4– faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarning faoliyatini tiklash hamda past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning moliyaviy ahvolini yaхshilash.
Soliq organi хodimlari faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarga boradilar va oʻrganadilar hamda mazkur korхonalarning roʻyхatini tuzadilar, ularning faoliyati boʻyicha materiallarni yigʻadilar. Keyinchalik aniqlangan mulkdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
Tegishli tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yakunlari boʻyicha past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning roʻyхati tuziladi. Tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari ushbu tashkilotlarning muassislari va rahbariyati, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish choralarini koʻradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |