2-bosqich. Qolip (forma) tayyorlash.
Chizilgan tasvirga qarab loydan va plastilindan o‘sha qo‘g‘irchoqning bosh qismi haykali yasaladi. Bosh qismi tayyor bo‘lgach, ingichka po‘lat sim olib qo‘loq o‘rnatiladigan joydan teng ikkiga bo‘linadi va qattiq karton qog‘oz olib unga yotqizib qo‘yiladi. So‘ngra qotishma yopishib qolmasligi uchun haykalchaning yuza qismini vazelin bilan yog‘lab chiqiladi va albastr yoki gipsdan suyuqroq qotishma tayyorlanib yog‘langan joyga qo‘yiladi. Qotishma qotgandan so‘ng uni qo‘lga olib ichidagi loy yoki plastilinni o‘yib chiqarib olinadi. Natijada qolip (forma) tayyor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |