b) qo`shimcha koeffitsientlar:
aylanma mablag`larining aylanuvchanlik koeffitsienti; o`z aylanma mablag`lari mavjudligi; foyda va rentabellik koeffitsientlari.
3. Kredit risklarini kamaytirish usullari
Qarzlarni to’lash uchun to’rtta potentsial pul mablag’lari manbasi mavjud:
- tijorat operatsiyalari;
- asosiy vositalarni sotish;
- yangi mablag’ topish;
- uchinchi tomon kafolati.
Pul mablag’larining asosiy manbai, odatda, kompaniyaning tijorat operatsiyalaridan pul tushumlari hisoblanadi. Kreditni to’lamaslik riskini kamaytirishning asosiy usullaridan biri – potentsial qarzdorlarni sinchiklab tanlashdir. Mijozning moliyaviy ahvolini va kredit tashkilotiga o’z vaqtida qarzlarini qaytarishga ishonchliligini tahlil qilish bo’yicha ko’plab usullar mavjud.
Amerika banklari amaliyotida “c” harfidan boshlangan so’zlar bilan ifodalanadigan mijozlarni tanlashning “beshta “c”” mezoni qo’llaniladi:
- character (qarz oluvchining tabiati);
- capacity (moliyaviy salohiyati);
- capital (kapital, mol-mulk);
- collateral (ta’minlash);
- conditions (umumiy iqtisodiy shartlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |