Mashina majmuasida asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish.
1-jаdvаl
|
1960
|
1970
|
1980
|
1990
|
1992
|
1993
|
Elektr dvigаtellаri (аylаnish о‘qi bаlаndligi 63/450 mm, о‘zgаruvchаn tokа mо‘ljаllаngаn), ming donа
Kuchli tok trаnsformаtorlаri, ming kvа
Zirxli kаbel, ming km
Shlаngli vа teshа kаbel, ming km
Nаzorаt kАbeli, ming km
О‘rnаtmа о‘tkаzgichlаr, ming qm
Shlаngi о‘tkаzgich, ming km
Аvtomobil tirkаmаlаri, donа
Trаktorlаr (jismoniy birlikdа) ming donа
Trаktor tirkаmаlаri, ming donа
Trаktor kultivаtorlаri, ming d.
Pаxtа terish mаshinаlаri, ming d.
Kompressorlаr, donа
Trаktor chigit seyalkаlаri, ming d.
Pаxtа tozаlаsh mаshinаlаri, donа
Kusаk terish mаshinаlаri, donа
Ekskаvаtorlаr, donа
Kuprikli elektr krаnlаri (mаxsus krаnlаr bilаn birgа), donа
Liftlаr, donа
Mаrkаzdаn kochmа nаsoslаr, ming d.
Yigiruv mаshinаlаri, donа.
|
300
5,8
7,2
4,7
60,1
1,0
76
8,0
6.4
10.0
3.2
696
4.7
2186
5
700
670
-
5
419
|
100,5
2601
14,4
6,7
15,2
85,9
13,5
953
21,1
38.5
20.1
5.9
2448
8.0
2544
2800
1025
871
250
12
811
|
157,9
6907
18,5
10,0
18,6
65,3
8,7
1120
24,2
37.1
19.3
9.1
6889
8.9
3200
2499
1505
1387
6240
10
1704
|
142,8
8606
18,3
11,2
16,9
66,9
23,4
1636
23,3
36.0
14.8
5.3
11143
-
-
-
900
1412
7012
9
1539
|
120,4
4621
17,9
9,0
16,6
73,0
17,1
268
19,3
23.1
10.1
2.4
8123
-
-
-
834
506
4388
8
1119
|
98,6
2590
19,1
11,2
18,7
60,9
17,2
261
11,5
24.1
6.2
2.2
3981
-
-
-
472
412
2078
6
571
|
Avtomobilsozlik. O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining muhim tarmog‘i hisoblangan avtomobilsozlik-avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli jihozlar va b. asboblar i.ch. Respublikada mutsaqillikka erishganidan keyin boshladi. 1990 yillarga qadar Respublikada avtomobilsozlik sanoati yo‘q edi. O‘zbekistonda bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939 yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatadigan “O‘zavtotexxizmat”, “O‘zavtovazxizmat” i.ch. birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatib kelgan.
1994 yil martda “O‘zavtomash” uyushmasi tashkil etildi (uyushma tarkibida 18 korxona tashkilotlar bor). Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil industriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar hamda ularga ehtiyot qismlar i.ch. servis xizmatini yo‘lga qo‘yish, Respublika xalk xo‘jaligining avtotransport texnikasiga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, avtomobil sanoatining raqobatdosh mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda.
Avtomobli sanoatini barpo etishda, asosan Respublikadagi konsernlar, korporasiyalar, MDH korxona, tashkilotlari, chet el firmalari sarmoyalarini jalb etish bilan aksionerlik jamiyatlari tashkil etish yo‘li tanlangan. Ishga tushiriladigan korxonalarda i.ch. siklini shakllantirish dastlab avtomobillar agregatlarni yig‘ishda ularni shu korxonalarda tayyorlash va yig‘ish sikliga bosqichma-bosqich to‘lik o‘tish yo‘li bilan olib boriladi. Avtomobil dvigatellari (motorsozlik), podshipniklar i.ch. ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
1992 yil O‘zR Janubiy Koreyaning DEU korporasiyasi bilan Asaka paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan “O‘zDEU avto”, 1993 y. GFRdagi “Mersedes-Bens AG” korporasiyasi bilan sobiq harbiy aviasiya i.ch. birlashmasi negizida yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” (Drujba) qo‘shma korxonalari barpo etildi.
Respublika avtomobil sanoatini butlovchi va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun 1993 yil “Avtoehtiyotqism” ilmiy i.ch. birlashmasi (Toshkent viloyati Pskent sh.da “Janubiy avtopoligon”-O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar va motosiullarni sinash va sertifikasiya markazi: Toshkent sh. Yaqinidagi Binokor posyolkasida qurilayotgan avtomobil ehtiyot qismlari z-di) ish boshladi. Respublikadagi podshipnik zavodlarida (Toshkent, Shovot, Marhamat va Oxunboboyev sh.lari) avtomobil sanoati va k.x. mashinasozligi uchun turli podshipniklar, sanoat robotlari ishlab chiqariladi.
Samarqand “Krasniy dvigatel” i.ch. birlashmasi (1942 y. Novorossiysk sh.dan evakuasiya qilingan shu nomdagi zavod negizida ishga tushirilgan) avtomobil dvigatellariga ehtiyot qismlar, alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqaradi. Samarqandda qurilayotgan (1994) “O‘zavtovazagregat” i.ch. birlashmasi korxonalarida yaqin istiqbolda “LIAZ” i.ch. birlashmasi (Rossiya) bilan hamkorlikda yiliga 1000 dona avtobus yig‘ish va 500 dona trolleybus i.ch. yo‘lga qo‘yiladi. Asaka avtomobil zavodida mikroavtobuslarni seriyali i.ch. 1996 yil martdan boshlandi. 1996 yil 19 iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o‘tkazildi. 2000 yil bu zavod to‘la loyiha quvvatida ishga tushadi va yilida 200 ming dona turli model va markadagi avtomashina i.ch. 1994 yil nemis sheriklar yetkazib bergan qismlardan Drujba avtomobil zavodida dastlabki 350 “Mersedes-Bens” shatakchi yuk avtomobillari ishlab chiqarildi. Samarqand shahrida Turkiya davlati bilan tuzilgan qo‘shma korxona “O‘zkuch Avto” da avtobuslar ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |