AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMLARI STRUKTURASI - Tayyorlovchi bosqich. Uning asosiy vazifasi - mahsulotning qo‘llanish sohasi, ishlatilishi va ishlab chiqarish jarayonini o‘rganishdan iborat. Tayyorlovchi bosqichning maqsadi - texnik topshiriqni ishlab chiqish, unda mahsulotning qo‘llanishi haqida asosiy texnik tavsiflar, ishlatilish sharoiti va saqlash haqidagi axborotlarni yoritishdan iborat. Eskizli loyihalash. Bu bosqichining vazifasi - texnik topshiriq talablariga muvofiq ravishda mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash. Bunda mahsulotning texnik asosi, qo‘llaniladigan qurilmalarning taxminiy tarkibi va soni aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |