Ko‘p hollarda sirtning qaytarish koeffitsiyentini kamaytirish bilan birgalikda uni oshirish ham talab etiladi. Masalan: qaytarish koeffitsiyenti juda yuqori bo‘lgan ko‘zgular hosil qilish maqsadida (lazerlarda rezonatorlar ana shunday ko‘zgulardan iborat). Buning uchun ham yorug‘likning interferensiya hodisasi juda qo‘l keladi. Bu vaqtda sindirish ko‘rsatkichi katta va kichik bo‘lgan yupqa (11-13 tagacha) qatlamlar hosil qilinib, bu qatlamlardan qaytuvchi nurlar orasidagi fazalar farqi 2 ga teng qilib olinsa, qaytgan nurlar bir-birini kuchaytiradi. Natijada qaytarish koeffitsiyenti 0,99 bo‘lgan ko‘zgu hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |