Bir jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydoni.
Bir jinsli zaryadlangan shar va sferaning elektr maydoni.
1-savol: Q1 va Q2 zaryadlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi qaysi formula yordamida aniqlanadi
2-savol. Musbat zaryadlangan shisha tayoqcha ipga osilgan jism bilan itarishadi. Jism qanday zaryadlangan 3-savol. Elektronning zaryadi: __________________
4-savol. Elektron bilan atom yadrosi orasida qanday o’zaro ta’sir kuchi mavjud
AQLIY HUJUM Kuchlanganlik chiziqlari va ularni o’tkazish qoidalari Fazoda elektr maydon kuch chiziqlarini o’tkazish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
– kuch chizig’ining ixtiyoriy nuqtasiga o’tkazilgan urinma elektr maydonning shu nuqtasidagi kuchlanganlik vektori bilan mos tushishi kerak; – kuch chiziqlarining zichligi elektr maydon kuchlanganligining shu sohadagi qiymatiga proportsional bo’lishi kerak. Bu ikki shart asosida elektr maydonini grafik ravishda tasvirlash mumkin.
Har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinmalarning yo’nalishi
kuchlanganlik vektorining yo’nalishiga mos keluvchi
uzluksiz chiziqlar kuchlanganlik (qisqacha kuch) chiziqlari deb ataladi.
YANGI MAVZU BAYONI Dielektrik singdiruvchanlik Dielektrik ichidagi maydon kuchlanganligi vakuumdagi maydon kuchlanganligidan necha marta kichik ekanligini ko’rsatadi.
Bir jinsli dielektrik ichida joylashgan zaryadlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi vakuumdagi ta’sir kuchidan marta kichik bo’ladi
Dielektrik singdiruvchanlik o’lchamsiz kattalikdir. U maydon kuchlanganligi (yoki ta’sir kuchi) ning vakuumdagiga nisbatan necha marta farq qilishini ko’rsatadi.
Bir jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydoni
Sirtning birlik yuzasiga to’g’ri keladigan zaryadning miqdoriga zaryad sirt zichligi deyiladi
XBS da zaryad sirt zichligi
Tekis zaryadlangan cheksiz tekislik hosil qilgan elektr maydon kuchlanganligi zaryadning sirt zichligi orqali quyidagicha ifodalanadi
Bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik hosil qilgan maydonning kuchlanganligi fazoning ixtiyoriy nuqtasida bir xil qiymatga ega bo’lib masofaga bog’liq emas (E1=E2=…=E6).
Zaryadlangan shar va sfera hosil qilgan maydon kuchlanganligini nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydon kuchlanganligini kabi bo’ladi
Shar yoki sferaga berilgan zaryad o’zaro itarishish kuchi tufayli zaryad faqat ularning sirti bo’ylab taqsimlanganligi uchun ularning ichidagi (rMustahkamlash Mustaqil ishlash uchun masalalar 1.Radiusi 1 m va zaryadi 2 nC bo’lgan sfera dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo’lgan muhitda joylashgan. Sfera sirtidan 1 m uzoqlikdagi nuqtaning kuchlanganligini aniqlang.
2. Tomonlari a bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchlariga uchta bir xil q musbat zaryadlar joylashtirilgan. uchburchak tomonlari o’rtasidagi elektr maydon kuchlanganligi qanchaga teng va qanday yo’nalgan?
3. Agar bo’shliqdagi cheksiz Yassi plastinkada zaryadning sirt zichligi 35,4 nC/m2 bo’lsa, uning maydon kuchlanganligi nimaga teng bo’ladi?