Strategik boshqaiuv modellari
Strategik boshqaruv modeli qanday bo‘lishi lozimligi yuzasidan bir qancha takliflar mavjud. Fred R. Devid, John L. Tompson modellari nisbatan ko‘proq tanilgan. Strategik boshqarishni modellashtirish borasidagi farqlarga qaramay, ular o‘rtasidagi umumiylik ko‘proq. Eng awalo aytish joizki, istalgan modelda strategik boshqaruvni uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi (1.1-rasm): • strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab ehiqish, strategik tahlil va tanlov); • strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tadbiq etish, amalga oshirish); strategik nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash). Strategik rejalashtirish bosqichida raqobatbardoshlik ustunliklari kapitalizatsiyasi va rivojlanishi, saqlab qolishi va erishishga olib keluvchi tashqi va ichki omillar izlanuvchanligi, strategik holat tahlili, uning missiyasini aniqlash orqali korporatsiya strategiyasi aniqlanadi. Strategik tashkillashtirish bosqichida barcha resurslami bir joyga keltirish va korxona ichidagi munosabatlari, barcha maqsad, vazifa va tanlangan strategiyaga mos ravishda ishchilar ma’sulligmi amalga oshiriladi. Ayni shu yerda kompaniyaga kerakli tashkiliy o'zgartirishlar kiritiladi va uning tuzilmaviy boshqarmalari siyosati ishlab chiqiladi. Bizning fikrimizcha, Devid va Tompson taklif qilayotgan modellaming eng kamida ikkita kamchiligi mavjud: Birinchidan, ular strategik boshqaruv jarayonini kelib ehiqish nuqtasi, boshlanish nuqtasi borasida ma’lumot bermaydi. Shuni taxmin qilish mumkinki, bunday nuqta tashkilot missiyasi hisoblanadi. Unda, agar missiya belgilansa, u hech qanday tuzatishlar kiritishga muhtoj emas. Ikkinchidan, bunday modellar strategik boshqaruvni taktik va operativ boshqaruv bilan o‘zaro tashkiliy bog‘liqligini yashiradi. Shuning uchun uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli yashirinligicha qoladi. Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punkti biznesg‘oyanining tug‘ilishi va tadbiq qilinishi deb bilish ma’qullanadi. Biznes-g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining «ruhi» hisoblanadi. «Ruhsiz» biznes boMishi mumkin emas. Biznes-g‘oya asosida tashkilotning maqsadlari yuzaga keladi, ya’ni pirovard natijada o‘z faoliyatidan erishmoqchi bolgan natija paydo bo'ladi. So‘ngra tashkilotning muddatdagi o‘z biznesining strategik bo‘shlig‘ini qayerdaligi va, shuningdek, maqsadining moslashuvidan kelib chiqib, uning strategiyasi aniqlanadi. Qabul qilingan strategiyalar asosida ma’lum vaqtdan so‘ng erishish lozim boigan maqsadlar tizimi ishlab chiqiladi. Bu maqsadlar tashkilotning maqsad moslashuvi bilan o‘zaro mos keladi. Qo‘yilgan maqsadlari asosida dasturlar, rejalar va, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonini barcha tashkiliy tizimlari ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlar jarayonida olinayotgan natijalar nazorat qilinadi va tekshiriladi va zarur bo'lganida tashkiliy ta’minot dastur va rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Agar kompaniya ko‘p tarmoqli korporatsiya bo‘lsa, bu bosqichda korxonaning quyi tabaqalarida turgan tashkilotlarning strategik re ja lush t irish va tashkillashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi.
Strategik boshqaruv modelida strategiyalar tashkilotda o‘z o‘miga ega bo‘lgan uch turga farqlanadi: Korporativ strategiya — korxonani bir butunlik sifatida ko‘rsatuvchi strategiya (bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya). Biznes strategiya ~ biznesning har bir turi uchun belgilangan strategiya. Funksional strategiya — marketing ishlab chiqarishni tashkil etish, moliya, investitsiya va kadrlar borasida ma’lum strategiyalar. Funksional strategiyalar tashkilotning moliya, marketing, ishlab chiqarish, inson resurslarini boshqarish, ilmiy tadqiqot ishlari kabi funksional doiralarda faoliyatlar yo‘nalishini aniqlaydi. Ulaming vazifasi ~ maksimal samarali ravishda korporativ va biznes darajasidagi belgilangan vazifalami hal etishni ta’minlashdir. Ularning korporativ va biznes strategiyalardan asosiy farqi — uning korxona ichi yo‘nalishidir. Marketing strategiyasi, korxona 20 ichi menejmenti strategiyasi, moliyaviy strategiya, tashkiliy strategiya, ishlab chiqarish strategiyasi va boshqalar — bulaming barchasi korxonaning o‘ziga nisbatan markazga intilish faoliyatiga ega. 1.1 -jadval korporativ, biznes va funksional strategiyalaming strategik fokus, strategik muhit, strategik resurslari va tanlov tanqidlari jihatlaridan asosiy xarakteristikasi farqini aks ettiradi.
Biznes-doirasi. Amaliyotda strategik rejalashtirish masalalarini hal qilayotgan menejerlar strategik yechimlami isbotlash metodini tanlash muammosida, biznes doirasini belgilab olish masalasini ochiq qoldiradilar. Bu muaramo bir qarashda nisbatan dolzarb ko‘rinmasada, lekin aslida o‘ziga katta ahamiyat qaratishligini taqozo etadi. Eng ko‘p tarqalgan xato bu biznes doirasini ana’naviy tarmoq tushunchasi bilan aralashtirish hisoblanadi. Korxona o‘z biznesini mashinasozlik yoki kimyo sanoatida yoki neftni qayta ishlash va 21 shu kabi tarmoqlarda olib bormoqda deb hisoblash, strategik rejalashtirish nuqtai nazaridan qo‘pol xato sanaladi. Korxona biznesi doirasini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlarni nazarda tutmoq joizdir.
Xulosa
Zamonaviy biznesning xnurakkab sharoitida o‘z boshqaruvi ostida bo‘lgan kompaniya taqdiri u yoki bu darajada unga bog‘liq bo'lgan har qanday boshqaruvchi uchun faoliyatlar yo'nalishini aniqlamasdan faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Qolaversa, mazkur biznes uch fazadan iborat: strategik rejalashtirish, strategik tashkillashtirish, strategik nazorat va tartibga solish kabi strategik boshqaruv jarayonini amalga oshirmasdan turib, o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi juda qiyindir. Bu fazalaming har birida mustaqil masalalar hal qilinadi. Strategik rejalashtirish — bu raqobatli afzalliklarini moliyalashtirish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib ketuvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona strategik holatining tahlili jarayonidir. Strategik tashkillashtirish — korporatsiyani tanlagan strategiyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini ta’minlashni tashkil etishga moslashuvi jarayonidir. Strategik nazorat va tartibga solish — korporatsiyaning erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo‘lib, pirovardida strategik maqsadlarga to‘liqroq erishishni tashkil etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |