Reja: Maktabgacha ta’lim muassasasida aqliy va axloqiy tarbiya


guruh axloqiy xis-tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar



Download 39,28 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2022
Hajmi39,28 Kb.
#603827
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli

guruh axloqiy xis-tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg’ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, axloqiy mavzularda suxbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilganlar bo’yicha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o’zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning xis-tuyg’usiga extiyotlik bilan munosabatda bo’lish. Bolani noo’rin tanqid qilish, uning ustidan qo’lish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Xamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod o’ziga xos bo’lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko’rib chiqamiz. Tushuntirish ko’pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va na’munasiga asoslanadi.
Masalan:ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to’xtab, u kishining yuziga qarab qo’limsirab “Assalomu alaykum” deyish va yana yo’lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy xolda bo’lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo’lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
Bolalarda ijobiy-axloqiy xislarni uyg’ota olish, ertak qaxramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug’idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;
U bolalarga tushunarsiz bo’lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
U axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda foydalanish.
Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suxbat jarayonida bolalar o’z fikr- muloxazalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti- harakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari doirasida bajarishga o’rinadilar. Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o’qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqava ashula eshitish bolalarda estetik xisni uyg’otadi hamda axloqiy qoida va me’yorlarni singdirib boradi. Amaliy va o’yin metodlari — o’yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, saxnalashtirilgan o’yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to’plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to’xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari qulay bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo’lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar bog’chasida rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogikshart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.
-I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.
-1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.
-I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi.
-I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.
-I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi.
Bola hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni.Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Bolalarning jismoniy madaniyatini shakllantirish ko’pgina vazifalarda muvaffaqiyatli xal etishni talab etadi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi:
bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashki muhitning noqulay vaziyatlariga barkaror qarshi tura olishini mustaxkamlash;
asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari — kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi;
hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan xolda bola turli sharoitlarda o’z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatgaa ega bo’ladi;
jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barkaror qiziqish va extiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzi asosida bolaning doimiy ravishda o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy
mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi;
jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena soxalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiyena haqida. jismoniy madaniyat, sportning salomatlikni mustaxkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo’lishi zarur.
Pedagog olim P.Yusupovaning fikricha, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u tez jaroxatlanadi. Shuning uchun bolalarni jismoniy tarbiyalashda quyidagilar birinchi darajali vazifalar xisoblanadi:
Sog’lomlashtiruvchi vazifalar.Bolalar sog’ligini mustaxkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg’un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamlilikni kuchaytirish, uzok umr ko’rishini ta’minlash.
Ta’limiy vazifalar.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xos bo’lgan o’ta qabul qiluvchanlik, sharoitning o’zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: zarur ko’nikma, malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik. chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash)ni o’stirish, qaddi-qomat, gigiyena ko’nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.
Boladagi harakat ko’nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va b.) nisbatan yengil shakllanadi, ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor va shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Shu asosda jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarni egallash bilan bog’lik bo’lgan dastlabki bilimlar tarkib topadi. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga), to’la aylanish, jismoniy tarbiya asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak.
Tarbiyaviy vazifalar.Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbatni, ularning natijalari, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik, va x.k ) va axloqiy fazilatlar (xalollik, xaqqoniylik, o’rtoqlik xissi, o’zaro yordam), jamoada shug’ullanish malakasi, jismoniy tarbiya asboblarini extiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va b.)ni namoyish qilishuchun qulay sharoit yaratiladi.
Bolajon” tayanch dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:
bolalar salomatligini mustaxkamlash va ularni chiniqtirish:
ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish;
bolalarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash;
ularda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish,
jismoniy harakatlarning muhim sifatlari: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish kabilarni shakllantirish;
-o’yin harakatlarini kengaygirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib tik turish malakasini oshirish;
bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilikning oldini olishga yordam berish;
jismoniy mashqva o’yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;
bolalarda faol harakatga keltirishni tarbiyalash.
Bola organizmini chiniqtirish - organizmni mustaxkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Havoorqal chiniqtirishda sovuq havo bilan jismoniy mashqlar o’zaro birlikda ta’sir ettiriladi. Havo vannasidan uyqu vaqtida yoki havo bulut bo’lgan vaqtlarda foydalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar salqin yerga qo’yilgan karavotga yotqiziladi. Havo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan xoli tekis maydon tanlanadi. Tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan 10-15 daqiqa yengil harakatli o’yinlar yoki mashqlar bajaradi. Havo vannasi asta- sekin 10-15 daqiqadan 25 daqiqaga olib boriladi.
Suv bilan chiniqtirish barcha yosh guruhlarida yilining hamma fasllarida o’tkazilishi mumkin. Suv bilan chiniqtirishda bolalarning tibbiy-fiziologik o’ziga xosliklari hisobga olinishi lozim. Suv, havo temperaturasining o’zgarib borishi bola organizmining termoregulyatsion apparatini mashq qildiradi, tashqi sharoitga, ob-havoning o’zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining chiniqishi bilan bir qatorda, uning irodasi ham chiniqib boradi. Quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda “D” vitamini paydo bo’lishiga yordam beradi. Ammo undan ortiqcha foydalanish bolada bosh og’rig’i, uyqusizlik, ishtaxa bug’ilishi, kamqonlik, lanjlik bo’lishiga olib keladi. Sil, bezgak kasalligi bilan og’rigan bolalarga quyosh vannasi mutlaqo ma’n etiladi. Quyosh vannasi dastlab to’rt daqiqadan qabul qilinadi, tananing har bir tomoni bir daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul qiladigan maydoncha quruq, tekis, havo yaxshi aylanadigan, kuchli shamollardan pana bo’lishi lozim. Yaqinroqda dush, bolalar kiyinadigan, yechinadigan joy bo’lish kerak. O’zbekiston sharoitida Quyosh vannasini ertalab soat to’qqiz-o’n bir soat oralig’ida olgan ma’qul. Bolalar fanerdan yoki taxtalardan yasalgan so’rilarga oyoqlarini Quyosh tomonga, boshlarini esa soya tomonga qarab yotqiziladi. Quyosh vannasi qabul qilingandan so’ng ularning ustidan suv quyish yoki cho’miltirish lozim. Bunda bolaning ruxi yengillashadi, terlari yuviladi, qizigan tana va sovuq o’rtasidagi farq organizmni chiniqtiradi.
Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan:
Ilk yosh guruhida: - har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida); - yozda ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish; - kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv xavzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda).
Kichik guruhda: - har kuni ertalab badantarbiya qilish;- harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar kumagida); - ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; - bolalarni yuz-qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanish; - ochiq suv havzasi (basseyn)da cho’milish.
O’rta guruhda: - har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish; ochiqhavoda esa sport kiyimida bajarish; - qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish; - har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash; - har kuni oyoqlarni yuvish, sekin-asta suv haroratini pasaytirib borish; - xona haroratidagi suvda xo’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish.
Katta guruhda:
- har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;

Download 39,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish