Paxta tozalash sanoati yengil sanoat tarmoqlari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Respublika rivojlangan va zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan paxta tozalash sanoatiga ega. Paxta tolasi 40 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga, jumladan Buyuk Britaniya, Belgiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, AQSH, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi vositachi firmalar orqali eksport qilinadi. Dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha 5-o‘rinni, paxta tolasi eksporti bo‘yicha 2-o‘rinni (AQShdan keyin) egallaydi.
Dastlabki paxta tozalash zavodlari 1874 yilda Toshkentda qurilgan, Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabni oshishi bilan O‘zbekistonda paxta tozalash yengil sanoati tez rivojlandi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda 27 ta, 1914 yilda 208 paxta tozalash zavodlari ishladi. Asta-sekinlik bilan paxtachilik g‘alla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Keyingi 80 yil davomida paxta tolasi ishlab chiqarish qariyib 10 martaga ko‘paydi. Ayniqsa 1980 yilda eng ko‘p 1745,3 ming tonna paxta ishlab chiqarildi. Natijada paxta tozalash zavodlarining soni ko‘paydi.
Mustaqillik yillarida Respublikada paxta ekiladigan maydonlari bir qadar kamaytirilishi hisobiga don mustaqilligiga erishish uchun don ekinlari maydoni kengaytirildi. Natijada paxta maydoni qisqartirilishi paxta maydonlarini ham kamaytirilishiga olib keldi. Nima bo‘lganda ham Respublikada paxtachilikni rivojlantirish asosiy o‘rinni egallab iqtisodiyotni rivojlantirish paxta hosildorligini oshirish asosiy masala hisoblanadi. Paxta tozalash sanoatining tarmog‘ida 128 paxta tozalash zavodlari, 464 ta paxta tayyorlov maskani bor bo‘lib, (2005y) eng yirik paxta tozalash zavodlari Qorakul, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘rg‘ontepa, Xazarasp, Birinchi Quqon, Quva, Juma, Denov va boshqalar mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 50-60 ming tonna va undan ortiq paxta qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Yiliga qariyib 120-130 ming tonna urug‘lik chigit tayyorlanadi. Hozirgi bosqichda paxta tozalash sanoatida yangi texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyasini o‘rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi bo‘yicha jahon standartlariga o‘tish uchun AQSH, Shveysariya va b. mamlakatlardagi firmalarda ishlab chiqarilgan priborlar va texnologiyani qullash sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin Turkiya va b. xorijiy davlatlar va firmalari bilan hamkorlikda Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor to‘qimachilik mahsuloti i.ch. ga qadar jarayonlar qamrab olingan k-tlar qurilishi boshlandi. Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Turkiyaning “Yazeks” korporasiyasi bilan hamkorlikda “Elteks” k-ti ishga tushirildi (1994).
Respublikamizda paxta tozalash sanoati vazirligi tomonidan boshqariladi. Respublika Prezidenti farmoni bilan paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi «O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Respublikada ishlab chiqariladigan paxta tolasining anchagina qismi (85-90%) eksportga chiqariladi. Uning asosiy qismi xorijiy va MDH mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yildan 6 ta jahondagi Xalqaro paxta tolasi savdosi birjalaridan eng yirigi-Liverpul (Liverpul Kotton LTD) paxta birjasi (Angliya) bilan hamkorlik qilmoqda.
Yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |