REJA:
KIRISH.
2.Qo’qon xonligining vujudga kelishi va davlat boshqaruvi.
3. Ma'muriy- hududiy tuzilishi va aholisi.
4. Qo’qon xonligining va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Xulosa.
Foydali adabiyotlar.
KIRISH
Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor.
Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor.
Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor . Va ishonaman nasiib etsa, havas qilsa arziydigan. buyuk kelajagimiz ham albatta boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev
Ikki ming yillik shonli tarixga, soʻlim tabiatga ega, qancha-qancha buyuk voqealarga guvoh boʻlgan Hoʻqandi latif milliy davlatchilik, ilmu hunar, sanʼat va adabiyot ravnaqining yorqin timsolidir.
Koʻhna Fargʻona zamini jahon ilm-fani va madaniyatiga Ahmad Fargʻoniy, Burhonuddin Margʻinoniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Amiriy va Nodirabegim, Jahon otin Uvaysiy, Mavlono Muqimiy, Zokirjon Furqat kabi oʻnlab mutafakkir zotlarni, ulugʻ shoir va adiblarni, Qodirjon Haydarov singari mashhur hunar ustalarini yetkazib bergani bilan har qancha faxrlansak arziydi. O`z davlati bilan faxirlanish va fuqorolarning vatanparligi jahondagi ko`pgina mamlakatlarning ilg`or marralarga chiqib olishiga yordam bergan. Mamlakatimiz tuprog`ida yashab turgan va o`zini vaqtanparvar deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab avaylay olishi shart. Har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bog`liq ekanligini, ya`ni bu narsa ularning sobit qadam g`ayrat shijoatiga; to`la -to`kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog`liq ekanini anglab yetishi kerak. Huddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir . XVIII asr boshlarida1 tashkil topgan bu xonlikning tarixini hozirgi qadar yetib kelgan manba va asarlar bilan
taqqoslash orqali o’rgangan holda,bugungi kun uchun mavhum bo’lgan ilmiy faktlarni yanada aniqroq holatda ochib beradi.Albatta o’rganish jarayonida xonlik tarixining boshqa jihatlari ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Markaziy Osiyo uchun so’nggi o’rta asrlar davri nomi bilan tarixga kirgan mazkur bosqichda bu hududda Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi va Xiva xonliklari yirik davlat birlashmalari sifatida mavjud edi. Ularda yuqorida qayd qilganimizdek boshqaruv an’analari yaxshi saqlanib qolgan va davlatchilikning eski tizimi mustahkam bo’lgan. Qo’qon va Xiva xonliklari xon unvonli hukmdorlar boshqarsa, Buxoro amirligini amir idora qilgan. Ular boshqaru tizimida bir biridan farq qiluvchi ayrim bir unvonlar va mansablarni hisobga olganda tarkibiy tuzilishi yaqin o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Islom jamiyatida omma va xossa masalalarini ochishda rutba, unvon, amal va mansablarni o’rganish, ularning ijtimoiy negizlazrini ochishda ham muhim mavqye kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |