Reja: Ma’naviy meros va tarixiy xotiraning tiklanishi



Download 52,04 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2022
Hajmi52,04 Kb.
#471925
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ta\'lim

3-masala
1996-yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvavtlandi. Mazkur jamg‘arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996–2002-yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyo’q allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyo’q mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:

  • dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;

  • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

  • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;

  • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish;

  • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;

  • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonun-chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi.
Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O‘zbekistonda 2119 diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va o‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangel xristian-baptistlari cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘la Yevangel xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Injil jamiyati singari diniy tashkilotlar faoliyatidan turli dinlarga mansub fuqarolarimiz birdek manfaatdor ekanliklarini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bulardan tashqari respublikamizda 2000 dan ortiq musulmonlar machiti, 168 xristian cherkovi, 7 yahudiy sinagogasi, 7 bahoiylar uyushmasi, 2 Krishna jamiyati, 1 budda ibodatgohi mavjud. Diniy ta'limotni puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 pravoslav i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda islom diniga qanday sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, boshqa dinlarga ham xuddi shunday emin-erkin ibodat qilish va bu borada hyech bir to‘siqlarsiz faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Har yili minglab musulmonlarimiz Haj safarlariga borishgani kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi diniy ziyoratgohlarga safar uyushtiradilar, xorijga e'tiqodiy ziyoratga yo‘l oluvchilar uchun beriladigan imkoniyatlardan foydalanadilar.
Mamlakatda islomiy muhim sanalarni nishonlash bilan bir qatorda boshqa konfessiyalarning ham qator diniy tadbirlari keng nishonlanadi. Jumladan, 1996 yilning noyabr oyida Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi, 1996 yilning dekabr oyida Markaziy Osiyodagi yagona Yevangel-lyuteranlar jamoasining 100 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. 1995 yilda "Bir osmon ostida" xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi o‘tkazildi.

Download 52,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish