Qattiq disk (Vinchester. HDD) tashqi xotira hisoblanib, Kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir Unda barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Qattiq disklar da
Tashuvchilar aylanadigan ferromagnetic qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat bo`lgani uchun ko`pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o`lchamlari turlicha bo`lishi mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo`lgan o`lchamdagi turlari mavjud.
Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko`pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi programma va ma`lumotlar faqat Kompyuter yoqiqligida yoki Kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o`chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma`lumotlar saqlab qo`yilishi lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk).Disklardagi ma`lumotlarni o`qish va ularga ma`lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma`lumotlarni faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lib, ulardagi ma`lumotlarni o`zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo`q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma`lumotlarni yozadigan (writeable) va ko`p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) Kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviaturava boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlariorqali prosessor tashqi qurilmalar bilan ma`lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar, umumiy portlar va USB portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, sichqoncha ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil buladi: parallel – LPT1-LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket – COM1-COM3.
USB portlar kirish-chiqish tezroq bajaradi.
Elektr ta`minoti bloki.Elektr ta`minoti blokidan shaxsiy kompyuterning har bir alohida komponentiga elektr toki uzatiladi Elektr tokisiz hech narsa ishlamasa ham, foydalanuvchi elektr manbaiga kam etibor beradi. Elektr ta`minoti blokining asosiy vazifasi o`zgaruvchan tokini (110 yoki 220 B) kompyuter komponentlari ishlashi uchun zarur bo`lgan elektr tokiga o`zgartirishdir (3.3, 5 va 12 B).
Monitor – Kompyuterdagi grafikli va matnli axborotlarni tasvirini ekranda hosil qiladi
Monitor ekranining o`lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: SHK larda ekranlarning quyidagi tipik o`lchamlari qabul qilingan: 17, 19 va 21 dyuym.
Do'stlaringiz bilan baham: |