Reja Kirish Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi


Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi



Download 79,4 Kb.
bet3/10
Sana15.08.2021
Hajmi79,4 Kb.
#148457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asror1 mustaqil iw Xalqaro valyuta (3)

Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi

AUD

Avstraliya dollari

BRL

Braziliya reali

BYR

Belorussiya rubli

CAD

Kanada dollari

CHF (SFR)

Shveysariya franki

CNY

Xitoy yuani (renminbi)

EUR

Yevro

GBP (STG)

Angliya funt sterlingi

ILS

Isroil shekeli

INR

Hindiston rupiyasi

JPY

Yaponiya ienasi

KZT

Qozog’iston tengesi

MXP

Meksika pesosi

NZD

Yangi Zelandiya dollari

RUB

Rossiya rubli

SGD

Singapur dollari

TRL

Turkiya lirasi

UAH

Ukraina grivnasi

USD

AQSh dollari

UZS

O’zbekiston so’mi

ZAR

Janubiy Afrika rendi

Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir.

Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan.

Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u yerda muomalada bo’lishi chegaralanadi.

Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.2

Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi.

Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.

Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir,3 yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.

Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.

Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.

Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani holda to’lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko’rsatadi.

Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi:


  • milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;

  • siyosiy ahvolga;

  • jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.

Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.

Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar.

Shu bilan birgalikda bu yerda shuni ta'kidlab o’tmoq lozimki, valyuta munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir.

Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o’z manfaatlari, balki birinchi navbatda o’z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o’z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o’z tijoriy maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini ochganlar.

Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o’zlarida turli sabablarga ko’ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo’ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi eksportyor bo’lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursi tebranishi oqibatida hosil bo’ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda, ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavfxatardan himoyalash zarurati tug’iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo’qotishlardan sug’urtalash maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi importyor bo’lsa, eksportyor bilan o’zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma'lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo’ladi. Bunga muvofiq importyormijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o’z bankiga murojaat etadi.

Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-oktabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga binoan tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi hududida "so’m"ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham shug’ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994-yilning 15-oktabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi "so’m" yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya'ni xorijiy valyutalarning pul sifatida muomalasi O’zbekiston hududida qonun bilan taqiqlangan.



  1. Download 79,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish