Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat


Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik



Download 354,18 Kb.
bet30/74
Sana14.01.2022
Hajmi354,18 Kb.
#364794
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
1-semestrda o’tiladigan mavzular ro’yhati

Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik

Sezgilar o`zlariga adekvat mos bo`lgan qo`zg`atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanuvchi bilish jarayonidir. Ko`rish sezgisining adekvat qo`zg`atuvchisi havo to`lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi clektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko`rish analizatorlarida ko`rish sezgisini vu­judga keltiruvchi asab jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilarining tebranish chastotasi 16 dan 20000 gacha bo`lgan tovush to`Iqinlari ta`sirining retseptorlarida aks etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo`zg`atuvchilarning teri yuzasidan ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo`lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in`ikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o`zlarining maxsus qo`zg`atuvchilariga egadirlar. Lekin sezgilarning turli kol-rinishlari faqat o`zlariga xosligi bilan emas, balki umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga yana sezgi sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi ham kiritiladi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan farq-laydi va u sezgi turi chegarasini o`zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan farqlanadi, ko`rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va shu kabilar bilan ajralib turadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko`p turliligida materiya hara­kati shakllarining turli-tumanligining aks etishidir.

Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo`lib, u ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.

Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtincha ekanligi bilan ifodalanadi. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a`zolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo`zg`a-tuvchining ta`sirqilish vaqti hamdajadalligi bilan olchanadi.

Qo`zg`atuvchi sezgi asosigata`sirko`rsatishi bilan darhol sezgi hosil bo`lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlariga qarab har xil fursatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisoniya, og`riq sezgilari uchun esa 370 millisoniyaga to`g`ri keladi, maza-ta`m sezgisi esa til yuzasiga ta`sir etil-gandan so`ng 50 millisoniyagacha vaqt oralig`ida hosil bo`ladi.

Qo`zg`atuvchi ta`sir ko`rsata boshlashi bilan qo`zg`alish hosil bo`lmaganidek, qo`zg`atuvchining ta`siri to`xtagan zahoti sezgi ham yo`qolmaydi. Vaholanki, Sezgilarning incrsiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta`siridan keying! hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo`ladi.

Ko`rish sezgisi muayyan inersiyaga ega bo`lib, ko`rish sezgisining ta`siri to`xtashi bilan darho! yo`qolib ketmaydi. Qo`zg`atuvchining ta`siri izi ketma-ket keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada ko`zning to`r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo`zg`alish jarayoni hosil bo`lganda, ulartoliqadi va sezgirligi ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko`z to`r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko`z to`r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so`ng oq rang ta`sir ettirilsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo`ladi va biz ko`z qarashimizda ko`kish rangni ko`ramiz.

Teri sezgirligini o`lchash uchun ,,esteziometr" maxsus asbobi qo`llaniladi. Eshitish sezgirligini o`lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajada intinsivligi aniqlanadi. Ba`zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko`rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko`rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchining ko`ziga yorug`likni turli intensivlikda yuborish orqali (goho qorong`ilikda), quyidan yuqoriga yorug`lik birligi — luks orttirib boriladi. Ta`m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o`lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo`llaniladi.


  1. SEZGI TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATI

Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat.

Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi:

1. Bilish jarayonlari.

2. Emotsional soha.

3. Irodaviy soha.

Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak:

1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.

2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.

Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.

Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.


Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi ham faoliyatda bo`lishi kerak. Sezgi retseptorga ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil bo`ladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bo`lib, agar javob reaktsiya bo`lmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bo`lmasa hosil bo`lmaydi. Sezgi a`zolari harakat a`zolari bilan bog`liq. Bu a`zolar bajaradigan vazifa qo`lda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qo`zg`atuvchining o`ziga adekvat bo`lgan analizatorga ta`sir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:

1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi.

2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llari.

3) Nerv impul’slari qayta ishlanadigan analizatorning miya po`stidagi qismlar.

Analizatorlar tevarak - atrofdagi olam ta`sirlarini tahlil qilib beradi. Ular insonni hayoti uchun zarur bo`lgan qo`zg`atuvchilardan ajratadi.
Tasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, , ta`m bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi:

1. Ekstrotseptiv sezgilar.

2. Interotseptiv sezgilar.

3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq)

Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi:

1) kontakt retseptorlar



2) distant retseptorlar.

Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik , proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi. Bo`nga sabab, ko`zning to`r pardalaridagi qolbachalar ishlamaydi. Masalan: ilon, kaltakesak, kabutar, tovuqlarning to`r pardasida faqat qolbachalar bo`ladi. eshitish sezgilarining fizik sababi havo to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi. To`lqinlarning tekis harakatlaridan musiqaviy, notekis harakatlaridan shovqinli tovushlar hosil bo`ladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishlagi tovushlarni qabul eta oladi. Hid bilish sezgilari. Burun kovagining yuqori qismida joylashgan hid bilish (sezgilar) retseptorlari hid bilish e`zosi hisoblanadi. Havo bilan birga burun kovagiga to`shadigan hidli moddalar zarrachalari hid bilish analizatorlarining asosiy qismlaridir. Ta`m bilish sezgilari. Ta`m bilish retseptorlariga so`lakda va suvda eruvchi moddalarning ximiyaviy xossasi kiradi. Ta`m bilish so`rg`ichlari til yuzasida, tanglaydi, milkda va xalqumning yuqori qismiga joylashgan. Ta`m bilish sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r va achchiq.Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi:

a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish;

Biror narsani tegishini til uchi va barmoqlar uchi bilan yaxshi sezamiz. Muskul - harakat sezgilari va statik sezgilar Bunga og`irlikni his qilish sezgilari, qarshilikni, ayrim a`zolarning harakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning fizik sababi gavdalarimizning harakatlaridir. Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deyiladi. Bu statik sezgilar uchun ichki quloq daxlizi va ichki quloqdagi endolimfa nomli suyuqlik bilan to`lgan yarim doira kanallari retseptor vazifasini bajaradi. endolimfada sezuvchi nerv tarmoqlari bor, u organizmning fazodagi harakatini va holatini idora etadi. Organizm harakatlanganda endolimfa tebranib, ana shu nervni qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi.

E - sezgirlik, P - qo`zg`atuvchining ta`sir me`yori. Ko`rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi yuksak bo`ladi.

Sezgirlik turli sharoitlarda o`zgarib turadi, bunda ikki xil hodisa farqlanadi:

1) tashqi muhit ta`sirlaridan sezgirlik o`zgarishiga adaptatsiya deyiladi.

2) analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishiga sensibilizatsiya deyiladi.

Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo`linadi:

a) negativ adaptatsiya; b) pozitiv adaptatsiya.

Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg`aluvchi ta`siri ostida sezgirlik oshadi. Ko`rish analizatorida pozitiv adaptatsiya qorong`ulik adaptatsiyasi deyiladi.

Negativ adaptatsiya ikki xil bo`ladi:

a) qo`zg`atuvchining davomiy ta`siridan sezgirlik yo`qoladi. Masalan: qo`limizga yuk qo`yilsa sezamiz, ammo vaqt o`tishi bilan sezmay qolamiz. b) kuchli qo`zg`atuvchi ta`siridan sezgirlikning susayishi. Masalan: qorong`i xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko`rmaymiz, vaqt o`tishi bilan sezgirlik pasayib biz normal ko`ramiz.

Adaptatsiya teri retseptorlarida tez yuzaga keladi. I.P.Pavlov fikricha “Adaptatsiya bosh miya po`stlok qismidagi muhofazalovchi tormozlanishning bo`lishi tufayli hosil bo`ladi”. Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptatsiya bo`ladi.
Sensibilizatsiya ikki tomonlama bo`ladi:

1) adaptatsiyada sezgirlik oshadi yo kamayadi, sensibilizitsiyada esa faqat oshadi.

2) adaptatsiyada sezgirlikning o`zgarishi tashqi sharoitlarga bog`liq bo`lsa, sensibilizatsiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog`liq bo`ladi.

Sinesteziya qo`zg`atuvchining bir analizatorga ta`siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo`lishidir. Ko`rish, eshitish sinesteziyasi ko`proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo`ladi. Masalan: kompozitorlardan Skryabin A., F.List, N Rimskiy — Korsakovlarda “rangdor eshitish“ qobiliyati bo`lgan. Ularga har bir tovush rangli bo`lib tuyulgan. Masalan: Skryabin “do” notasida iroda baxsh etuvchi qizilrang bor, “re” da nurafshon rang, “mi” da havo rang bor deb hisoblagan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo`lib qo`shilishidir. Masalan, “shirin so`z”, “tili zahar”, “tosh yurak”.




  1. IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI

REJA:

  1. Idrok haqida tushuncha

  2. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi

  3. Idrokning konstantligi va anglanganligi

Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.

Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat kilamiz. B.G.Ananev tomonidan bemor kishida kurish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug‘lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz ma’nosiz dog‘larni ajrata olgan. U birorta ob’ektning predmet sifatida xususiyatini so‘z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko‘zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko‘rish sezgisining o‘zi narsalarni aks ettirishni ta’sinlay olmaydi. Bunga misol tariqasida ko‘pchilik olimlar qurbaqaning ko‘zidagi ko‘z pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko‘ziga tushgan soyaning bir necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli baqa harakatsiz pashshalar orasida ochidan o‘lishi ham mumkin.

Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo‘ladi.

Idrokning yaxlitligi. Yukorida ko‘rsatganimizdek, idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orkali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.

Idrokning ma’lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko‘p darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga to‘g‘ri kelmaydi va bunday sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Biz shu sezgilardan abstraktlashgan, ma’lum vaqt davomida tarkib topadigan elementlarning munosabatining umumlashgan tuzilishini idrok qilamiz. Muzika eshitayotgan kishining uning tuzilishini, uning elementlarining o‘zaro munosabatini idrok qiladi. Chunki muzika alohida notalardan iborat emas. Notalarning o‘zaro munosabatigina muzikani tashkil qiladi. Turli notalarni turli ketma-ketlikda, tartibda tuzib, turlicha muzika hosil qilinadi.

Shu bilan birga odam notalarni ma’lum ketma-ketlikda emas, balki yaxlit, bir butun muzika sifatida idrok qiladi. Faqat maxsus maqsad bilangina (kompozitor, tankidchi) alohida nota yoki muzika asboblarining tovushiga e‘tibor berishi ularni fikran bir-biridan ajratishi mumkin. Bu xususiyatlar idrokningg yaxlitligini beradi.

Idrokning konstantligi va anglanganligi. Idrok qilinayotgan tashqi olam, muhit doimo o‘zgarishda, turli holatlarda, turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Turlicha yorug‘likda, fazoda turli holatlarda, turli masofda bo‘ladi. Bunday omillar ta’siri ostida ko‘z sezgi organlarimizga kelayotgan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi, ularni idrok qilish ham turlicha bo‘lishi kerak. Ammo bizning pertseptiv (idrok qilish) tizimimiz bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘rilash, tiklash qobiliyatiga ega. Shu tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shaklini, rangini katta-kichikliligini nisbatan o‘zgarmas (konstant) holda idrok qilamiz. Idrokning bu xususiyati ko‘rish idroki misolida tushuntiriladi. Narsaning uzoq-yaqinligiga qarab uning ko‘z to‘r pardasidagi tasviri ham katta yoki kichik bo‘ladi. Biz uzoqdagi narsani kichik, yakindagisini katta deb idrok kilamiz. Agar bir qo‘limizni uzoqqa cho‘zib, ikkinchisini ko‘zga yaqin ushlab tursak ham biz ikkala qo‘limizni, barmoqlarimizni kattargan yoki kichraygan holda emas, balki uzoq yoki yaqin sifatida idrok kilamiz. Teatrda orqa joylarda va oldinda o‘tirgan tomoshabin sahnadagi aktyorlarni bir xil idrok qiladi (katta yoki kichik emas).

Idrok jarayonining konstantligi tug‘ma emas. Masalan, qalin o‘rmonda yashovchilar ochiq joylarda (cho‘l) uzoqdagi predmetlarni uzoqlikda emas, kichik sifatida idrok qiladilar. Idrokning konstantligi buzilgan, yoki shakllanmagan bo‘lsa kishi balanddan turib pastdagi narsiani kichikdek idrok qiladi. Bolaligida ko‘r bo‘lib qolgan bemor 10-12 metr balanlikdagi derazadan pasga bemalol sakrab tasha olsam kerak deb o‘ylagan. Chunki u pastdagi narsalarni, predmetlarni uzoqlikdagi emas, kichkina ob’ektlar sifatida idrok qilgan.

Idrok jarayonining konstantliligining pertseptiv tizimining faol harakatidir. Masalan, oynaga qarab turib yozishga harakat qilinsa tez orada kishi avval qiynaladi, keyinroq esa qo‘lini to‘g‘ri boshqarishga o‘rganadi. Shuningdek tasvirlarni turli burchak ostida o‘zgartirib beruvchi ko‘zoynaklar uzoq muddat taqib yurilsa kishi atrof muhitni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rganadi. Agar idrokning konstantligi bo‘lmasa odam benihoya o‘zgaruvchan olamni anglay olmas edi. Idrokning konstanligi tevarak atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.


Download 354,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish