Rejа: Kulachokli mexanizmlarning turlari, qo’llanish sohalari


Kulachokli mexanizmning kinematik analizi



Download 467,5 Kb.
bet2/4
Sana31.05.2023
Hajmi467,5 Kb.
#946899
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma'ruza

Kulachokli mexanizmning kinematik analizi.

Kulachokli mexanizmning kinematik analizida kulachokning doimiy aylanish davrida turtkich nuqtasining o‘tgan yo‘li, tezligi va tezlanishi aniqlanadi.
O‘tilgan yo‘l, tezlik va tezlanishlar kulachokli mexanizmda ko‘pincha grafik yo‘li bilan topiladi, chunki bu usul analitik usulga nisbatan ancha oson bo‘lib, bunda xato uncha katta bo‘lmaydi va u texnik hisobni qanoatlantiradi.
Turtkichi o‘tkir uchli aksial tekis kulachokli mexanizmning analizi.
Buning uchun mexanizmning kinematik sxemasi masshtabda kulachokning minimal radiusi turtkichga tekkan nuqtadagi vaziyati chizib oladi. So‘ngra kulachok o‘zgarmas (ω= const) burchak tezlikda aylantirilsa, turtkich o‘z o‘qi bo‘ylab vertikal yo‘nalishda ilgarilama-qaytar harakatda bo‘ladi. Shuni e’tiborga olib, kulachok profili bir xil kattalikdagi bir nechta teng bo‘lakka bo‘linadi. Agar kulachokning aylanish markazidan ixtiyoriy minimal radiusli aylana chizib, aylanani bir nechta (4, 8, 12, 16 .....) teng bo‘lakka bo‘linsa, kulachokni bir xil kattalikdagi bir nea teng burchakka bo‘lgan bo‘ladi. So‘ngra kulachokni aylanish yo‘nalishida sekin-asta bo‘lingan burchakka bursak, turtkichning V nuqtasi V1 holatga ko‘tarilganligini ko‘ramiz, keyingi burchakka burganimizda esa V2 vaziyatga keladi. Shu tariqa kulachok to‘la aylanganda turtkich ham bir marta yuqoriga chiqib(eng uzoq nuqtaga) so‘ngra o‘z o‘rniga qaytadi. Turtkich V nuqtasining surilishini topish uchun kulachokning aylanish markazida chizilgan ixtiyoriy aylananing bo‘luvchi radius - chiziqlarini kulachok profili bilan kesishg uncha davom ettiramiz. So‘ngra topilgan (1,2,3...) nuqtalarni kulachokning aylanish markazi orqali sirkul yordamida turtkich o‘qiga aylantirib keltiriladi.Turtkichning o‘qi ustidagi topilgan bu nuqtalar V nuqtaning vaziyatlarini ko‘rsatadi. V nuqtaning yo‘l diagrammasini chizish uchun S Ot, koordinata o‘qlarini olib Ot tomonni (absitsissalar o‘qini) kulachok profili bo‘lingan bo‘laklar soniga teng bo‘lakka bo‘lamiz. So‘ngra ordinatalar o‘qi OS ga tutikich o‘qidagi V nuqtaning V 0 , V 1 , V2...., V6 vaziyatlarni ko‘rsatuvchi (V 0 , V 1), ( V 0 , V 2) .... kesmalar koordinatalar boshidan boshlab o‘lchab qo‘yiladi. Agar shu o‘lchab qo‘yilgan nuqtalar( V 1 , V 2 , V3...) ni abssissalar o‘qidan chiqqan o‘z vaziyatlarini ko‘rsatuvchi perpendikulyarga proeksiyalansa va topilgan nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtirlsa, yo‘l diagrammasi hosil bo‘ladi.



Diagramma chizishning oson yo‘li quyidagicha: turtkich bilan kulachokning minimal radiusda tekkan nuqtasi V0dan turtkich o‘qiga perpendikulyar o‘tkazib, shu chiziqda koordinatalar boshi O tanlab olinadi va turtkich o‘qiga parallel ravishda OS ordinatalar o‘qi, keyin unga perpendikulyar qilib abssissalar o‘qi o‘tkaziladi. Shundan so‘ng turtkich o‘qi ustidagi V nuqtaning vaziyatlarini ordinatalar o‘qiga o‘lchab qo‘ymasdan, proeksiyalab borish mumkin. Yo‘l diagrammasi chizilgandan so‘ng, tezlik va tezlanishlar grafigi hosila olish yo‘li bilan chiziladi.
Nazorat savollar:
1. Kulachokli mexanizm deb nimaga aytiladi?
2. Kulachokli mexanizmlarning tiplari, qo‘llanish sohalari haqida ma’lumot bering.
3. Tekis kulachokli mexanizmlarga ta’riflang.
4. Fazoviy kulachokli mexanizmlarga misol keltiring.
5. Kulachokli mexanizmning kinematik analizida kulachokning qaysi ko’rsatkichlari aniqlanadi?
6. Kulachokli mexanizmlarning kamchiligini ayting.



Download 467,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish