EVOLUTSION O‘ZGARISHLARNING TIPLARI
Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) –
evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan
eng umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Galapogoss orollarida morfofi ziologik xususiyatlari jihatdan farq lanadigan
vyuroklarning bitta yoki bir nechta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergent
formalarga misol bo‘ladi. Divergensiya hodisasini o‘simliklarning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari, bargning shakl o‘zgarishi natijasidir. Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning anatomik-fiziologik tuzi-lishidagi umumiylik saqlana borgan. Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq
o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari
hisoblanadi. Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘lqinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan. Divergensiya tur paydo bo‘lish ning yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiya ning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |