Reja: Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari


Qurilmalarning o’tga chidamliligini oshirish



Download 26,98 Kb.
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi26,98 Kb.
#626791
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari.

Qurilmalarning o’tga chidamliligini oshirish.
Harorati 1200oS gacha ko’tarilib uzluksiz davom etadigan yong’in sharoitida bino qurilmalarining (xususan goizontal holatdagilari) ustuvor turishi amri maholdir.SHu boisdan, ularni olov ta’siridan himoyalash, ya’ni yong’in paytida imkon darajasida bardosh berish vaqtini uzaytirish maqsadida, birqator qo’shimcha tadbirlarni qo’llash lozim bo’ladi.
Qurilishda qo’llaniladigan ashyolarni yonuvchanligi bo’yicha uchta toifaga bo’linishini nazarda tutsak, olov ta’sirida yonmaydigan ashyolar toifasiga beton, g’isht va tabiiy toshlar va metallar kiradi. Metal qurilmalar o’tda yonmasa hamki, tosh va beton ashyolarga ko’ra yuqori harorat ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Masalan, [3.] 25G2S markali past legirlangan po’latdan tayyorlangan A-III sinfiga taalluqli armaturaning xavfli harorati 570oS dan oshmaydi, alyumin qorishmasidan tayyorlangan yuk ko’taruvchi qurilmalarning xavfli harorati esa 250oS ni tashkil etadi. Demak, eng mustahkam hisoblangan metal qurilmalar ham olovning zarbiga bardosh beraolmas ekan. SHu boisdan ularni olovdan muhofaza qilish zarurati tug’iladi.
Metal qurilmalar, o’zini o’ta yuqori issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlari tufayli yong’in sharoitida juda tez qizib ketadi va natijada dastlabki qattiqlik xususiyati yuqolib, yumshab qoladi. Metal qurilmani xavfli haroratgacha qizib ketishiga, uning nisbiy qalinligi ham sabab bo’lishi mumkin. Metal qurilmalarni keltirilgan nisbiy qalinligi quyidagicha aniqlanadi:
δpr q G’/L (23)bunda G’ - metal qurilmani ko’ndalang qirqimining yuzi, sm2;L- qizdirilayotgan yuzaning kesimi bo’ylab uzunligi, sm.
Misol uchun, himoyalanmagan biror metal qurilmaning keltirilgan qalinligi δpr q 0,3 sm bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi 0,12 soatga, va agar δpr q 3 sm bo’lganda, 0,45 soatga teng bo’lar ekan.
Alyumindan tayyorlangan qurilmalarni o’tga chidamlilik darajasi oddiy metalnikidan ham past.Ko’p qavatli binolarda ishlatiladigan metal konstruk-цiyalarni o’tga chidamlilik chegaralarining talab darajasidan ancha pastligi tufayli, ularni olovdan himoya qilmasdan turib ishlatish xavfli hisoblanadi.
Metal qurilmalarni olovdan himoyalashda keng tarqalgan ommaviy usullardan biri, ularni sirtini o’tda yonmaydigan biror ashyo bilan qoplashdir. Qoplovchi ashyolar sifatida g’isht,issiqlikni o’tkazmaydigan plitkalar, simto’r ustidan yotqizilgan suvoq, yoki qurilmalarni ichidan suv haydash usuli va hokazolardan foydalanish mumkin.
Metaldan qilingan ustunlarni chiz. 11 da ko’rsatilgani kabi, suvoq (a), quyma yoki yig’ma beton (v), g’isht (b, g) bilan qoplash usullari orqali, yong’in harorati ta’siridan muhofaza qilib, ularni o’tga chidamlilik darajasini oshirish mumkin.
Bino va inshootlardagi metaldan tayyorlangan to’sin, ferma va tomyopg’ich qurilmalarini yong’indan himoyalash, ancha murakkab xisoblanadi, chunki ularni sirtini qoplamalar bilan himoyalashni iloji yo’q. Bunday hollarda ularning sirtiga vermikulit, perlit yoki harorat ta’sirida ko’pirib qalinlashadigan, o’tga chidamli maxsus tayyorlangan qorishmalarni 3-4 mm qalinlikgacha, birnecha marotaba purkash yoki surkash yo’li bilan himoyalash tavsiya etiladi. Bunda himoyalanayotgan metal sirtning 1 m2 ga 5 kg atrofida qorishma sarflanishi mumkin bo’ladi. Yuqori harorat ta’sirida ko’pirish natijasida metalni sirtiga surkalgan bunday qorishmaning qalinligi 50 -70 mm gacha ko’tarilishi va buning natijasida metal qurilmaning o’tga chidamlilik darajasi 15 daqiqadan 60 daqiqagacha ortishi mumkin. Bunday qorishmalarni narxi metal qurilmalarni narxidan 20-25% ni tashkil etadi.

Xulosa

Bino va undagi qurilmalarning o’tga chidamliligi deb, yong’in sodir bo’lganda ularning yuqori harorat ta’siriga bardosh beraolishi va yuk ko’tarish xususiyatlarini uzoqroq muddatga saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Bino va inshootlarlarning yong’in xavfsizligi ko’pchilik hollarda ulardagi qurilma-larni olovda yonmasligi va o’tga chidamliligi bilan ta’minlanadi. Inshoot qurilmalarining o’tga chidamliligi, ularning eng asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi, bu ko’rsatkich maxsus me’yorlardan biri KMK 2.01.02-85 bilan me’yorlanar ekan.




Download 26,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish