Reja: Korxonani tashkil etish tamoyillari, tartib-qoidalari va uning faoliyatini tugatish


RESPUBLIKADA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Download 33,12 Kb.
bet4/7
Sana30.03.2022
Hajmi33,12 Kb.
#517299
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 1 (1)

RESPUBLIKADA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq va bozor infrastrukturasini jadal shakllantirish, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalarni va fuqarolarni xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga faol jalb etish, respublika bozorini iste’mol mollari bilan to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini, eng avvalo, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohasida, har tomonlama rag‘batlantirsinlar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar, O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasi va uning tashkilotlariga o‘z ustav vazifalarini bajarishda ko‘maklashsinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev) 1992-yil 28-fevralgacha tegishli bankka tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasining hisob-kitob schyotiga Vazirlar Mahkamasining rezerv fondidan 2 mln. so‘m o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlar uyushmasi tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik, shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar, ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etish bo‘yicha moliyaviy tadbirlarni ta’minlash uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablag‘lar, davlat, jamoat korxonalari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mintaqa jamg‘armalari tashkil etilishi mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi nizomlar 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qoidalarga qat’iy amal qilsinlar, xo‘jalik tashabbuskorligini faol rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar, joylardagi davlat va xo‘jalik organlari, yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan tegishli respublika qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsinlar.
4. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning boshqa suveren davlatlarga va chet elga yetkazib berilishi bilan bog‘liq tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini amalga oshirishda talab katta bo‘lgan, vatanimizda ishlab chiqarilgan za import mahsulotlarni muqobil xarid qilishda va ular bilan respublika bozorini to‘ldirishda tadbirkorlarning faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
a) O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-martdagi 97-son qarori (17-band “v” kichik bandining 2-xatboshi)ning, 1989-yil 10-maydagi 162-son qarori (8-bandining “g” kichik bandi va “d” kichik bandining 4-xatboshi)ning, 1990-yil 15-yanvardagi 33-son qarori (1-ilovaning 26-bandi)ning xalq iste’moli mollarini import qilishni cheklash to‘g‘risidagi qismining amal qilishi 1992-1993-yillarda to‘xtatib qo‘yilsin;
b) bir hafta muddat ichida:
O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov) tashqi iqtisodiy tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha cheklashlarni olib tashlashga doir takliflarni taqdim etsinlar;
O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi (o‘rtoq Jo‘rayev) xalq iste’moli mollarini respublikaga import qilish bo‘yicha boj imtiyozlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi (o‘rtoq Usmonov), O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq Volkov), mahalliy boshqaruv organlari Tadbirkorlar uyushmasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va barter bo‘yicha xarid qilingan xalq iste’moli mollarini shartnoma narxlarida sotish uchun ularga savdo binolarini ijaraga (paychilarning roziligi bilan matlubot kooperatsiyasi tizimida) bersinlar.
O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga uning korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan xalq iste’moli mollarini, odatdagicha, respublika aholisiga sotish, bunda savdo tashkilotlari bilan o‘zaro foydali shartnomalar tuzish tavsiya qilinsin.
6. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi:
1992-yildan boshlab O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga qiruvchi korxonalarda kelishilgan hajmlarda va ro‘yxat bo‘yicha majburiy yetkazib beriladigan mahsulotlar (ishlar va xizmatlarni joylashtirishni nazarda tutsin. Tadbirkorlar uyushmasi har yili belgilangan muddatlarda o‘z takliflarini kiritsin;
Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi (o‘rtoq Sharipov), “O‘zboshyengilta’minotsotish” (o‘rtoq Gataulin), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” (o‘rtoq Husanov), O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Muminov) bilan birgalikda ro‘yxat bo‘yicha birkitilgan korxonalarga, Tadbirkorlar uyushmasi a’zolariga belgilangan majburiy mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Kooperativlar faoliyatini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiquvchi Respublika komissiyasining nomini o‘zgartirish va O‘zbekiston SSRni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishda uning hissasini oshirish to‘g‘risida” 1989-yil 27-sentabrdagi 315-son qaror;
“Kooperativlar faoliyatini va mehnatni tashkil etishning yakka tartibdagi shakllarini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiquvchi Respublika komissiyasi sostaviga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 1990-yil 24-yanvardagi 51-son qaror;
“Kooperativlar va mehnatni tashkil qilishning yakka tartibdagi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish hamda respublikaning suveren huquqlarini, o‘zini o‘zi boshqarishni va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashni kengaytirish asosida iqtisodiy islohotni amalga oshirish yuzasidan respublika komissiyalarining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 1990-yil 16-martdagi 140-son qaror.
8. Adliya vazirligi (o‘rtoq Malikov) Tadbirkorlar uyushmasi, O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi (o‘rtoq Sultonov), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev), Davlat banki (o‘rtoq Mullajonov) va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida o‘z kuchini yo‘qotgan normalarni bekor qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishning huquqiy asoslarini ta’minlash uchun soliq solish, bank va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida respublika qonunchiligi va Hukumat qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Umumiqtisodiyot kompleksi (o‘rtoq Hamidov) 5 kun muddat ichida ushbu takliflarni ko‘rib chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari, manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar:
tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan ishlab chiqarish kooperativlari, korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha mehnat daftarchalari va ular uchun suqma varaqlar tayyorlashni ta’minlasinlar;
mehnat daftarchalari yuritishni amalga oshiruvchi davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar xodimlariga zarur bo‘ladigan amaldagi qonunchilik materiallarini yetkazsinlar;
davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar tomonidan mehnat daftarchalari va ular uchun suqma varaqlarni hisobga olish, saqlash, berish va to‘ldirishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi XXYuK direksiyasi (o‘rtoq Lukovskiy) Tadbirkorlar uyushmasiga ko‘rgazmalar, yarmarkalar, birja savdolari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun pavilonlardan birini imtiyozli shartlar bo‘yicha ijaraga bersin.
11. Toshkent shahar hokimligi (o‘rtoq Fozilbekov) bir oy muddat ichida O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga uning tarkibiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun 3000 kv metr maydonli binolar ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekistonning Moskva shahridagi doimiy vakolatxonasi (o‘rtoq Saidov) O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasining vakolatxonasini joylashtirish uchun tegishli binoni aniqlasin va Uyushmaga ijaraga bersin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi (o‘rtoq Rahimov) O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasi va uning tarkibiy bo‘linmalarini belgilangan tartibda zarur telefon, teleks va faksimil aloqa bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (o‘rtoq Abdullayev), Xalq ta’limi vazirligi (o‘rtoq Yo‘ldoshev) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishda O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasiga ko‘maklashsinlar.
O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi (o‘rtoq Xayitboyev) teleradioeshittirishlar dasturlarida tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitishga bag‘ishlangan eshittirish va ko‘rsatuvlar, o‘quv dasturlarini nazarda tutsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Aloqa vazirligi Tadbirkorlar uyushmasiga belgilangan tartibda noshirlik huquqi bergan holda Uyushmaning davriy nashrlarini, tadbirkorlik faoliyatini targ‘ib etish, reklama qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq bosma mahsulotlarini chiqarish va tarqatish uchun zarur matbaachilik quvvatlari ajratilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi 1992-yildan boshlab O‘zbekiston Tadbirkorlar uyushmasining buyurtmasiga muvofiq (ro‘znoma va kitobbop) qog‘ozga fondlar ajratilishini nazarda tutsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.

Download 33,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish