Bevosita moddiy xarajatlar miqdori + Mehnatga haq to’lashga bevosita xarajatlar miqdori = Mahsulot ishlab chiqarishga yoki xizmatlarga xarajatlarning umumiy miqdori.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy xujjat-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chikindilar kiymati chegirilib tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga taallukli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari» elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom- ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar xamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati;
amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan holda) ta`rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun (shu xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta`rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi onunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar.
«Ishlab chiqarishga taallukli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga konunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofik ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi.Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni xam ko’shgan holda dastlabki (tiklash) kiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani xam ko’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta`kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BXMSga muvofik asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
1. Bir tyokis (to’g’ri chizikli) usul;
2. Bajarilgan ishlar xajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli);
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul);
4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. Bularga jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, dastgoxlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari xamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saklash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo’jalik usuli bilan barcha turdagi (joriy, o’rta, kapital) ta’mirlashlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalari bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |