Reja: Kirish Xufyona iqtisodiyot mazmuni va vujudga kelish sabablari Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari Xufyona iqtisodiyot tarkibi va


O'zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy usullari



Download 1,66 Mb.
bet6/7
Sana20.03.2022
Hajmi1,66 Mb.
#502626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xufyona Azimjon

O'zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy usullari
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida xam “yashirin iqtisodiyot”ning omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Unda:
iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan qo‘shimcha choralarni aniqlash;
soliq yukini kamaytirish va soliq ma'murchiligini takomillashtirish;
import qilingan tovarlarning hisobotlarini elektron tarzda shakllanishini ta'minlash;
naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
ko‘chmas mulk obektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlar faktlariga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar mujassamlashgan.
Bugun «xufiyona» iqtisodiyot muammosini hal qilishning quyidagi variantlari haqida so‘z yuritish mumkin:

    • dastlabki kapital jamg‘arishning nihoyatda yuqori sur’atlari haqidagi maqsadli yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘lgan radikal-liberal variant;

    • radikal-liberal variantga qarshi usul sifatida yuzaga kelgan hamda kuchga asoslangan va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘linmalari faoliya- tini kengaytirish va kuchaytirishni taqozo etuvchi repressivvariant;

    • kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart- sharoitlarni ta’minlashga doir qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks-huquqiyvariant8.

Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari hamda vositalarini belgilash uchun, avvalambor, uning ko‘lami va dinamikasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha monetar uslublarni o‘z ichiga oladi.
2. Yengil modellashtirish uslubi, ya‘ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
3. Strukturaviy tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan, ya‘ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.
5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash uslubi.
6. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini, turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyot va uning alohida elementlarini baholash9.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • radikal-liberal, ya‘ni dastlabki jamg‘arilgan kapitalning eng yuqori sur’atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‘li;

  • repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-tartibot, xavfsizlik organlari faoliyatini kengaytirish va kuchaytirshini taqozo etadi;

  • biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid hukuqiy chora-tadbirlar majmuini yaratish.

Xufyona iqtisodiyotga nisbatan huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • jinoiy xufyona iqtisodiyot va kuzatilmagan, norasmiy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar kapitalini aniq farq qilish, bir-biridan ajratish hamda bu farqni qonunchilikda aniq belgilab ko‘yish;

  • biznes va tadbirkorlik uchun kulayhukuqiy va xo‘jalik muhitini yaratish hamda bu muhitni barqarorlashtirish;

  • aholi jamg‘armalari, kapitalini, xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilishni kafolatlash, aholini turli xil tovlamachiliklardan davlat tomonidan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • rasmiy iqtisodiyot sohalariga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari legalligi, halolligini tekshiruvchi, tasdiqlovchi huquq-tartibot va huquqni himoya qiluvchi muassasalar faoliyati mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimi rahbar va mas’ul xodimlarining daromadlari manbalari, ular xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi, mulkiy ahvolini tekshirish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy nazorat qilishning ta‘sirchan mexanizmini yaratish, xufyona iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatiga ma‘muriy, jamoat va jinoiy-huquqiy ta‘sir choralarini takomillashtirish.

Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Noqonuniy biznes va tadbirkorlikning oldini olish hamda barham berish.
2. Yolg‘on tadbirkorlikka qarshi kurash. Yolg‘on tadbirkorlikda noqonuniy faoliyatni yashirish, kredit olish, soliqdan ozod bo‘lish va boshqa mulkiy naf va foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini yuritishni niyat qilmasdan soxta tadbirkorlik, biznes korxonasi nomigagina ochiladi. Bunday korxonada hech qanday faoliyat yuritilmaydi. U bank kreditini olish, jinoyat yo‘li bilan topilgan daromadni legallashtirish uchun foydalanish maqsadida nomigagina, yolg‘ondan ochiladi. Ular o‘z maqsadlariga erishganlaridan keyin bu korxonani tezda yopishadi. Shu boisdan bunday yolg‘on tadbirkorlikka qarshi qat‘iyy huquqiy javobgarlik choralarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
3. Tijorat maqsadida sotib olish - davlat va xo‘jalik boshqaruvida faoliyat ko‘rsatayotgan mansabdor shaxslarga noqonuniy tarzda pul, qimmatli qog‘ozlar, bosh mulkiy qiymatlarni o‘z xizmat mavqeidan kelib chiqqan holda ko‘rsatgan xizmati, ya‘ni tijorat yoki bank sirini oshkor qilish, pora beruvchiga noqonuniy xatti-harakati uchun sharoit yaratib berishi hisoblanadi. Qonunchilikda tijorat, bank sirlari bo‘lgan ma‘lumotlarni hujjatlarni o‘g‘irlash, sotib olish, qo‘rqitish, tahdid qilish kabi noqonuniy tarzda yig‘ishga intilishning oldini olish, javobgarlikka tortishga qaratilgan huquqiy normalarni kuchaytirish va amalda qo‘llash kerak bo‘ladi.
4. Jinoiy yo‘llar bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ta‘sir mexanizmini yaratish.
5. Yolg‘on bankrotlikka qarshi qonunchilikda belgilangan javobgarlikni yanada oshirish.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashlariga qarshi chora-tadbirlar, jazo choralarini qo‘llash.
7. Kontrabanda, mamlakatga tovarlarni noqonuniy tarzda olib kirish va tashqariga noqonuniy tarzda tovarlarni olib chiqib ketishga qarshi kuchli tizimni karor toptirish10.
Jinoiy xufyona iqtisodiyot, korrupsiya hamda uyushgan iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida milliy, mintaqaviy, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish biznes va tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini yaratish, ular uchun qulay muhitni vujudga keltirish, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik nazorat tizimlarini muttasil takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Xufiyona iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir etish usullari turlicha bo’lib, adabiyotlarda quyidagi usullar ajratib ko’rsatiladi:
- monetar usul. Bunda xufiyona hisob-kitoblarda faqat naqd pul mablag’laridan foydalanish to’g’risidagi gipotezaga asoslaniladi (naqd pul massasining harakati dinamikasi xufiyona iqtisodiyot hajmlari to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi);
- daromad va xarajatlar balansi usuli. Bunda deklaratsiya qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi hamda tovar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
- ish bilan bandlikning tahlili. hisobga olinmagan ishsizlik darajasining uzoq vaqt saqlanib qolishi xufiyona sektorda band bo’lish imkoniyatlarining mavjudligidan dalolat beradi. (ro’yxatga olinmagan ishsizlarning soni xufiyona iqtisodiyot hajmlaridan dalolat beradi);
- texnologik koeffitsientlar usuli. Bu usul xarajatlarning texnologik koeffitsientlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmlari to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini beradi;
- uy xo’jaliklari va korxonalar rahbarlari orasida so’rovlar o’tkazish. Bu xufiyona sektor hajmini ekspert baholash imkonini beradi11.
Adabiyotlarda xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning bir nechta yo’nalishlari mavjudligi ta’kidlanadi. Bulardan birinchisi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat strategiyasi bo’lib, u milliy xo’jalik modelining asosiy parametrlarini belgilaydi. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini kengayib ketishini oldini olish borasidagi strategiyaning muhim elementlari quyidagilardan iborat:
- xufiyona iqtisodiyotni minimumga etkazish – eng asosiy strategik maqsad;
- halol raqobat asosida milliy iqtisodiyotni asosiy makroiqtisodiy parametrlarini shakllantirish;
- monopoliyaga qarshi samarali siyosat olib borish;
- xufiyona iqtisodiyotning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqyoslarini belgilash.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.
Mukammal xo’jalik huquqini shakllantirish halol faoliyat olib borish uchun ma’lum rag’batlarni yaratadi.
Mamlakatda aholi turmush darajasini oshirishga va kam ta’minlanganlarni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib borish.
Biznes bilan bo’ladigan munosabatlar. Bunda davlat hokimiyatini xususiy biznes bilan o’zaro munosabatlarida asosiy tamoyillarga rioya qilish ko’zda tutiladi.
Davlatning jazolash funksiyalaridan foydalanish. Bunday funksiya davlatning kriminal iqtisodiyotga qarshi kurashi bilan bog’liq.
Davlatning tarbiyaviy funktsiyasini qo’llash. Bu ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Uning muhim elementlariga quyidagilar kiradi: qonunlarga itoat etish madaniyatini shakllantirish, zo’ravonlik, narkobiznes, fohishabozlik, pornografiyani qoralash, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy tamoyillari asosida milliy g’oyani shakllantirish.
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish. Bunda oila, diniy tashkilotlar, o’z-o’zini boshqarish organlari, mehnat jamoalari, turli ijtimoiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko’zda tutiladi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish ham xufiyona iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishning bir yo’nalishi hisoblanadi.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning mana shu yo’nalishlarini samarali amalga oshirish mamlakatda bunday iqtisodiyotning miqyoslarini kamaytirishga xizmat qiladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotga nisbatan oxirgi modelni amalga oshirish quyidagi siyosatni yuritishni taqozo etadi:

  1. jinoyatchi unsurlar va «xufiyona» xo‘jalik yurituvchilar kapitalla- rini aniq ajratish hamda bunday ajratishni yangi qonun hujjatlarida qayd etish;

  2. biznes uchun qulay huquqiy va xo‘jalik muhiti, birinchi navbatda, soliq rejimini yaratish vaqo‘llab-quvvatlash;

  3. davlat tomonidan aholini moliyaviy firibgarliklardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamg‘arilgan omonatlar va kapitallarning himoyalanganligi kafolatlarinita’minlash;

  4. iqtisodiyotning real sektoriga investitsiya kiritish uchun qaratilgan pul mablag‘larining legallashtirilishini tasdiqlovchi yuridik institutlar mexanizmini ishgatushirish.

Mamlakatimizda korrupsiyaga, jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Erkin bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirish, iqtisodiyotdagi xarajatlarning umumiy darajasini pasaytirish, yangi korxonalar tashkil etilishini rag‘batlantirish, shuningdek faol investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishzarur:

    • ijroiya hokimiyat organlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy tartiblarini ishlabchiqish;

    • mamlakatimiz subyektlarining ijroiya hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan sudgacha bo‘lgan bosqichda shikoyat qilish mexanizmlarini joriyetish;

    • davlat ehtiyojlari uchun xaridlar tizimining samaradorliginioshirish

  • xaridlarning oshkoraligi va ochiqligini oshirish, davlat kontraktlarining ochiq ro‘yxatini yuritish, xaridlarni qattiq tartibgasolish;

    • idoraviy va mintaqaviy aksilkorrupsiyaviy dasturlarni joriyetish;

    • davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatiga doir ma’lumotlarni ochibberish;

    • normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga sharoit yaratish- yaratmasligi nuqtai nazaridan ekspertizadano‘tkazish;

    • tayyorlanayotgan qarorlarni ommaviy muhokamadan o‘tkazish, ijroiya hokimiyat organlarining jamiyat uchun muhim qarorlarini jamoatchilik ekspertizasidano‘tkazish;

    • fuqarolik jamiyati vakillarini nazorat organlari hay’atlariga, ijroiya hokimiyat organlarining fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga doir normativ-huquqiy hujjatlari va boshqa qarorlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlarga, boshqa tuzilmalariga kiritish;

    • ijroiya hokimiyat organlari qoshida fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida jamoat kengashlarituzish.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik protsessi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodekslarida bozor borasidagi iqtisodiy munosabatlarning prinsiplari qonuniy jihatdan muhrlab qo‘yil- gan:

    • barcha mulk shakllarining daxlsizligi va teng ravishda davlat himoyasidaekanligi;

    • iqtisodiy faoliyaterkinligi;

    • tovarlar, xizmatlar va moliyaviy resurslarning erkinaylanishi;

    • yagona iqtisodiymakon;

    • sog‘lomraqobatniqo‘llab-quvvatlash;

    • erkin va qonuniytadbirkorlik.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi quyidagilarni tartibga soladi:

    • shartnoma va boshqamaj buriyatlarni;

    • mulkiy va u bilan bog‘liq shaxsiy mulkiy bo‘lmagan munosa- batlarni.

Xalqaro darajada iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi eng aniq tahdidlardan biri korrupsiyadir. Shu bois xalqaro tashkilotlar unga qarshi kurashning quyidagi chora-tadbirlarini taklifetadilar:

    • milliy darajada bir tomonlama majburiyatlarni qabulqilish;

    • ayrim firmalarning ixtiyoriy majburiyatlarini e’lon qilishi, korrupsiyaga qarish milliy qonunlarning tegishli modellariniyaratish;

    • noqonuniy to‘lovlarning oldini olish maqsadida firmalar va ularning xorijdagi bo‘linmalarinisertifikatlash;

    • korrupsiyaga qarshi choralar nazarda tutiladigan xatti-harakat kodekslarini ishlabchiqish;

    • korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro bitimtuzish.

Shunday qilib, Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning mana shu yo’nalishlarini samarali amalga oshirish mamlakatda bunday iqtisodiyotning miqyoslarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Xulosa
Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart- sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilar va hokazo.
Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo‘jalik faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi.

Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o‘z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to‘g‘risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo‘ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo bo‘ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o‘yin qoidalarida, birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o‘ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O‘zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o‘zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor bo‘lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to‘liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo‘lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qonunga bo‘ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g‘oyat qimmat ekan.
«Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim, Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr konvensiyasi; Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr xalqaro konvensiyasi.
Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi:
Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar);
Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral) miqyosi, korrupsiya, soliqdan bo‘yin tovlash, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari.


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish