson qilmog‘i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog‘i shart;
murid xudo visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun molu jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st, dushmaniga dushman bo‘lib yashamog‘i shart13.
Ahmad Yassaviy o‘z tariqatini she’riy uslubda «Hikmat» nomli asarida bayon etgan. Yassaviy ta’limoti kishilar o‘rtasida poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘lining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali Olloh visoliga yetish mumkin, degan g‘oyani olg‘a surgan. Yassaviya ta’limoti ba’zi kishilarning mol-dunyoga hirs qo‘yishini qoralaydi, kamtarlikka, g‘aribparvarlikka da’vat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining taraqqiyotiga hissa qo‘shgan.
Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yana bir vatandoshimiz Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga kelgan Najmiddin Kubro (1145–1221) hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta’limoti kubraviya tariqati nomi bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo‘shgan hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta’limotga ko‘ra, inson o‘z mohiyat-e’tibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta dunyo bo‘lmish koinotdagi barcha narsalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashtirilgani sababli, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday yuksaklarga ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lish, ya’ni kamolotga erishish uchun, ma’lum riyozatli yo‘llarni bosib o‘tishlari zarur. Buning uchun quyidagi o‘nta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo.
Ushbu o‘nta talabning qisqacha mohiyati shundaki, kishi bu dunyo lazzatlari va mol-dunyoga hirs qo‘yishdan o‘zini tiyishi, sabr-qanoatli bo‘lishi, o‘zligidan kechib, xudoga muhabbat qo‘yishi, unga cheksiz ishonishi lozim. Najmiddin Kubrodan qator asarlar meros qolgan. Masalan, «Favo‘ix al-jamol va favotix al-jalol», «Al-usul al-ashara», «Risolat al-xo‘if al-xa’im min laumon al-la’im» kabilar shular jumlasidan. Uning yana bir asari – «Risolatun odob ul-zokirin» («Zikr aytuvchilar odobi haqida risola») fors tilida bizgacha yetib kelgan bo‘lib, hozir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanmoqda.
Najmiddin Kubro tariqati Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va boshqa musulmon xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning ta’limoti asosida kubraviya maktabi vujudga kelgan va deyarli XV asrgacha tasavvuf ta’limotini ifodalovchi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan.
Najmiddin Kubro Urganch shahrini mo‘g‘ul bosqinchlaridan himoya qilishda shiddatli jangda shahid bo‘lgan. O‘shanda u 70 yoshda bo‘lgan.
Uzoq vaqt mobaynida mo‘g‘ul mustamlakachiligiga qarshi olib borilgan kurashlar XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyoda sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun urushlar g‘alabasi va Movarounnahrda yagona davlat barpo etilishi bilan yakunlangan. Islom dini bu davrda Amir Temur va temuriylar siyosatida, mamlakatdagi ma’naviy birlik, madaniy yuksalish, adolat o‘rnatish va saqlash ishiga qaratilgan. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf, ayniqsa, naqshbandiya o‘sha davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qilgan. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklik, mehnat va bilim egallashiga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib qilib, ma’naviy-ijtimoiy hayotda katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Bahovuddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xo‘ja Muhammad Porso, Xo‘ja Akrom kabi naqshbandiya nazariyotchilari shu davrda yashab ijod etganlar.
Markaziy Osiyoda XIV asrda tasavvuf ilmi sohasida vujudga kelgan tariqat Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318–1389) nomi bilan bog‘liqdir. Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan (keyinchalik Naqshband sharofati bilan Qasri Orifon deb atala boshlangan).
Naqshband ta’limoti asosida ixtiyoriy faqirlik yotadi. Atoqli sharqshunos olim YE. E. Bertelsning yozishicha, u umr bo‘yi dehqonchilik bilan kun kechirgan va o‘z qishlog‘idagi uncha katta bo‘lmagan yeriga bug‘doy va mosh eksa-da, uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. Naqshband bo‘yra ustida yotib kun kechirgan va butun umrini o‘z ixtiyori bilan faqirlikda, yo‘qchilikda o‘tkazgan. Naqshband tariqatining asl aqidasi – «dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «doimo ko‘ngling Ollohda, qo‘ling esa ishda bo‘lsin», degan g‘oyani olg‘a suradi. Naqshbandiya ta’limoti XV asrda Afg‘oniston, Eron, Hindiston singari musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu ta’limot tarafdorlari asketizm (tarkidunyochilik)ga, boy-zodagonlarning zulmi va istibdodiga qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga kishilarni chaqirganlar. Ular shu bilan birga savdo- sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-
ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, miniaturachilik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar.
Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak qadrlaydilar. 1993 yilda mamlakatimizda Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlanganligi bejiz emas. Naqshbandning nafaqat diniy, balki dunyoviy hunarlarni ham egallashga da’vat etganligi mustaqilligimiz taqozo etgan xalq bunyodkorligiga g‘oyaviy madad bo‘ladi. Shu bois xalqimiz tasavvuf ilmining darg‘alaridan biri bo‘lmish Xoja Bahovuddin Naqshband ta’limotiga asrlar osha yana murojaat qilishi tabiiydir. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi.
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.
Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan.
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda.Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan.
Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
– inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan.
Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan.
XULOSA
Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta
terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.
Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’I lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.
Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.
Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o’rinni egallashini qayd qiladi.
Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |