«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining kadrlar siyosati ishchanlik qobiliyatini hisobga olib, xizmat lavozimlariga tayinlash, menejerlar va mutaxassislarni respublika hamda chet ellar ta’lim muassasalarida doimiy o‘qitish, kadrlarni muntazam yangilab turish va ularning faoliyatlarini nazorat qilib borish kabi demokratik zamonaviy tanlov tamoyillariga asoslanadi.
2006 yili «Trans-Osiyo-Evropa» optik tolali aloqa magistrali (TAE VOLS) loyihasining O’zbekiston segmenti Farg’ona shahri va tuman markazlarini bog’lovchi optik tolali aloqa tarmog’i ishga tushirildi.
2005–2006 yillar davomida, Xitoyning «ExImBank"ining krediti doirasida Farg’ona shahar telefon tarmog’idagi barcha eskirgan analog rusumdagi telefon stantsiyalari «Huawei Technologies Co. Ltd." kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy raqamli telefon stantsiyalari asosida modernizatsiya qilindi. Natijada, filialning shahar telefon tarmog’idagi telefon stantsiyalarining raqamlashtirish darajasi — 100% etkazildi. 2007 yildan boshlab, viloyatning qishloq telefon stantsiyalarini rivojlantirish bo’yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ raqamli «El-SGM»abonent kontsentratorlari asosida modernizatsiya qilib kelinmoqda. Xususan, viloyatning Farg’ona shahri, Kosonsoy, Chortoq, Norin, Pop, Uychi, Chust va Farg’ona tumanlaridagi qishloq ATS larida o’rnatildi.
П-321
Ko’chma past chastotali generator – signalning miqdor o’lchovini aniqlaydigan qurilma hisoblanadi.Bu qurilma asosan telefon kanallarining parametrlarini o’lchashda foydalaniladi. Kanaldagi shovqin miqdorini, so’nishini, chastotali harakteristikasini o’lchaydi.
Ko’chma kabel o’lchov vositasi – bu qurilma orqali kabelning 4 ta parametrini o’lchash mumkin: Kabel qarshiligi, Sig’imi, Assimmetriyasi, Izolyatsiyasi.Bu qurilma orqali ixtiyoriy turdagi kabel parametrlarini aniqlash imkoniyati mavjud.
HyperTerminal dasturi:
Echo_$+enter - tarmoqqa ulangan qurilmalarni chaqirish
$001; $002; $003… qurilmalardan javob keladi.
Odatda $001 va $002 qishloq stansiyalarini tartib raqami hisoblanadi.
$003 qurilma esa qishloq stansiyasi bilan markaziy stansiyani bog’lovchi Modem qurilmasi raqami hisoblanadi. Aynan bu dastur orqali masofadan aholiga qo’shimcha aloqa xizmatlari belgilanadi.
Xulosa
Hozirgi axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan paytda aholini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aholi soni ortgan sayin bunga bo’lgan talab ham ortib bormoqda. Men ham aloqa sohasiga qiziqqanligim tufayli aynan Baliqchi tumanidagi “UZTELECOM”AK da o’z o’quv amaliyotimni o’tkazdim va bundan mamnunman. Sababi o’quv amaliyot davrida o’zimga kerakli ko’plab ma’lumot va ko’nikmaga ega bo’ldim. Kompaniyadagi qurilma va apparaturalar bilan tanishdim va ko’plab qiziqtirgan savollarimga javob oldim. Ayniqsa menga masofadan turib sifatli boshqarish tizimi ma’qul bo’ldi. Amaliy tarzda HyperTerminal dasturi orqali stansiyalarga ulanib aholiga qo’shimcha aloqa xizmati ko’rsatish ko’nikmasiga ega bo’ldim. Hozirda butun dunyoda ishlatilayotgan shisha tolali(optik kabel) kabellarini loyihalash, ulash, ODF larga joylashtirish, DSLAM montaj qilish va ishlashini ta’minlashni amaliy tarzda bajardim va Windows tizimida ishlaydigan “EXFO“ FTB-1 qurilmasi bilan tanishib chiqdim. Bu jarayonlarda menda turli yangi g’oyalar paydo bo’ldi va buni amalga oshirishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |