Reja: Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushuncha va atamalari. Tarmoq xavfsizligi. Proksi serverlar. Tarmoq tiplari



Download 26,63 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi26,63 Kb.
#562713
Bog'liq
lazizbek sohada axborot


Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Internet tarmogʻi va uning tashkil etilishi.
REJA:
1. Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushuncha va atamalari. Tarmoq xavfsizligi. Proksi serverlar. Tarmoq tiplari.
2. Axborot almashishini taminlovchi apparat vositalar. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX).
3. Internet tarmog‘i. Internetga bog‘lanish usullari. Internetda adres tushunchasi va uning turlari.
4. Web brouzer dasturlari va ularning imkoniyatlari.
5. Internet tarmog‘i qidiruv tizimlari. Axborotlarni qidirish usullari.
Giperbog‘lanish. Domen tushunchasi.
Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar uchun bunday tarzda (tarmoqqa biriktirilgan holda) foydlanish juda ko‘p afzaliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, har bir bo‘lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Kompyuterlarning fizik jihatidan birlashtirilishi (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan-o‘zi ishlaveradi degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq OT boshqaruvida ishlaydi.
1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi. 80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy vazifalari
• Tarmoq abonentlari orasidagi axborot almashuvini ta’minlash;
• Abonentlar uchun umumiy axborot resurslarini tashkil qilish;
• Turli axborot spektrlarini yagona kanallarga mujassamlashtirish;
• Telekommunikatsion tizimlarni konvergensiyalash (infokommunikatsion tarmoqni tashkil etish).
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni xal etishda axborotni "markazlashtirilgan" qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tus olgan edi. Katta moddiy harajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror bir qismining qisqa vaqtga bo‘lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun oir oqibatlarni keltirdi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to‘xtatishga olib keldi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p mashinali hisoblash majmualari yonma yon joylashtirilgan hisoblash mashinalari guruhi bo‘lib, ular maxsus bolash vositalari yordamida birlashtirilgandir va birgalikda yagona axborot hisoblash jarayonini bajaradi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog’i "tarmoq abonenti ", "stansiya " va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Tarmoq abonentlari tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni isteomol qiluvchi oboektdir.
Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo‘lishlari mumkin. Tarmoning xar bir abonenti stansiyaga ulanadi.
Stansiya axborot uzatish va qabul qilish bilan borliq vazifalarni bajaruvchi oboekt. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv xar qanday kompyuter tarmoini abonent tizimlari va kommunikatsion tarmoq yiindisi sifatida ko‘rish imkonini beradi
Kompyuter tarmoqlari uch turga bo’linadi. Bular –
LOKAL KOMPYUTER TARMOG‘I
Lokal kompyuter tarmog‘i nisbiy tushuncha bo‘lib, kompyuterlar bir xona (bir sinf yoki auditori xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filliallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etilishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zan 2,5 km gacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar –lokal kompyuterlar tarmog‘i deyiladi.
Lokal kompyuter tarmoqlari maxsus simlar bilan birlashtiriladi. Maxsus simlar sifatida:
qalin koaksial, ingichka koaksial, juft-juft qilib o‘ralgan (toking ring- “vitaya para“) ya’ni optik tolali simlar ishlatiladi.
Koaksial sim to‘rt qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Uning ustki qismi izolyasiya bilan o‘ralgan. Bu ikkinchi qatlam hisoblanadi. Uchinchi qatlam izolyasiyasi yupqa metall ekran bilan qoplanadi. To‘rtinchi qatlam esa plastik qatlamdan iborat.
Koaksial sim ning asosiy afzalligi, uning katta kenglikdagi ishchi chastotalarga ega bo‘lganligi, ya’ni katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir.
Optik to‘qima simlar diametri bir necha mikron bo‘lib, ular qattiq qatlam bilan va tashqaridan esa himoyaviy qoplam bilan qoplangan bo‘ladi.
MINTAQAVIY TARMOQLAR (MAN)–Metropolitan Area Network
MINTAQAVIY KOMPYUTER TARMOG‘I – bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarni o‘zaro bolanishi tushiniladi.
U katta shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonetlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Mintaqaviy tarmoq abonetlari orasida masofa o‘nlab yoki yuzlab kilometrlarni tashkil etishi mumkin.
GLOBAL KOMPYUTER TARMOG‘I va uning asosiy xarakteristikalari
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki qitoalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o‘rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko‘p tarmoqli ierarxiyani tashkil etib, umum jahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Tarkibiy qismlari: texnik; dasturiy; informatsion.
IP URL adreslar: IP (Internet Protocol);
URL (Uniform Resource Locator-resurslarning universal ko‘rsatkichi); URL quyidagi formatga ega.
: Masalan: htpp://www.kitoblar.com/index/html -bu erda htpp resursdan foydalanishda gipertekst (Huper Teht Taransfer Protocol) protokoli ishlatilyapti. www.kitoblar.com index/html- bu ma’lumot joylashgan Internet sahifa nomi. Uzatish usuli: TCP (Transfer Control Protocol); Protokollar, mijozlar va serverlar
Protokol bu kompyuterlar orasidagi aloqa o‘rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya’ni kompyuterlar protokol yordamida biri - biri bilan bolanadi. Protokol to‘ri bo‘lsagina, kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Bu kompyuterlarning bolanish tartibi yoki standartidir.
Server bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya’ni boshqa kompyuterlarga o‘zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin.
Masalan, FTR, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo‘lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya’ni bir necha serverning mijozi bo‘lishi mumkin.
Shlyuz protokolni bir turdagi muhitdan ikkinchi turdagi muhitga o‘tkazuvchi tarmoq qurilmasi. Masalan, kompyuter Internetga bolanganda shlyuzdan foydalaniladi.
Rroxy bir necha kompyuterning Internetga ulanishini ta’minlovchi tizim. Rroxy server odatda ko‘p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega.
URL (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni bu adresdagi ma’lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning o‘zida foydalanishi mumkin. URL quyidagi formatga ega
: bu NTTR, FTR va gorher lardir.
faylning uzoqdagi kompyuter fayl sistemasidagi to‘liq manzilini aniqlaydi.
Bu sxemaning ko‘plab foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan boshqacha tasviri shunday ko‘rinishga ega:
Bolanish sxemasi: //mashina nomi/domen nomi/faylning to‘liq nomi.
Bolanish sxemasi nomi Internet kompyuter adresi bilan ikkita qiya chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta kiya chiziq bilan faylning to‘liq nomi bilan ajratiladi. Ko‘pchilik xollarda URL NTTR,
FTR va Gorheraar ko‘rsatgan ko‘rinishga ega.
URL ni batafsilroq tushunish uchun real misoldan foydalanamiz. NTTR:// www. youthcenter. com /index.html Bu URL adres tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqaylik:
NTTR resursdan foydalanishda gipertekst (HurerTeht Transfer Rrotocol) protokoli ishlatilyapti. www. youthcenter. com Ushbu ma’lumot joylashgan Internet saxifa nomi. index.html faylning kompyuterdagi to‘la nomi.
Ko‘pchilik WWW saxifalar nomlanishi shu sxemaga mos keladi. Eotibor bergan bo‘lsangiz, baozan NTTR, FTR yoki gorher tipidagi resurslarga murojaat qilinganda, faylning to‘liq nomi bitta qiyshiq chiziq bilan tugallanadi. Bu aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etilganda sodir bo‘ladi. Bu adresga murojaat qilinganda, kompyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni beradi. NTTR ning standart indeksli fayli odatda index.html (yoki index.htm) deb ataladi. SHu bilan birga u yana home.html, homerage.html, welcome.html yoki deault.html deb atalishi mumkin. 1997 yildan boshlab O‘zbekistonda Internet Provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40 dan ziyod Internet provayderlar ishlamoqda.
Axborot almashishini taminlovchi apparat vositalar
Bu vositalar axborotlarni kanallar orqali yuborish, qabul qilish xamda bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tkazish, marshrutlash, seleksiyalash va boshqa xizmatlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Ular quyidagilarga bo’linadi:
• Modemlar
• Konsentratorlar
• Marshrutizatorlar
• Takrorlagichlar
• Kupriklar
• Serverlar • Shlyuzlar
• Ishchi stansiyalar
Modemlar (Modulyasiya-Demodulyasiya) – anik bir aloka kanallarni ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri modulyasiya va teskari demodulyasiya o’zgartirish kurilmasidir. Modem asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirishi mumkin:
Uzatishda – keng polosali impulslarni modulyasiyalash rakamli kodni tor polosali analogli sinallarga uzgartirish
Qabul qilishda – qabul qilingan signalarni xalakitlardan tozalab va demodulyasiyalab tor polosali impulslarni keng polosalilarga aylantirish
Zamonaviy modemlarda asosan uch turdagi modulyasiya turlari ishlatiladi.
• CHastotali (FSK) – bunda modulyasi kilinadigan signallar joriy kiymatlariga mos ravishda fizik signalning chastotasi uzgartiriladi. Bunda uning amplitudasi uzgarmaydi va bu usul xalakitlarga chidamsiz.
• Fazali (PSK) – bunda moduolyasiya kilinadigan kattalik faza xisoblanadi. Uning chastotasi va amplitudasi uzgarmaydi. Bu usul xalakitlarga chidamli va kub kulaniladi.
• Kvadrantli amplitudali (QAM) – bu turdagi modulyasiyada xam amplituda xam faza uzgartiriladi va u xalakilarga chidamlirok buladi
Modemlarning ma’lumotlarni uzatishdagi yana bir asosiy jixati uning bayonnomalaridir modemlarda ma’lumotlarni uzatish bayonnomalar asosida amalga oshiriladi. Ular bir necha turda bulishi mumkin:
• Ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi – ma’lumotlarin shaklini uzgartirish xamda ularni aloka kanallari orkali uzatishni reglamentlovchi, tartiblovchi koidalari tuplamidir.
• Xalakitlardan ximoya kilish bayonnomalari – bu bayonnomalar xatoliklarni paykaydigan korrektlovchi kodolarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar turi kupayib murakkablashdi.
• Ma’lumotlarni sikish bayonnomalari – bu bayonnomalar ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish uchun va ma’lumotlarni arxivlash asosida sikish ishini olib boradi, ya’ni kub takrorlanadigan kodlarni almashtirish orkali ma’lumotlarni xajmini kamytirishga erishiladi.
Bunda sikish amallari maxsus kodga aylantirilib yuboriladi va kayta ochish osonlashtiriladi.
Modemlarning turlari – modemlar ishlatilishi va kurinishi buicha kuidagi turlarga bulinadi:
• Konstruksiyasi bilan – avtonom va apparatura ichiga joylashtiriladigan kurinishda • Aloka kanallari kurinishi bilan – kontakli va kontaktsiz
• Vazifasi bilan – turli xil kurinishdagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlarini kursatadi
• Uzatish tezligi bilan – oldingi modemlar fakat bir xil tezlikda ishlay oladigan edilar, endigi modemlar universal bulib xar-xil tezliklarda ishlay oladilar.
• Ichki moemlar – kompyuter ichiga plata kurinishida joylanadigan modemlar bulib ular kupincha foydalanuvchilarga kushimcha xalakitlardan ozod bulishlariga olib keladi.
• Tashki modemlar – bu modemlar mustakil bulib ketma-ket portlarga ulanadi. Bu modemlarni urnatish va olish kizinchilikni tashkil kilmashdi.
Modemlardan tashkari kuidagi aparatlar tarmoqlarda ishlatilishi mumkish
Konsentratorlar (HUB) – bu shunday kurilmaki tarmoqlarni birlashtirish, taksimlash, kanallarni ajritish vazifalarini bajara oladi. Bu kurilma fakat lokal marmoklarda kulanilib 8, 12, 32 ta kompyuter kanallarni uzida mujassam kila oladi. Konsentrator server bilan va serversiz xam ishlash kobiliyatiga ega. Bu kurilmaning avzalligi shundaki, agar bir kompyuter kanali ishdan chikib kolsa unda boshka kanalar uz ish kobiliyatini yukotmaydi. Konsentratorlar asosan bir binodagi kompyuterlar tarmogini ulash va ishlatish uchun kullaniladi. Konsentratorlarni ya’na bir xususiyati bir necha konsentratorlarni bitta tarmoqka ulab foydalauvchilar sonini oshirish imkoniyati yaraladi.
Marshrutizatorar (router) – manitikiy ulanmagan tarmoqlarni ulaydi, ma’lumotlarni bir tarmoqdan ikkinchisiga moslashtirb, ma’lumotlarni marshrutlab, bayonnomalarni uzgartirish ishini amalga oshiradi. Mantikiy kanal yaratish yuli bilan bir kanalni vaktincha ikkinchisi bilan boglaydi. Marshrutizator kanalarning bushligini aniklab kulay kanallarni topib ma’lumotlarni shu kanallar orkali yuboradi.
Takrorlagichlar(Repitor) – elektor signallarni kuchaytirish xamda uzok masofalarga etishini taminlaydi. Bunda signallarning aplitudasini va shaklini uzgartirmaydi. Takrorlagichlar signallarning ochik tizimini fakat OSI fizik darajadagi bayonnomalari bilan fark kiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Takrorlagichlar kuchaytirgich vazifasini bajarib signallarni xalakitlardan ximoya kilishni ta’minlaydi.
Kupriklar (bridge) – OSI adreslariga mos ravishda ma’lumotli paketlarni filtirlashni bajarib tarmoqli va unda yukori darajalarda ma’lumotlar uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqlar urtasidagi farkni, ya’ni kiymatlarni uzatishni rostlaydi.
Serverlar (serwer)– tarmoqka ulangan kuchli protsessorga va katta xotiraga ega kompyuterlarga aytiladi. Server tarmoqning barcha ishchi stansiyalari surovlarni kayta ishlaydi, ishchi stansiyalarga tarmoq resurslarini, tarmoq
operatsio tizimi bilan ta’minlaydi. Serverning uzi xam maxsus operatsion tizim bilan ishlaydi va xamma tamok operatsiyalarni shu tizim bajaradi.
Serverning bir kator kurinishlari mavjud:
• Klient server
• Fayl server
• Arxivli server
• Faks server
• Pochtali server
• Bosma server
Ishchi stansiyalar (work grup) – bu tarmoqka ulangan kompyuterlar bulib ular tarmoq uzellarni tashkil kiladi. Bu kompyuterlar uzinig operatsion tizimi bilan ishlaydi. Kupincha ishchi stansiyalarni tarmoq mijozlari deb ataladi. Ishchi stansiyalar xoxlagan foydalanuvchilarning kompterlari bulishi mumkin va ular tarmoqka ulanishi va ajralishi istalgan paytda amalga oshiriladi.
INTERNET HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Internet bu o‘zi nima? Internet bu butun jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. U minglab lokal va mintakaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmogidir, ya’ni WWW –World Wide Web –butun dunyo o‘rgamchak to‘ri deb xam yuritiladi. INTERNET
–International Network xalqaro kompyuter tarmog‘i deb ham yuritiladi. 1967 yil Larri Roberts ARPA kompyuterlarini o‘zaro bog‘lashni taklif etadi va 1969 yilda AQSH Mudofa vazirligi tomonidan kompyuter tarmogining birinchi versiyasi yaratilgan edi.
Internet (Internet- Interconnected Computer Networks suzlaridan olingan bulib, o’zaro boglangan kompyuter tarmoqlari degan ma’noni anglatadi) -bu bir-biri bilan aloka kanallari (mavjud bo’lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqot qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butun jaxon uyushmasidir.
Bu tarmoq ARPAnet deb nomlandi va UNIX operatsion sistemasida ishlay boshladi. 70 –chi yillarda ushbu tarmoq kuchayib unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 1974 yilda xar-xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli yaratildi va bu tarmoqlarni rivojlanishiga yana bir turtki bo‘ldi. 1976 yil tadqiqot kompaniyasi laboratoriyasi xodimi Robert Metkalf ilk lokal kompyuter tarmog‘i Ethernet ni yaratdi. 1983 yildan ARPAnet Internet tarmog‘i deb yuritila boshlandi va kompyuter hamda tarmoqlar to‘plami sistemasiga aylandi. Bu sistemaga AQSH ning eng taniqli korxonalar tarmog‘i NSFNET, evropadagi EUNet, EARN, yaponiyaning JUNET va buyuuk Britaniyaning JANET tarmoqlari qo‘shildi. Shu yili ARPAnetni ikki mustaqil tarmoqqa bo‘lib yuboradi. Ularning biri keyingi tadqiqotlar uchun, ikkinchisi harbiy aloqalar uchun edi. Harbiy tarmoq MILnet nomini oladi.
INTERNET butun dunyo kompyuter tarmog‘iga aylandi. Internet quyidagi imkoniyatlari bilan afzaldir, bu-informatsiyaga ega bo‘lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo‘lish, o‘qish, ilg‘or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish va xakazolardir. Demak Internet bu yangiliklar bilan muntazam tanishuv, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi, zamonaviy fikrlar almashish, ta’lim olish va x.k. Internet-bu infradoira bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Internet ildizi 50-y borib taqaladi. Hammasi 1949 yili sobiq Ittifoq atom bombasini sinovdan o‘tkazilganida boshlandi. 1956 yil Pentagon vahima ko‘tarib, hukumatga raketadan himoya qiluvchi vosita yaratilishi uchun mablag‘ berishni so‘rab murojat etadi. Ammo rad javobini oladi. 1957 yilda yilda sobiq ittfioqda erning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchiriladi, endilikda Rossiyada yadro zaryadini dunyoning istalgan chetiga etkazib berish vositasi paydo bo‘lgandi.
1958 yil Pentagon yana bir bor hukumatga moddiy yordam so‘rab, murojat etadi va bu safar u o‘z maqsadiga erishadi. SHunda xabarni zudlik bilan etkazish tizimini vujudga keltirishga qaror qilingandi. 1991 yil CERN –Evropaning fizika laboratoriyasi barchaga tanish bo‘lgan WWW ni yaratdi.
Internetning rivojlanish tarixi. Unga quyidagilarni keltirish mumkin:
1960 asosi ARPAnet (Advanced Research Projects Agency –Network, Ilg’or loyihalar agentligi tarmog’i) loyihasi amalga oshirilgan. 1972 yilda E-mail xizmati ishga tushirildi.
1989 yilga kelib ARPAnet ga ulangan kompyuterlar soni 100 000 taga yetgan.
1989 yilda World Wide Web (WWW) standarti ish boshladi. Uning ixtirochisi va asoschisi sifatida Tim Berners Leye (Tim Berners Lee) tan olindi.
1990 yilda ARPAnet tarmog’i kengaydi va u Inter-Network ko’rinishida Internet deb atala boshlandi.
1993 yilda Mark Anderson tomonidan birinchi Mosaik brauzeri yaratildi.
1994 yil kelib Mosaik brauzeridan foydalanuvchilar soni 340% ga o’sdi.
Internetning asosiy tushunchalari. Internetning asosiy tushunchalari bu:
• Yo‘naltiruvchi (Router) – bu maxsus kompyuterlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
• Shlyuz(Gateway) - bunda ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi SMPT (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Shlyuz bu dasturlar majmuyidir.
• Trafik-bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.
• DNS server - bu (Domain Name Service-domen nomlar xizmati) IPmanzillar va kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server. U yoki bu serverning vaqtincha ishlamay qolishini nazarda tutib, bir qancha DNS serverlarni ko‘rsatish mumkin.
• Proxy server. – bu internetda ba’zi bir ma’lumotlarga bir vaqtda ko‘pchilik murojat qilgani uchun bu ma’lumotlarga oid serverga ulanish sekin bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ko‘pchilik murojat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda ham saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.
Internetning ishlash tartibi
Internetda ishlash uchun biror sahifani ochib ko‘rmoqchisiz. Sahifa adresini kiritdingiz va uni ochdingiz. Savol: qanday qilib bir necha daqiqada sahifa sizning ekraningizda paydo bo‘ldi.
Javob: buning uchun programma provayderda joylashgan domen nomlari xizmati programmalar majmuidan foydalanadi va u DNS (Domain Name Service) deb ataladi va Internetni kompyuteringizga o‘rnatganda kiritiladi. TCP/IP protokolingizni bu domen nomini sizning DNS serveringizga uzatadi.
Internetda ishlash bilan bog‘liq asosiy atamalar
 Activator - standart brouzerlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi maxsus amaliy programma bo‘lib, Internet bilan ishlashda ancha qulaylik tug‘diradi.
 Active Directory-MS Windowsning kataloglarga xizmat ko‘rsatish sistemasidir. U tarmoq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi xamda ma’lumotlarning ierarxik ko‘rinishdagi tuzilishini tashkil qiladi. Bu esa o‘z navbatida domen va resurslarni qulay tarzda tashkil qilishga imkon beradi.
 Account- tarmoqdagi raqamingiz Sizga ma’lumotlar va fayllar bilan ishlashga imkon beradi.
 Address- internet faylidagi yoki joylardagi Sizni aniqlab beradigan simvollar ketmaketligi. Masalan: inform@net.uz
 AFS-hisoblash tarmog‘ining boshqa kompyuterlaridagi fayllarni o‘z faylidek ishlatishga imkon beradigan protokollar majmuasi.
 Alta Vista-internetdagi eng ko‘p ishlatiladigan va ommabop ma’lumot qidiruv sistemasi.
 Aport-ma’lumot qidiruv sistemasi.
 ARJ- arxivator tomonidan hosil qilingan arxiv fayl.
 Archie- fayllarning joylashishini aniqlab beradigan qidiruv sistemasi. Bu dastur tarmoqdagi fayllar orasidagi ma’lum ko‘rinishdagilarini tanlab, ma’lumotlar bazasini tuzish va uni ma’lum bir ma’noda qayta ishlashga imkon yaratishi mumkin... va hakazo.
 banner-xizmat yoki mahsulotni reklama qiluvchi matnli yoki tasvirli giperko‘rsatma.
 baud- ma’lumotlar uzatish jarayonidagi muhit xususiyatlarining sekundiga qancha o‘zgarishini ko‘rsatib beruvchi kattalik bo‘lib, axborot uzatilish tezligini aniqlab beradi.
Masalan: 2400 bodli modem telefon liniyasi bo‘ylab sekundiga 2400 marta yuborilayotgan signalni bildiradi. Bitlarda o‘lchangan ma’lumot uzatish tezligi bodlarda o‘lchanganidan birmuncha farq qilishi ham mumkin.
O‘zbekistondagi ommaviy internet provayderlari
UzPAK www.uzpak.uz

Sarkor-Telecom www.sarkortelecom.uz

Uzbekistan Freenet www.freenet.uz

Naytov www.naytov.com

UzNet www.uznet.uz

Buzton www.buzton.com

BCC www.bcc.com.uz

CCC (Nuron) www.ccc.uz

DostLink www.dostlink.net

EastLink www.eastlink.uz

Eurasia Netways (CCC) www.eanetways.com

Globalnet www.glb.net

Ishonch www.ishonch.uz

Simus www.simus.uz

TV Inform www.eanetways.com

PERDCA www.silk.org

Gimli www.gimli.com

Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi.


Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni ko’rish uchun mo’ljallangan o’ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko’rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan Web sahifadagi Giperbog’lanishga sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog’lanishda ko’rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog’lanish barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo’yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o’zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko’plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows operasion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox.
Internet Explorer Opera Firefox
Internet tarmog’ida qidiruv tushunchasi
Internet – bu ma’lumot okeani. Tarmoqda, deyarli, istagan mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlar mavjud. Lekin okeanda yo’l topish qiyin bo’lgandek, Internetda ham biror narsani topish katta muammo. Agar Internetda axtarish tizimlari bo’lmaganda, ma’lumot okeanida umuman biror narsani topish mumkin bo’lmas edi. Ajabo, bunday imkoniyatlar tarmoqda mavjud:
qidiruv qulay va tez bo’lishi uchun maxsus ma’lumot qidirish tizimlari yaratilgan. Qidiruv tizimlarining tuzilishi
Qidiruv tizimi bu maxsus server, uning asosiy xizmati keng Internet fazosida ma’lumotlarni qidirish, to’plash, tartiblash va foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va qulay ravishda ta’minlash. Qidiruv mashinalar asosiy besh qismdan iborat:
1. O’rgimchak (spider) – Web-sahifalarni server hotirasiga yuklash dasturi. U oddiy brauzerga o’xshab, saytlarni ochib, tarmoqdagi yangi ma’lumotlarni qidiradi. Bu dastur ko’rsatkichlar bo’ylab sayohat qilib, topilgan Web-sahifalarni serverga yuklaydi va ma’lumot jamg’armasini yangi axborotlar bilan to’ldiradi.
2. Qurt (crawler) – o’rgimchak serverga yuklagan Web-sahifalarni ko’rib chiqib, barcha giperko’rsatkichlarni undan ajratadi va topilgan ko’rsatkichlarni o’rgimchakka taqdim
3. Tartiblovchi (indexer) – o’rgamchik topgan ma’lumotlarni tartibga keltiruvchi dastur: hujjatning matnini tashkil qiluvchi so’zlarni yakka holga ajratib, matndagi turgan joyini saqlab qoladi. Bundan tashqari, dastur so’zni katta yoki kichik harflar bilan yozilganmi, sarlavhami, ko’rsatkichmi yoki oddiy matnligini o’rganib chiqib, ma’lumotni saqlaydi.
4. Ma’lumot jamg’armasi (database) – qidiruv tizimi to’plagan va qayta ishlagan barcha ma’lumotlar saqlanadigan ombori.
5. Natijalarni chiqarish mexanizmi (search engine) – foydalanuvchilarni qidirish tizimi bilan
Internet tarmog’ida ma’lumotlarni qidiruv - bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Internet tarmog’ida qidiruv tushunchasi
• Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o’zida turli ko’rinishdagi va turli tillardagi ko’plab axborotlarni jamlagan.
• Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topgan so’rovlardan foydalanadi.
• Internet tarmog’ida ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so’zlar va jumlalar bo’yicha qidirib topish mumkin.
• Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so’z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.
Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish
Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog’i orqali o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oson va tez kidirib topishi uchun axborotning parametrlari bo’yicha qidirish taklif kilinadi. Ular kuyidagilardan iborat:
 Ma’lumotlarni uning tili bo’yicha qidiruv;
 Ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo’yicha qidiruv;
 Ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo’yicha qidiruv;
 Ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidiruv;  Ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo’yicha qidiruv;  Ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
Google tizimida Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish
Rasmlarni qidirish
• Internet tarmog’ida grafik ma’lumotlarning ko’plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animasiya) hamda siqilgan rasmlar.
• Rasm ko’rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo’yicha qidiruv olib borish mumkin.
• Ko’pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko’rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo’limga ega bo’lib, bu bo’lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo’yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin.
Google qidiruv tizimi:
Google qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati Rambler qidiruv tizimi:
Rambler qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati
Yandex qidiruv tizimi:
Yandex qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati
Yahoo qidiruv tizimi:
Yahoo qidiruv tizimi amalga oshirilgan qidiruv natijalari ro’yxati
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari
• Axborot qidiruv tizimlari – bu web-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi.
• Internet tarmog’ida ma’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bular:
– “KtoTam” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish
– “Tagoo” – musiqalarni qidirish qidiruv tizimi
– “Truveo” – videomateriallarni qidirish qidiruv tizimi
– “Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi
– “Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirish axborot-qidiruv tizimi
– “Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi
Milliy axborot-qidiruv tizimi
WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir.

Download 26,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish