5. Boshqa odamlar bilan hamkorlik qila olish
Bu kelajakning eng muhim ko‘nikmalaridan biri, zamonaviy maktablar buni mutlaqo o‘rgatmaydi. Kooperatsiya nima degani o‘zi? Bu nazorat ishini bir o‘quvchi emas, balki bilim darajasi va unga bo‘lgan munosabati turlicha bo‘lgan bolalar guruhiga berish: "Bolalar, mana sizlarga vazifa. O‘ylab, birgalikda yechim topishingiz uchun 20 daqiqangiz bor".
Standart maktab ko‘pincha bunday yondashuvni qabul qilmaydi, chunki o‘qituvchi nazorat ishini bir bola yechib, qolganlar shunchaki ko‘chirib olsa-chi, deb o‘ylaydi. U qaysidir ma'noda haq. Boshqa tomondan, kattalar olamida vazifaning yechimini topish doim guruh loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Tijorat tashkilotlarda hech kim har bir xodim oldiga bir "nazorat ishi"ning turli variantlarini qo‘ymaydi. U yerda biror umumiy vazifa topshiriladigan guruhlar tuzilib, har bir insonning imkoniyat va xususiyatlaridan kelib chiqib hal qilinadi. Bir kishi g‘oya o‘yladi, boshqasi uni yozib oldi, uchinchisi tahlil qildi, to‘rtinchisi hayotga tatbiq etdi, beshinchisi esa, aftidan hech narsa qilmagan ham - shunchaki vaqtida choy keltirib turgan, ijodiy muhitni tashkil qilgan.
Hissiy intellekt muvaffaqiyat uchun zarur eng muhim ko‘nikmalardan biriga aylanadi.
Bola eski qoidalar bo‘yicha nazorat ishini uddalay olmasa ham, boshqa guruh bo‘lib ishlash mumkin bo‘lgan darslarda kooperatsiya ko‘nikmasini ishlab chiqish mumkin. Masalan, jismoniy tarbiyada bir bola boshqa o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashi ostida g‘olib bo‘ladi va bu umumiy g‘alaba hisoblanadi.
Jamoada ishlashni bilish — nafaqat hal qiluvchi qarorlar chiqarish bo‘yicha ishlash, balki ijodiy muhitni yaratish, hamkasblarga hissiy dalda berish - 2020 yilga borib, ishga qabul qilishda eng muhim ko‘nikmalardan biriga aylanadi. Hozircha biror robot bu ishni amalga oshira olmaydi.
Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi? Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish mumkin? Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?
Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar ravishda sunʼiy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin boʻlgan kasblardan qochish lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlashi mumkin.
Maʼlum bir ishning dolzarbligiga turli omillar taʼsir qiladi: doimiy rivojlanish, yangi mashina va robotlarning yaratilishi orqali inson hayotining yaxshilanishi, qoʻl mehnati orqali bajariladigan bir qancha amallar oʻrnini texnika bajarishi, sunʼiy intellekt takomillashishi va hakozolar.
Uzoq kelajakda qaysi kasbga talab yuqoriroq boʻlishini avvaldan aytish biroz qiyin. Biroq yaqin 5 yil ichida yuqori trendda boʻlishi kutilayotgan kasblarni sanab oʻtishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |