Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar.
Innovatsion faoliyat va uni belgilaydigan omillar o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib, korxonalarda amalga oshiriladigan innovatsiyalar xarakterini va maqsadlari mazmunini ko‘rib chiqamiz. Ushbu maqsadlar strategik va taktik (aniq) ga bo‘linishi mumkin. Hozirgi sharoitda strategik maqsadlar – bu eson-omon qolish, daromad oshishi, raqobatbardoshlikning o‘sishi, ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir. Qayd etish lozimki, bozor iqtisodiyotida daromad maksimizatsiyasi va raqobatbardoshlikning o‘sishi maqsadlari ustuvor hisoblanadi. Hozirgi sharoitda innovatsion faol korxonalarning deyarli 30%i o‘z strategik maqsadi sifatida mahsulotning raqobatbardoshligi o‘sishi deb biladi, 25% innovatsion faol korxonalarda esa asosiy strategik maqsad – ekspansiya, yangi bozorlarni zabt etishdir.
Korxonalar innovatsion faoliyatining taktik (aniq) maqsadlari turli-tumandir. Ulardan asosiylarini sanab o‘tamiz: eskirgan mahsulotni almashtirish, mahsulot assortimentini kengaytirish, an’anaviy bozorlarni saqlab qolish va kengaytirish, moddiy va energetik xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, ishlab chiqarish moslashuvchanligini oshirish. Bunda innovatsion faoliyat taktik maqsadlari kompleksli xarakterga ega.
Mazkur strategik va taktik maqsadlarga erishish ko‘pincha yuqorida ko‘rsatilgan turli xarakterdagi omillarga bog‘liq. Innovatsiyalar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda omillarning aniq tasnifi va ularning mazmunini aniqlash muhimdir. Korxonalarning innovatsion faoliyatini shakllantiradigan omillar ichki (korxonalarga taalluqli) va tashqi (korxonalarga bog‘liq emas) omillarga bo‘linadi. O‘z navbatida, tashqi omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita omillarga ajratiladi.
Ushbu omillar korxonalar innovatsion faoliyatiga kompleksda va turli kombinatsiyalarda ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa innovatsion boshqaruv qarorlar qabul qilishda hisobga olinadi. Korxonalar uchun innovatsion faoliyatga bo‘lgan ichki impulslar birinchi navbatda turadi. Bundaylar qatoriga uskunalarning ma’naviy va jismoniy eskirishi, qolib ketgan texnologiya, energoxarajatlarni kamaytirish zarurati, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga intilish kabilar bo‘lishi mumkin. Zamonaviy korxonalar uchun innovatsion faoliyatni boshqarishda muhimi – jamoadagi innovatsion muhit va uning yangiliklarga moyilligi kabi omillarni hisobga olishdir. Korxonalarning innovatsion faoliyatiga ularning sohaga mansubligi alohida ta’sir ko‘rsatadi. U sezilarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlar uchun innovatsiyalar jozibadorligini yaratadi. Boshqa sharoitlarda aynan sohaga mansublik omili investitsiyalar jozibadorligini oshiradi. Mulkdor va rahbariyat almashgan korxonalarda innovatsiyalar omillar - bu institutsional o‘zgarishlar, aniqrog‘i, nazorat shakli o‘zgarishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |