reja: 1. Linux APIRATORI YARATILISH TARIXI 2. LINUX APERATORI TIZIMI IMKONIYATLARI 3. LINUX OPERATSION TIZIM HARAKTERLI XOSSALARI
Linux operastion tizimini hozirgi kundagi eng ommabop xisoblanmish Windows operastion tizimi bilan solishtirar ekanmiz, biz uni afzallik va kamchiliklarini ko'rib chiqishimiz lozim. Umumiy oladigan bo'lsak Linux operastion tizimini Windows operastion tizimidan zo'r yoki yomon deb aytish noto'g'ri bo'lardi. Chunki Linux operastion tizimi umuman boshqa arxitekturali operastion tizimdir.
Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi oilasiga mansub operastion tizimlardagidek «ПУСК» menyusi yoki bo'lmasa, lokal disk "С:/" ning yo'qligi yangi foydalanuvchiga biroz o'zgacha tuyulishi mumkin. Bu albatta moxir foydalanuvchi yoki dasturlovchi uchun hech qanday to'siq bo'la olmaydi. Linux bu birgina operastion tizim emas, balki shu nomdagi yadro asosida yaratilgan operastion tizimilar oilasidir. Linuxning juda ko'p distributivlari mavjud: Debian, Fedora, Gentoo, Mandriva, openSUSE, Red Hat, Slackware, Ubuntu. Ularning barchasini birgina yadro birlashtirib turadi
Linux da viruslar yo'q! Umuman olganda Linux operastion tizimi uchun ham viruslar mavjud ammo ularni topish juda qiyin. Operastion tizimning xavfsizlik mexanizmi sodda va ishonchli tuzilgan: operatsion tizimning ishlashiga bevosita ta'sir qiluvchi va xavf tug'diruvchi omillar(tizim sozlashlarini o'zgartirish, dasturlarni o'rnatish va o'chirish uchun administrator paroli so'raladi) yuzaga kelmaydi. Administrator ruxsatisiz tizimda hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi.
Linux o'rnatish jarayoni biroz qiyin Linux distributivi turiga qarab, uni o'rnatish jarayoni farq qiladi. Ba'zi distributivlarda Windows kabi grafik muxit mavjud bo'lsa, ba'zilarida konsol muxitida o'rnatish amalga oshiriladi. Ana shu konsol muxiti buyruqlar bilan ishlashni talab qiladi. Bu esa hamma foydalanuvchilarni qo'lidan kelmaydi
Yigirma yildan so'ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi.
Linux geymerlar uchun emas. Hozirgi kunga kelib Linux operatsion tizimi uchun yaratilgan o'yinlar Windows uchun yaratilgan o'yinlar bilan tenglasha olmaydi. Linux ni tanlagan foydalanuvchi undan o'yin o'ynashni niyat qilmasligi aniq. Agar siz kelajakda katta video xajmdagi o'yinlarni o'rnatish niyatingiz bo'lsa, u holda Windows ni tavsiya qilamiz.
Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin.
1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib keladi