tugmachani bosiladi.
Jadvalni olib tashlash Vizual Data Managerdagi Database Window oynasida kursorni jadval nomiga joylashtiring va paydo bo‘lgan kontekst menyudan Dalate (olib tashlash) buyruqni tanlang. Jadvalni olib tashlashga tasdiklash so‘rovi paydo bo‘ladi. Jadvalni olib tashlash uchun Da, olib tashlashdan voz kechish-Net tugmachani bosing.
Jadval tuzilishini nusxalash.
Vizual Data Manager berilganlar bazasidagi jadval strukturasini (tuzulishini) nusxalash imkonini beradi. Buning uchun Database Window oynasida kursorni jadval nomiga joylashtirish va kontekst menyudagi Copy Strukture (tuzulishini nusxalash) buyrug‘ini tanlash kerak. 16. 8 rasmda ko‘rsatilgan Copy Strukture muloqot oyna ochiladi.
Tables maydoniberilganlar bazasidagi jadvallar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu ro‘yxatdan nusxasi olinayotgan jadvalni nomini tanlang. Target Database maydonida jadval ko‘chirilayotgan berilganlar bazasining nomi ko‘rsatilishi zarur. Indalmasa bu maydon ko‘rilayotgan berilganlar bazasi nomini o‘z ichiga oladi. Copy Indexes va Copy Data bayroqlari yordamida jadvallar indekslarini tarkibi bilan va ular ichidagi berilganlarni nusxasini olish to‘g‘risida ko‘rsatma berish mumkin. Parametrlarni o‘rnatish tugagandan so‘ng, nusxalashtirishni bajarish uchun OK tugmachasini bosiladi.
Berilganlar bazalari serverlari orasida bog‘lanish xosil qilish.
Visual Basicda ish uchun serverda joylashgan berilganlar bazalaridan foydalanish mumkin. Bunday berilganlar bazalari bilan ishlashdan avval ular bilan bog‘lanish xosil qilish zarur.
Bog‘lanishni xosil qilish uchun quyidagi amallarni bajariladi:
1. Data Enviroment oynani ochiladi. Buning uchun Projekt (proekt yoki loyiha) menyusida Add Data Enviroment (atrof muhit) buyrug‘ini tanlanadi.
2. Yangi bog‘lanishni qo‘shish uchun Data Enviroment oynasining asboblar panelida Add Connection (bog‘lanishni qo‘shish) tugmachasini bosiladi. Oyna indalmaganda Connection 1 nomlanuvchi yangi element hosil bo‘ladi.
3. Bu element uchun kontekst menyudagi Properties (xossalar) buyrug‘ini tanlab olinadi. Server bilan bog‘lanish parametrlarini kiritish uchun mo‘ljallangan. Berilganlar bilan bog‘lanish xossalari muloqot oyna ochiladi.
Berilganlar bilan bog‘lanish xossalari muloqot oynasidagi xizmatga keltirish qo‘shimcha varag‘ida keltirilgan ro‘yxatdan qo‘shilayotgan qo‘shimcha berilganlar turini tanlanadi.
Podklyuchenie (ulanish) qo‘shimcha varag‘iga o‘tib server nomini, (agar bunga zarurat bo‘lsa) foydalanuvchining nomi va parolini kiriladi, ochilayotgan ruyhatdan serverdagi berilganlar bazasini tanlab olinadi.
Bog‘lanish parametrlarini to‘g‘riligiga ishonch hosil kilish uchun ulanishni tekshirib, tugmachasini bosiladi. Agar ulanish tug‘ri bajarilgan bo‘lsa, ulanishni tekshirish tug‘ri bajarildi degan axborot paydo bo‘ladi.
Parametrlarni o‘rnatishni tugatgach, muloqot oynani bekitish uchun OK tugmachasini bosiladi.
Bog‘lanishga kiradigan ob’ektlarni ko‘rib chiqish uchun Data view oynani oching. Buning uchun View (ko‘rish) menyusida Data View Window (berilganlarni ko‘rib chiqish oynasi) buyrug‘ini tanlanlash yoki Visual Basic asboblarning standart panelida shu nomdagi tugmachani bosiladi.
Data view oynasi(berilganlarni ko‘rib chiqish) server Microsoft SQL Serverda joylashgan barcha berilganlar jadvallari Sales ko‘rsatilgan.
Biz Data View oynasida joylashgan (mavjud bo‘lgan) jadvallardan ixtiyoriy jadvalni ko‘rib chiqish uchun ochishimiz mumkin. Buning uchun kursorni kurilishi kerak bo‘lgan jadvalning nomiga o‘rnatib, sichqonning o‘ng tugmasini bosiladi va kontekst menyusidagi Open (ochish) buyrug‘ini tanlab olamiz.
Jadvalni ochish uchun jadval nomi ustida sichqon tugmachasini ikki marotaba chertish (bosish) mumkin. Jadvalni ko‘rib chiqish rejimda berilganlar bazasi Salesning Sepverda joylashgan Caustomer jadvali ko‘rsatilgan.