Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Moltyaviy natija foyda bo'lsa ham, zarar bo'lsa ham ularni aniqlash usullari bir xildir. Shuning uchun ularni aniqlashni 'foyda' ko'rsatkichi misolida ko'rib chiqamiz
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qanday aniqlanadi?
Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumlaridan (SPT) sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi (TN) chegirib tashlash orqali yalpi foyda aniqlanadi.
YF=STP-TN
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi?
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa operatsion xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo'shish orqaliasosiy faoliyat foydasi (AFF) aniqanadi. AFF=YF-DX-BX+BD
Umum xo'jalik faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? (UXF)
Asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo'shib moliyaviy faoliyat bo'yicha bo'lgan xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash orqali umumxo'jalik faoliyatining foydasi (UFX) aniqlanadi.
UXF= AFF+MFD-MFX
Moliyaviy faoliyat daromadlariga quydagi daromadlar kiradi
Dvidentlar shaklidagi daromad
Foizla shaklidagi daromad
Uzoq muddatli (Lizing) dan daromad
Valyuta kursi farqidan daromadlar
Boshqa daromadlar
Moliyavi faoliyat xarajatlariga quydagilarni kiritishimiz mumkin
Foiz shaklidagi xarajatlar
Uzoq muddatli ijara (LIZING )bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar
Valyuta kursi farqidan zararlar
Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar
Soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foyda (STF) qanday aniqlanadi? Bu foyda umumxo'jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF)qo'shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi. STF=UXF +FF-FZ.
Hisobot davrining sof foydasi qanday aniqlanadi? Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to'langunga qadar bo'lgan foydadan (STF) daromad solig'ini (DS) hamda foydadan to'lanadigan boshqa soliq va yig'imlarni (BS) chegirib tashlash kerak. SF=STF BS
Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy faoliyatining samaradorligini ifodalovchi nisbiy koeffitsiyentlardir. Ular korxonaning daromadliligini, foydaliligini ifodalaydi. Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning u yoki bu holati bo'yicha foydalilik darajasini ta'riflash va ularga baho berish uchun ishlatiladi.
Rentabellik darajasi bir so'mlik mablag'lar, xarajatlar va fondlar qiymatiga nisbatan olingan foyda hajmini ifodalaydi. Agar ushbu ko'rsatkich darajasi oshib borsa, foydalilikning oshib borishini bildiradi. Hozirgi vaqtda rentabellik ko'plab ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Shulardan asosiy ko'rsatkichlardan bo'lib quydagilar hisoblanadi.
Sotilgan mahsulotlar rentabelligi
Asosiy vositalar rentabelligi
Aktivlar rentabelligi
Xususiy kapital rentabelligi
Permanent kapital rentabelligi
Sotilgan mahsulotlar rentabelligi. Buni (R(m))aniqlash uchun mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydani(Yf )100% ga ko'paytirib, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxiga (TN) bo'lish kerak.
Rm = Yf*100/TN
Bu rentabellik xarajatlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichdir ya'ni 1 so'mlik qilingan xarajatga qancha foyda olinganligini ko'rsatadi.
Asosiy vositalar rentabelligi. Bu hisobot davridagi sof foydani (SF) 100%ga ko'paytirib, asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish orqali aniqlanadi
R AV= SF*100/AIF
Bunda AIF- asosiy ishlab chiqarish vositalarining o'rtacha yillik qiymati Bu rentabellik asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
Aktivlar rentabelligi. Buni (Ra) aniqlash uchun soliq to'lagunga qadar bo'lgan foydani (STF)100%ga ko'paytirib, natijasini uzoq muddatli aktivalar (UA) bilan aylanma aktivlar (AA) summasining jamiga (Yani balansning jamiga) bo'lish kerak
Ra= STF*100/(UA+AA)
Aktivlar rentabelligi hisobot davrida 1so'lik asosiy vositalar bilan aylanma mablag'lar hisobiga nechcha so'mlik foyda olinganligi anglatadi.
Xususiy kapital rentabelligi. Buni (RXK) aniqlash uchun xo'jalikning hisobot yilidagi sof foydasini (SF) ni 100% ga ko'paytirib, ularning summasini xususiy kapital (XK)ning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak.
Rxk= SF*100/XK
Bu ko'rsatkich 1 so',lik xususiy kapital hisobiga necha so'mlik sof foyda olinganligini ko'rsatadi. Ya'ni xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.
Permanent kapital rentabelligi. Bu rentabellikni (Rpk) aniqlash uchun korxonaning sof foydasini (SF) permanent kapitalning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak.
Rpk= SF* 100/PK
Korxonaning xususiy kapitali bilan uzoq muddatli qarz kapitali birgalikda permanent kapitalni tashkil qiladi. Demak Permanent kapital rentabelligini quydagicha ifodalash mumkin.
Rpk= SF*100/XK+QK
Bunda XKuzoq muddatli qarz kapitali
Permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti xususiy va uzoq muddatli qarz mablag'larining 1 so'miga qancha sof foyda to'g'ri kelishligini ko'rsatadi.