Reja: Kirish Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bo'lgan talablar


Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bo'lgan talablar



Download 37,04 Kb.
bet2/6
Sana16.11.2022
Hajmi37,04 Kb.
#867026
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atabek

1.Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bo'lgan talablar

Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:


-multiservislik deganda, transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog'liq emasligi tushuniladi;
-keng polosalilik deganda, odatda foydalanuvchi talablariga bog'liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos holda va dinamik o'zgarishi imkoni tushuniladi;
-multimedialik deganda, tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qo'llagan holda, ko'p komponentli axborot (ovoz, mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bo'lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati tushuniladi;
-intellektuallik deganda, foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta'minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni tushuniladi;
-invariantlik ulanish deganda, qo'llanilayotgan texnologiyalarga bog'liq bo'lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta'minlash imkoni tushuniladi;
-kopoperatorlik deganda, xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas'uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi tushuniladi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bo'lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta'minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta'minlovchiga bo'lgan talablarga quyidagilar kiradi:
-“multioperatorlik”muhitida qurilmalarning ishini ta'minlash imkoniyati ya'ni bir nechta aloqa operatori tarmog'iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish;
- birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta'minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta'minlash;
-qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qo'llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bo'lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib o'tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yo'lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat ko'rsatish sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bularning barchasi, keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yo'nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi.
Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari
“Aloqa tarmog'i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog'ini, ma'lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bo'lgan mustaqil ob'ekt kabi qarash mumkin.
Ikkinchidan, aloqa tarmog'ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni (GII- global'noy informatsionnoy infrastrukturi) muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida,axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bo'yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi.
GAIning asosiy vazifasi foydali ma'lumotga ulanishni ta'minlash va abonentlar orasidagi aloqani ta'minlash shuningdek ishlash, o'qish va ko'ngil ochar tomosha qilish uchun sifatli yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funktsional imkoniyatlari, kelajakda ma'lumotlarni vaqti va joyiga bog'liq bo'lmagan holda, ma'qul tarif va butun dunyo masshtabida yetkazishdir.
Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar ko'rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.
ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli
Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. Yuqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog'i” termini, aloqa operatori javobgar bo'lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli.
XX1 asrda dunyo hamjamiyati o'zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga o'tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya'ni jamiyat bolig'ining material asosi bo'lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qo'llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Masalan faqatgina telefon, tele va radio eshittirish xizmatlardan foydalanishning o'zi bir yilda 800 milliard dollarni, infokommunikatsiya xizmatlari bozori (internet, lokal komp'yuter tarmoqlari, harakatdagi aloqa tarmoqlari va b) bilan birga esa 1,5 trln. dollarga yetdi va kengayish hali davom etmoqda.
Dunyo telekommunikatsiya tarmog'iga har yili 200 mlrd. dollarlik telekommunikatsiya qurilmalari o'rnatiladi. Yuqorida qayd etib o'tilgan barcha ma'lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog'i(World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi o'zaro bog'langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar ko'rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mo'ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.
Multimedia tushunchasi. Mul'timedianing afzalliklari Mul'timedia, mul'ti – ko'p, media — muhit deb tarjima kilinadi. Mul'timedia,
turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko'rinishdagi axborot bilan bog'liq.
Bunda ma'lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo'lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Mul'timedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka vizual effektlar bilan ta'minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush "MEMEX" nomli xotirani tashkil kilish goyasini taklif kilgan, bu esa mul'timedia texnologiyalarini rivojlaninishinig g'oyaviy sababi bo'ldi. "MEMEX" nomli xotiraning asosiy g'oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo'yicha emas, balki mazmuniga qarab kidiriladi. "MEMEX" nomli xotiraning asosida gipermatn va gipermedia tizimlari yaratilgan.
Gipermatn, bu matnli ma'lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia tizimi - bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi deb xisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi mul'timedia yo'nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik komp'yuter mutaxassisi Bill Geytsning "National Art Gallery of London"- «Londonning milliy san'at galereyasi» nomli dasturiy mahsulotini birinchi bo'lib yaratgan. Bu mul'timedia dasturini yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va gipermedia tizimlaridan foydalanilgan.
Mul'timedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma'lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan xam ko'p yuqori sifatli tasvirlar, 30 – 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma'lumotlari);
- ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. ("lupa» rejimi ). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san'at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin;
- tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
- matnlar yoki turli ko'rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma'lumotga ega bo'lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
- Internet global tarmog'iga ulanish imkoniyati.
Mul'timedia vositalari apparat va dasturiy vositalarga bo'linadi.
Mul'timedia apparat vositalariga quyidagilar tegishli:
-audio (nutqli) va videokiritish va axborotni chiqarish qurilmalari;
- yuqorisifatli tovush va video platalar;
- videomagnitofon yoki videokameradan tasvirni o'qiydigan va o'sha ma'lumotlarni komp'yuterga kiritadigan platalar;
- yuqori sifatli akustik va tasvirni qayta tiklaydigan tizimlar. Bu tizimlar kuchaytirgich, tovush kolonkalari, katta hajmli video ekranlar;
- skanerlar (chunki ular avtomatik ravishda komp'yuterga terilgan matn va rasmlarni kiritish imkoniga ega);
- yuqori sifatli printer va plotterlar;
- proektorlar;
- interaktiv doskalar; 2 ta guruxga bo'linadi:
-mul'timedia amaliy dasturlar paketlari (mul'timedia-entsiklopediyalari, komp'yuter uyinlari, audio va video pleyerlar)-maxsuslashtirilgan dasturiy vositalar – bularga professional grafik muxarrirlar, 3D grafika muxarrirlari, tovush muxarrirlari tegishli.
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.


Download 37,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish