Mavzu:Kompazitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik asoslari
Reja:
Kompozitsion materiallar haqida umumiy ma’lumotlar.
Ularni olish, tarkibi, tuzilishi, xossasi va ishlatilish sohasi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kompozitsion materiallar haqida umumiy ma’lumotlar.
Kompozitsion materiallar an’anaviy konstruktsion materiallarga nisbatan alohida xossalarga ega. Bu narsa ijobiy xususiyatli materiallarni va konstruktsiyalarni yaratishga olib keldi.
Kompozitsion materiallar (k.m.) ikki va undan ortiq tashkil etuvchilardan- komponentlardan tuzilgan murakkab material bo„lib, har xil usullar bilan bog„langan va o„ziga xos xossalari bor.
Birinchi kompozitsion material frantsuz bog„boni J.Mone 1867 yilda patentlangan (hovli gul tuvaklari, sim va sementdan yasalgan).
Samolyot konstruktsiyasida oynaplastik “stekloplastik” poliefir materiali oyna tolasi bilan sinchlangan (“armirovan”) kompozitsion material 1942 yilda qo’llanilgan.
Kompozitsion materiallar mashinasozlik apparati konstruktsiyalariga qo„yilgan quyidagi talablarga javob beradi:
- yengil bo’lishligi;
-maksimal mustahkamlik va bikirlik;
-ishlash davrida maksimal ishlash resursi.
Shular uchun kompozitsion materiallar samolyotsozlikda ko„p qo„llanilgan.
СССР ning “Ruslan” samolyotida 5,5 t. og’irlikdagi konstruktsion kompozitsion materiallardan yasalgan va 15 t. og„irlik iqtisod qilingan.
Hozirgi zamon transport samolyotlari konstruktsiyalarining 15-20%; harbiy samolyotlarning 25-30%; harbiy vertolyotlarning 45-55%; strategik raketalarning 75-80% kompozitsion materiallardan yasalgan.
Kompozitsion materiallarga quyidagi xususiyatlar yig„indisi xos:
Komponentlarning tarkibi, formasi va taqsimlanishi oldindan aniqlangan;
Ikki va undan ortiq kimyoviy har xil materiallardan tarkib topgan va bir- birlari bilan ajralib turadilar;
Kompozitsion materialning xossalari har bir tashkil etuvchining xossalari bilan aniqlanadi;
Kompozitsion materialning xossalari, tashkil etuvchilarning xossalaridan farq qiladi;
Kompozitsion material makromasshtab miqyosida birtanli, mikromasshtabda bir tanli emas;
Bu material tabiyatda uchramaydi va odamzodning ixtirosidir.
Geometrik ko‘rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar har xil bo„ladi. Butun hajm bo„yicha uzluksiz-to‘xtovsiz tarqalgan hamda kompozitsion materialning bir butunligini ta’minlovchi komponent -matritsa deyiladi (1-matritsa). Uzlukli, bo‘lak-bo‘lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi modda tashkil etuvchilar ya’ni armatura deb ataladi.
Matritsa bilan qo„shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bo„lib, u ajralish yuzasini - 3 belgilaydi.
SHartli belgilar: 1- matritsa (bog„lovchi material); 2- armatura (mustahkamlovchi) element; 3- ajralish yuzasi.
Kompozitsion materiallarni sinflarga ajratishda matritsa yoki armatura va qo„shimchalarning turiga, mikrotuzilish xususiyatlari va materialni olish usullariga asoslangan.
Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; organik va noorganik polimerlar; keramika, uglerod va boshqa materiallar ishlatiladi. Matritsa materiali xossalari kompozitsion materialni olish texnologik jarayonini ifodalaydi. Uning zichligini, mustahkamligini, ishlash haroratini, charchab buzilishga qarshiligini, tashqi agressiv muhitga qarshiligini ifodalaydi.
Sinchlovchi yoki puxtalovchilar matritsa bo„ylab bir tekisda joylashadi. Bular yuqori puxtalikka, qattiqlikka, elastiklik moduliga ega. Bu ko„rsatkichlar matritsa ko‘rsatkichlarinikidan ancha yuqori.
“To’ldirgichlar” puxtalikni oshirib qolmay, kompozitsion materialning boshqa xossalariga ham ta’sir qiladi.
To‘ldirgichlarning geometriyasiga qarab, ularni matritsada joylashishiga qarab, kompozitsion materiallar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.
To„ldirgichlarning geometriyasiga qarab:
Do'stlaringiz bilan baham: |