Reja: kirish. Qo’qon xonligining vujudga kelishi va davlat boshqaruvi. Ma'muriy- hududiy tuzilishi va aholisi


Qo’qon xonligining vujudga kelishi va davlat boshqaruvi



Download 111,55 Kb.
bet2/12
Sana22.07.2022
Hajmi111,55 Kb.
#837150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
302 3 kurs

1. Qo’qon xonligining vujudga kelishi va davlat boshqaruvi.
XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida siyosiy parokandalik unga rasman qaram bo‘lgan Farg‘ona vodiysiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1709-yilda Chodak 2xo‘jalari isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallab olib, mustaqil davlat tuzilganligini e’lon qildilar. 1710-yilda vodiyda ancha kuchli ta’sirga ega bo‘lgan, o‘zbeklarning ming urug‘i boshlig‘i Shohruhbiy (1710-1721) hokimiyatni qo‘lga oldi. Shohruhbiy o‘z hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara atroflarini bo‘ysundirib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Uning vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733) Xo‘jand, O‘ratepa, Samarqand, Jizzax, hatto Shahrisabzni o‘ziga bo‘ysundirib, mamlakat hududlarini ancha kengaytirdi. Shuning bilan birga u qurdira boshlagan shahar dastlab “Qal’ayi Rahimbiy” deb ataldi. Abdurahimbiyning bevaqt vafoti sababli ukasi Abdulkarimbiy (1733-1750) shahar qurilishini yakunlab, Tepaqo‘rg‘ondan 3poytaxtni yangi shaharga ko‘chirdi va Eski o‘rda degan joyida o‘rda-qal’a qurdiradi.
O‘sh, Andijon, Marg‘ilonni egallagan qalmoqlar 1745 yilda Qo‘qonni qamal qilganda Abdukarimbiy O‘ratepa hokimi Fozilbek yordami bilan qalmoqlarni mamlakat hududidan haydab chiqarib, davlat mustaqilligini saqlab qoldi. Qalmoqlar garov tariqasida Muhammad Abdurahimbiyning o‘g‘li Bobobekni olib ketishadi. Abdukarimbiy vafotidan keyin xonlar tez-tez almashtiriladi. 1750-1754 yillarda Abdurahmonbiy (1750-1751), Erdonabiy (1751-1753), Bobobek (1753-1754) xonlik qilganlar. Nihoyat, 1755 yilda Erdonabiy 2-marta hokimiyatga kelgach, xonlik ancha mustahkamlandi. U O‘sh va O‘zganni bo‘ysundirib, 1758-1759 yillarda Sharqiy Turkistonga ham yurish qilgan. Bu davrda Qo‘qon xonligi Buxoro va Xitoy bilan tengma-teng kurashadigan davlatga aylandi. Lekin Erdonabiy davrida olib borilgan urushlar mehnatkash xalqning aholini ancha og‘irlashtirdi. Yerdonabiy 1769 yilga qadar taxtni boshqargan. Undan keyin taxtga o‘tirgan Sulaymonbek bor-yo‘g‘i 6 oy xonlik qildi.
Qo‘qon xonligini 1770-1800-yillarda4 boshqargan Norbo‘tabek markaziy hokimiyatni mustahkamlash va bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda bir muncha muvaffaqiyat qozondi. U Chust va Namangan hokimlarining o‘zboshimchaliklarini tugatib, qo‘zg‘olon ko‘targan Xo‘jand shahrini bo‘ysundirdi va uni xonlikka butunlay qo‘shib oldi. Lekin 1799-yilda uning Toshkentni egallash uchun yuborgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Uning hukmronligi davrida olingan mo‘l hosil natijasida xalq faravonligi bir muncha yaxshilandi, Xitoy hukmdorlari Norbo‘tabek mustaqil xon ekanligini tan olgan. Uning vorisi Olimxon (1800-1810) davrida Qo‘qon xonligining siyosiy qudrati mustahkamlandi. Harbiy islohot o‘tkazib, qo‘shinni ancha mustahkamlagan Olimxon Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Natijada Qo‘qon savdogarlari Rossiya bilan bevosita savdo qila boshladilar. 1805 yildan Qo‘qon xonligidagi hukmdorlar rasman xon deb yuritila boshladilar. Bungacha ular “biy” va “bek” deb atalardilar.
Olimxon isyon ko‘targan Toshkentni bo‘ysundirish, O‘ratepani egallash va bosib olingan hududlarda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib bordi. U O‘ratepani bo‘ysundirish uchun 10 dan ortiq yurish qilgan. Olimxon olib borgan siyosat butun xalqning Olimxondan noroziligiga olib keldi va bu fitnaga sabab bo‘ldi. Olimxon 1810-yilda ukasi Umarxonning taxtga chiqarilganini eshitib, Qo‘qonga ketayotganda Oltiqush degan joyda fitnachilar tomonidan o‘g‘li Shohruxxon bilan birga otib o‘ldiriladi.
O‘zini amir deb atagan Umarxon (1810-1822)5 davrida siyosiy jarayon murakkablashib, Chimkent, Turkiston va boshqa shaharlarda g‘alayonlar ko‘tarildi. Davlatni boshqarishda yirik yer egalari, dindorlar, harbiy sarkardalar manfaatini himoya qilib, ular bilan ittifoqda bo‘lgan Umarxon bu g‘alayonlarni bostirib, xonlik hududini parchalanishdan saqlab qoldi. Uzoq urinishlar natijasida 1817-yilda O‘ratepani bosib oldi. Rossiya bilan aloqalarni mustahkamladi. 1818 yilda Umarxon “Amir ul-muslimin” unvonini olib xonlikdagi diniy hokimiyatni ham egalladi. Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan Umarxon davrida Qo‘qonda adabiyot, she’riyat ancha yuksaldi. 1822-yilda Umarxon kasallanib vafot etdi.
Umarxonning o‘g‘li Muhammad Alixon (1822-1842) hukmronligining dastabki yillarida Qo‘qon xonligining yerlari ancha kengaydi. U 1826-1831 yillarda Qashg‘arga bir necha marta yurish qilib, u yerdagi Xitoy hukumati bilan o‘zi uchun foydali shartnoma imzolagan bo‘lsa, 1834-yilgacha Qo‘qon qo‘shinlari Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatlarini bosib olgan. Ichki siyosatda Madalixon xonlik hayotida katta ta’sirga ega bo‘lgan, otasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yirik amaldorlarni surgun qildi, ko‘pchilikni qatl qildirdi. Bu holat xonlikda undan norozi bo‘lgan kuchlarning, birlashishuviga, dushmanlarining ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Muhammad Alixonning Sharqiy Turkiston va Oltoy tog‘lari ortida6 qo‘lga kiritgan, g‘alabasi sababli xushomadgo‘ylari uni “g‘oziy” deb ulug‘lashgani bilan mamlakatda undan norozilar ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Muhammad Alixonning shariatga zid axloqiy buzuqliklari ham unga qarshi aybnoma bo‘ldi. Natijada xonga qarshi fitna tayyorlana boshlandi. Lekin fitnachilar o‘z kuchlariga ishonmay 1839-yilda Buxoro amiri Nasrullodan yordam so‘rab, xoning ustidan shikoyat qilishdi. Amir Nasrulloning Madalixonni “kofir” deb fatvo jo‘natishi 1840-yilda Qo‘qon va Buxoro o‘rtasidagi urushga bahona bo‘ldi. Aslida Buxoro va Qo‘qon chegara shaharlar uchun tinimsiz urushlar olib borishgan. Bu urushda Madalixon qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchrab, uning o‘zi Buxoro hukumronligini tan olishga va Xo‘jandni topshirishga majbur bo‘ldi. 1842 yilda Qo‘qon7 xonligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olondan foydalanib, amir qo‘shinlari Qo‘qonni egallashdi va Nasrullo Madalixonni oila a’zolari bilan tutib keltirib, uning o‘zini, onasi-shoira Nodirabegimni, katta o‘g‘li Muhammad Aminni, ukasi Sulton Mahmudni va boshqalarni qatl ettirdi. “Qassob amir” Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga qo‘shib olinganini e’lon qilib, Ibrohim dodxohni Qo‘qonga noyib etib tayinladi. Ko‘p o‘tmay Toshkent ham Buxoroga bo‘ysundirildi.
Lekin buxoroliklarning talonchilik siyosati xalqning noroziligiga sabab bo‘ldi va oradan uch oy o‘tgach, qipchoqlar madadiga tayangan qo‘qonliklar Buxoro amaldorlarini haydab, Norbo‘tabiyning ukasi Sheralixon (1842-1845)ni taxtga o‘tqazdilar. U shaharni mustahkamladi. Natijada Buxoro qo‘shinlari Qo‘qonni 40 kun qamal qilib, qo‘lga ololmagach, qaytib ketishga majbur bo‘ldilar. Ko‘p o‘tmay Xo‘jand o‘z ixtiyori bilan Qo‘qon xonligiga qo‘shildi va Toshkent ham qayta egallandi. Hamda xonlik hududlari qayta tiklandi. Bu jarayonda alohida xizmat ko‘rsatgan qipchoqlar xonlikda yuqori mavqega ega bo‘la boshlaydilar. 1845-yilda Qo‘qon taxti davogarlaridan biri Murodxon amir yordami bilan taxtni egallab, bor yo‘g‘i 8 kun hukmronlik qildi. Bu siyosiy o‘yinni kuzatib turgan amiri lashkar Musulmonqul o‘z qizini uning o‘g‘li 13 yoshli Xudoyorxonga nikohlab berdi va Murodxonni fitnachi sifatida qatl qildirib, kuyovini Qo‘qon xoni deb e’lon qildi.
Xudoyorxon (1845-1858; 1863 (4 oy)8, (1865-1875-yy.) yosh bo‘lganligi sababli xonlikdagi boshqaruv Musulmonqul boshliq qipchoqlar qo‘liga o‘tdi. Saroyda cheksiz hokimiyatga ega bo‘lgan, bosh vazir, birinchi amaldor Musulmonqulning o‘z mavqeyidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi 1853-yil oxirlarigacha davom etib, bu holat xonlikda ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi. O‘ratepa, Xo‘jand, Marg‘ilon hokimlari Toshkent hokimi Nurmuhammad boshchiligida Musulmonqulga qarshi guruh tashkil etishdi. 1852-yil fevral va iyun oylarida Musulmonqul Toshkentga katta qo‘shin bilan yurish qildi. Lekin iyun oyidagi jangda qayin otasi vasiyligidan norozi bo‘lgan Xudoyorxon qo‘zg‘olonchilar tomonga o‘tdi. 1853-yil kuziga kelib Musulmonqul ham qo‘lga olinib qatl etildi. Bu paytda rus qo‘shinlari xonlik sarhadlariga bostirib kirib, Oqmachit, Jo‘lak, Kumushqo‘rg‘onni bosib olayotgan edi. Rossiya bilan Qo‘qon urush holatiga o‘tdi. Rossiyadek tashqi dushman xonlik sarhadlariga xavf solib turgan bir paytda xon amaldorlari, xonlar birlashish o‘rniga ular orasidagi o‘zaro kurash, fitna avj oldi. Natijada Qo‘qon xonligi hududlari chet el bosqinchilarining zulmi ostiga tushib qoldi. 1876-yilda Qo‘qon xonligi tugatildi.
Miraziz bin Muhammad Rizo Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy”, Otabek Fozil o‘g‘lining “Mufassal Tarixi Farg‘ona”, Shavqiyning “Tarixi Turkiston”, Junaydullaxoja o‘g‘li Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidi Toshkand” kabi asarlari Qo‘qon xonligi tarixi haqidagi muhim manbalar hisoblanadi. Shuningdek, rus elchilari, sayyohlari, harbiylari tomonidan yozilgan hisobotlar va arxiv hujjatlari ham ma’lum qimmatga ega manbalardir.
Xonlikdagi davlat boshqaruv tizimi, iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzimidagi ba’zi bir o‘ziga xoslikni hisobga olmaganda Buxorodagidan aytarli farq qilmagan. Madaniy hayoti, ta’lim tizimi ham aynan Buxorodagi kabi bo‘lib, tabiiy, dunyoviy fanlarga unchalik e’tibor berilmagan. XIX asrda xonlikning markaziy shaharlarida madrasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, Qo‘qonning o‘zida 15 ta madrasa bo‘lsa ham, Buxoroda ta’lim olgan kishilarning mavqeyi ancha baland bo‘lgan.
Umarxon davrida shakllangan va rivojlangan Qo‘qon adabiy muhiti ta’sirida yaratilgan adabiyot va she’riyat namunalari madaniyat rivojining ko‘rinishi bo‘ldi. Umarxon buyrug‘i bilan Fazliy va Mushriflar tomonidan tuzilgan “Majmuat ush-shuaro” nomli tazkira XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan ijodkorlar haqida muhim ma’lumotlar beruvchi qimmatli asardir. “Devoni Huvaydo”, “Rohati dil” asarlarining muallifi Xo‘janazar Huvaydo, “Hapalak”, “Ta’rifi viloyati Qurama” kabi she’rlar ijodkori Maxmur, hajvchi shoir Gulxaniy (u “Zarbulmasal” asari bilan mashhur”), Fazliy, Mushrif, G‘oziy, Sodiq, Xotif, Amiriy va boshqalar bu davrning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlaridir. Ular qatorida Uvaysiy, Nodirabegim, Dilshodi Barno, Mahzuna kabi ijodkor ayollarning ham sezilarli o‘rni bor. 9
Qo’qon xonligiga 1710 yilda minglar urugidan bulgan Shoxruxbiy tomonidan asos solingan. Bu sulola uzini Buxoro xonligidan mustaqilligini e`lon qilib, davlat poytaxti sifatida Qo’qonni tanladi. Xonlik xududi dastlab Andijon, Namangan, Qo’qon va Margilon viloyatlaridan iborat edi. Keyinchalik XIX asrning 1-yarmida Qo’qon xonligiga Toshkent, Turkiston, Uratepa, Xujand va boshqa bir kancha xududlar kushib olindi. Qo’qon xukmdorlari xonlik unvonini rasman 1800 yildan kabul qilganlar. Bu unvonni birinchi bor Olimxon qo’llay boshladi.
Qo’qon xonligida xam davlatning tanxo xukmdori xon xisoblangan. Xon uz davlat ustidan yagona xukmdor bulib, uning buyrugi suzsiz bajarilgan. Xondan keyingi ukori lavozimi mingboshilik lavozimi edi. Mingboshi bosh vazir vazifasini bajargan va ayni paytda bir kancha vilochtlarni xam boshqargan. Viloyat va tumanlar esa maxalliy amaldorlar yoki xonning karindosh uruglari tomonidan boshqarilgan.
Qo’qon xonligi urtasida aloxida devon xam tuzilgan. Devon davlatning ichki ishlari masalalarini muxokama qilgan va tegishli karorlar va farmonlar chikarishga maslaxatlar berib to’rgan. Devon a`zolari asosan urug oksokollaridan va ruxoniylardan tashqil etilgan. Davlat ishlarida din peshvolarining mavkei yuksak edi. Bu erda xam shayxulislom din ishlari buyicha oliy raxbar edi. Sud, jazo ishlari va turli ajrimlarni kozikalon xal qilgna. Shayxulislom xam, kozikalon xam xon tomonidan tayinlangan. Xonlikda xon tayinlanadigan va etuk qonunshunoslar ichida tanlanadigan mufti katta mavkega ega bulgan. Muftilar turli masalalar buyicha fatvo chikarishar edi. Uni muxr bilan tasdiklab koziga berilgan va kozi bu fatvo buyicha xukm chikargan. Xonlikdagi axolining yurish-turishi va jamoat joylarining nazorati muxtasib kulida edi va u kozikalondan keyingi yukori mansab edi. Xonlik xududida osoyishtalikni saklash kurboshilar zimmasida bulgan.
Qo’qon xonligidagi feodal ekspulatatsiya shakli mavjud soliklar va majburiyatlar tarzida namoyon bulgan. Bu erda xam asosiy soliklardan biri xiroj edi. Uning mikdori turlicha bular edi. Bozorlardan tuplanadigan yigimlar xazinaga katta foyda keltirgan. Bundan tashkari yana kuplab tulovlar bulgan va ularning soni ortib borgan. Masalan, Xudoyorxon davrida xarajat puli, karagay puli, utish puli, dallol puli, kuk puli, chup puli kabi kushimcha tulovlar joriy qilingan edi. Xonlikda xashar juda keng tarkalgan majburiyat bulib turli ommaviy ishlar majburan oddiy mexnatkashlar tomonidan tekinga amalga oshirilgan. Xarbiy xizmat majburiyati eng ogir majburiyatlardan biri edi. Urush bulib kolgan takdirda xar bir erkak uz kuroli, ozik-ovkati bilan urushga katnashishga majbur edi. Xonlikning muntazam kushini bulmagan.
Xonlikda urug-kabilalar urtasida va kushin xonliklari bilan tez-tez bulib turadigan urushlar xalq boshiga ulkan musibatlar soladi. Tobora ortib borgan zulm natijasida xonlik xududida bir necha bor kuzgalonlar kutarilgan. Bundan kuzgalonlarning eng yirigi 1873-1876 yillardagi Pulatxon kuzgolonidir. Bu kuzgolonni bostirish baxonasida chor Rossiyasi 1876 yilda Qo’qon xonligini tugatadi.
Qо‘qon davlat boshqaruv tizimida eng oliy xukmdor «xon» bо‘lib, u deyarli chelanmagan xuquqqa ega edi. Qо‘qon xonlari dastlab «biy» unvonida bо‘lib, Olimxon davridan boshlab (1805 yildan boshlab) «xon» unvoni joriy etilgan. Uning vorisi Umarxon(1810-1822) esa о‘ziga «amir al-mо‘minin» unvoni oldi va amalda siyosiy va diniy xokimyatni birlashtirdi. Garchi xon cheksiz xokimyat egasi sanalsada, saroyda urug‘ boshliqlari va qо‘shin qо‘mondonlarning ta’siri kuchli edi. Bu esa xonning siyosiy kuch-qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy guruxlarga bog‘liq ekanligini kо‘rsatadi.
Xon saroyda tuzilgan Kengash muxim ishlarni kо‘rib chiqqan va unga mingboshi raxbarlik qilgan. Bu kengashning davlat boshqaruvida axamiyati katta edi. Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh vazir) va amirlashkar (xarbiy vazir), qushbegi- xon maslaxatchisi yoki viloyat xokimi, parvonachi (xon maslaxatchisi), shig‘ovul (vaziri ilmiya) va boshqa amaldorlar katta о‘rin tutgan. Ular о‘z xizmatlari evaziga yillik maosh olganlar. Shuningdek, ularga xizmatlari uchun yer-mulklar ham in’om etilgan.
Manbalarga kо‘ra, Qо‘qon shaxriga minglardan Abduraximbiy (1721-1733) asos solgan. Abduraximbiy Qо‘qon qishlog‘i yaqinida shaxar qurdira boshlaydi va dastlabki vaqtlarida bu shaxar «Qal’ai Raximbiy» deb atalgan. Abduraximbiy kasallanib 33 yoshida vafot etgach, shaxarning qurilishini ukasi Abdukarimbiy (1733-1752) nixoyasiga yetkazadi va poytaxtni Tepaqо‘rg‘ondan Qо‘qonga kо‘chirib keltiradi. Shu tariqa Qо‘qon shaxri davlat poytaxtiga aylanadi va keyinchalik davlatning nomi ham Qо‘qon xonligi degan nom oladi.
Xonlik ma’muriy jixatdan bekliklarga bо‘lib idora qilingan. Xonlikning asosiybeklari sifatida Namangan, Marg‘ilon, Andijon, Tо‘raqо‘rg‘on, О‘sh, О‘ratepa, Xо‘jand, toshkent, Turkiston, Chimkentni kо‘rsatish mumkin. Bekliklar xon tomonidan belgilangan xokim-qushbegi tomonidan idora etilgan va har bir beklik о‘z navbatida boshqa kichik ma’muriy birliklarga bо‘lingan.
Qо‘shinlar о‘n minglik, minglik va yuzliklarga bо‘lingan. Dodxox, qо‘shbegi, mingboshi, amirlashkar asosiy xarbiy lavozimlar xisoblangan. Tarixchi Mullo Olim Maxmudxoja о‘zining «Tarixi Turkiston» asrida Qо‘qon xonligidagi barcha xarbiy-ma’muriy unvon va mansablarni sanab о‘tadi va ularning qurollanishi, maoshlari, mulklari va boshqlar xaqida batafsil ma’lumot berib о‘tadi.
XIX asr о‘rtalarida, ayniqsa, Mallaxonning xonligi va Aliqulining amirlashkarligi davrida xonlikda katta harbiy islohotlar о‘tkaziladi va qо‘shin tuzilishi, turlari, harbiy qurol – yarog‘lar takomillashitiriladi. Biroq, bu ish Rossiya bosqinchiligi davom etib turgan vaqtlarga tо‘g‘ri kelganligi uchun va Aliqulining halokati bilan oxirigacha yetkazilmay qoladi. Bu esa о‘z navbatida xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidagi asosiy sabablardan biri edi.
Xonlik iqtisodiy xayotida dexqonchilikning salmog‘i juda yuqori edi. Xonlik xududlarida suv manbalarining yetarli ekanligi dexqonchilikdan yuqori xosil olishga imkon berardi. Asosiy ekinlar donli ekinlar, polizchilik, yubog‘dorchilik, sabzavotchilik, sholikorlikdan iborat edi.
XIX asrga kelib, xonlikdagi paxta maydondlari tо‘xtovsiz ravishda kengayiyub bordi va paxtaning asosiy xaridori Rossiya edi. Xonlikdagi asosiy yerlarning egasi davlat hisoblangan. Undagi eng katta mulkdor xonning о‘zi edi. Harbiy ma’muriy amaldorlarga beriladigan «tanho», «tarxon» mulklari faqatgina xizmat uchun berilgan va meros qoldirilmagan. Asosiy yer egaligi shakllaridan biri vaqf edi va bu yerlar diniy mahkamalar va madrasalar uchun asosiy daromad manbai edi.
Iqtisodning asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik bо‘lib, tog‘ oldi hududlari, Toshkent vohasi va Turkistonda yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda eng rivojlangan soha - qо‘ychilik va yilqichilik hisoblangan. Shuningdek, xonlikning barcha hududdlarida uy chorvachiligi keng tarqalgan edi.
Xonlikdagi hunarmandchilik markazlari Qо‘qon, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, О‘sh, Hо‘jand, Turkistonda edi. Mamlakatda siyosiy vaziyat keskin bо‘lib turishiga qaramay savdo-sotiqning mavjudiligi katta ahamiyatga ega edi. Qо‘qon, Marg‘ilon, Chimkent, О‘ratepa, Andijon, Toshkent asosiy savdo markazlari sifatida nom chiqargan.10
Ichki savdo munosabatlari mahalliy maxsulotlar asosiy о‘rin tutardi. Tashqi bozorga chiqadigan maxsulotlarning asosini qishloq xо‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, ip, mato, quruq meva va boshqalar) tashkil etib, ular XIX asrdan boshlab, bevosita Rossiyaga chiqarila boshlandi. Tashqi davlatlardan (Xitoy, Rossiya, Hindiston) asosan metall va metall buyumlar, fabrika mahsulotlari, choy va boshqalar keltirilar edi. Xonlikdagi asosiy soliq hiroj bо‘lib, u pul va mahsulot tarzida undirilib olinardi. Zakot va boshqa soliqlar bilan birga kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlari, turli qurilishlar kabi majburiy ishlar ham mavjud edi.
Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan xududlarda 1867 yil 14 iyulda Turkiston general-gubernatorligi hamda Turkiston xarbiy okrugi tashkil etildi. General-gubernator etib tayinlangan general K.P. Fon Kaufmanga cheklanmagan vakolatlar berildi va Turkiston general-gubernatorligining markazi etib Toshkent shaxri belgilandi.
1867 yil 14 iyulda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgach, mustamlakachilar bosqinchilik bilan birga siyosiy xukmronlik faoliyatlarini ham kuchaytirdilar.
General-gubernatorlik markaziy boshqaruvi Turkistonda mutloq xukmron mavqega ega bо‘ldi. Turkiston general-gubernatori о‘z qо‘lida xarbiy va fuqaro xokimyatini birlashtirgan. Ayni vaqtning о‘zida u podsho noibi, xarbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondoni, Yettisuv kazak qо‘shinlari qо‘mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham о‘z qо‘lida birlashtirgan edi. Uga Buxoro amiri va Xiva xonlari ham bо‘ysunishgan.
Shuningdek, markaziy boshqaruvda general-gubernator maxkamasi ham aloxida о‘ringa ega bо‘lgan va u tо‘rt bо‘limdan iborat edi.
Birinchi bо‘lim-ma’muriy va nazorat ishlarini boshqargan.
Ikkinchi bо‘lim-bosh boshqarmaning ma’muriy va nazorat ishlarini boshqargan.
Uchinchi bо‘lim-soliqlar, shaxarlar mablag‘lar hamda boshqaruvga doir nizomlar tayyorlash ishlari bilan shug‘ullangan.
Tо‘rtinchi bо‘lim maxsus bо‘lim bо‘lgan.
Turkiston general-gubernatorining Rossiya imperatoriga tobe Buxoro amiri va Xiva xonligi hamda Afg‘oniston va Koshg‘ar bilan munosabatlarini maxkamaning diplomatik idorasi 1899 yilgacha boshqargan. Shu yildan boshlab bu vazifani boshqarish uchun general-gubernator xuzurida diplomatik lovozim joriy etildi.
Turkiston о‘lkasi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida genarl-gubernator bо‘ysunmaydigan markaz vakillari-adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklari ham faoliyat yuritgan. 90-yillarga kelib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibida 5 viloyat bor edi. Bular Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiyorti viloyatlari edi. Viloyatlarni shaxsan imperator tayinlangan rus armiyasi generallari boshqarar edi. Ular xarbiy gubernator lavozimida bо‘lib, о‘z qо‘llarida fuqaro va xarbiy xokimyatni birlashtirgan edilar. Xar bir xarbiy gubernator qoshida viloyat boshqarmalari bо‘lib, ular gubernator boshqarmasi xuquqiga ega bо‘lganlar va boshqaruvning barcha soxalari ustidan nazorat о‘rnatganlar.
Viloyatlar о‘z navbatida uezdlarga bо‘lingan va ularni uezd boshliqlari idora qilgan. Uezd boshlig‘i viloyat xarbiy gubernatori tavsiyasi bilan bevosita genarl-gubernator tomonidan shu lavozimga tayinlangan. Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan viloyatlar bir qancha uezdlarga bо‘lingan. Jumladan, Sirdaryo viloyati Toshkent, avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, Chimkent uezdlariga: Farg‘ona viloyati Marg‘ilon, Andijon, Qо‘qon, Namangan, О‘sh: Samarqand viloyati Jizzax, Samarqand: Yettisuv viloyati Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsin, Pishpak, Prjevalsk: Kaspiyorti viloyati Ashxobod, Krasnavodsk, Mang‘ishloq, Marv va Tajan uezdlariga bо‘lingan.
Xar bir uezd boshliqlari ma’muriy, politsiya va xarbiy xokimyatni boshqargan. Ular jarima solish va 7 kungacha xibs qilish vakolatiga ega bо‘lib, asosan mayordan polkovnikkacha bо‘lgan unovondagi xarbiylardan tayinlangan. Uezd boshliqlari xalq tilida «xokim tо‘ra» deb atalgan. Uezdlarni uchastkalarga bо‘lib idora qilingan. Ularni kichik unvondagi xarbiylar boshqargan. Uchastka boshliqlari uchastka pristavi lavozimida bо‘lib, jarima solish (5-10 sо‘m) va 3 kungacha xibsda saqlash xuquqiga ega bо‘lganlar.
Uchastkalar xarbiy-ma’muriy boshqaruv tizimining eng quyi pog‘onasi bо‘lgan va ulardan sо‘ng maxalliy quyi ma’muriy muassasalar turgan.Politsiya maxkamasi mustamlakachilikning asosiy tayanch idorasi xisoblangan va katta vakolatlarga ega bо‘lgan. Bosh mirshab vazifasini general-gubernatorning о‘zi bajargan bо‘lsa, viloyat va uezd boshliqlari ham bu soxada katta vakolatlarga ega bо‘lgan.
Turkiston shaxarlarida politsemeyster vazifasi joriy etilgan bо‘lib, Toshkent shaxrida Yangi va Eski shaxar politsemeysterlari ish olib borganlar. Politsiya pristavlari politsemeysterlarga bо‘ysungan. Tartib nazorat ishlari bilan esa mirshablar shug‘ullanganlar.
Sud xokimyati tizimi tuman sudlari, sud palatasi xuquqidagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudlar qurultoylar va xarbiy suddan iborat bо‘lgan. Tuman (uezd) sudlari tomonidan mayda jinoiy ishlar kо‘rilsa, viloyat sudlari tomonidan norozilik shikoyatlari hamda katta miqdordagi iqtisodiy jinoyatchilik va davlat yoki xokimyatga qarshi jinoyatlar va boshqalar kо‘rib chiqilgan.
Mustamlakachilik manfaatlarining ashadiy ximoyachisi bо‘lgan imperiya sudlari shafqatsiz jazo, tergov va xukm usullaridan foydalangan va xalq orasida daxshat solib turgan.Umuman olganda Turkiston о‘lkasida joriy etilgan markaziy boshqaruvi va sud xokimiyati tizimi mustamlakachilik va zо‘ravonlik asosida tashkil etilgan bо‘lib, о‘lkada mustamlakachilik tuzumini ximoya qilish va mustaxkamlashga yо‘naltirilgan edi.
1917 yil bolsheviklar Rossiyada xokimiyatni egalladilar.Turkistonda xam shurolar xokimiyati urnatildi. О‘rta Osiye byurosi bu tezislarni milliy xato deb e’lon kildi.10 martdagi birlashga kengashda maxalliy millat vakillari Urta Osiye Federatsiyasi tuzishni, Turkistonning yaxlitligini buzish maqsadga muvofik emasligini ta’kidladilar.Xorazm respublikalari xam aloxida fikr bildirib, Xorazmni chegaralariga kushmaslik masalasini kuydilar.
Urta Osiyeda Turkiston ulkasi va ikki mustakil davlat urnida yangidan tuzilgan respublikalar yana ilgaridek markazgan arzon xom yeshe yetkazib berishga ixtisoslashtirildi. Avval bunday bulishi mumkin emasdi.1990 yillarga kelib «Qizil imperiya xalok bо‘ldi.
Tashkiliy byurosi о‘zining 1924 yil 31 yanvardagi majlisida boshqa masalalar bilan bir qatorda Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-xududiy chegaralanishi tо‘g‘risidagi masalani ham kо‘rib chiqdi va Y.E.Rudzutakka mazkur respublikalarning masul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda shunday rо‘yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilib kо‘rishni topshirdi. Mazkur g‘oyaning paydo bо‘lishi о‘zining ilk tarixiga eta bо‘lib, u 20-yillarning dastlabki davridagi voqealar bilan chambarchas bog‘liq edi. Biroq haqiqiy sabablari о‘z ildizlari bilan ancha ilgariga borib taqaladi. Bolsheviklar partiyasining markaziy organi о‘z qarori bilan chorizmning Turkiston mustamlakasini boshqarish sohasidagi imperiyacha siyosati prinsiplariga sodiqligini isbotladi, mazkur siyosat Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizomga (18о‘1 yil) muvofik о‘tkazib kelinayotgan edi. О‘rta Osiyonint ma’muriy —xududiy xaritasini qaytadan tuzish borasidagi о‘z miqyoslari va oqibatlari bilan ulkan bо‘lgan bolshevikcha bu karakat chorizm nizomining takomillashgan shaklini amalda rо‘yobga chiqarish uchun qо‘yilgan dastlabki qadam edi.
Sovet voqeligining shundan keyingi tajribasi bu bashorat qilingan yо‘l-yо‘riqlarni batamom tasdiqladi. 1920 yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolsheviklar avj oldirib yuborgan amaliy faoliyatyaning asosiy maqsadini faqat ana shu asosda baholash mumkin.
1920 yil sentabrda Sovetlarning IX Umumturkiston syezdi TASSR Konstitusiyasini tasdiqladi, uning loyhasini Turkkomissiya tayyorlagan edi. Konstitusiyada aytilishicha, «Turkistonda yashovchi asosiy xalqlarniyag, ya’ni: turkmanlar, о‘zbeklar, va qirg‘izlarning (qozoqlarning—Tahririyat) muxtor reslublikasi deb e’tirof qilinib, asosiy milliy guruxlar, iqtisodiy va maishiy ukladi bо‘yicha viloyatlarga bо‘linadi va RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi degan nom bilan ataladi». Xullas, Turkiston aholisining bо‘linishi, uning etnik nomi bо‘yicha ma’muriy – hududiy tuzilishi Konstitusiya asosida mustahkamlandi. Holbuki, О‘rta Osiyolik xalqlar uchun birlashtiruvchi omil u vaqtda diniy va xududiy mansublik edi. Aynan hududiy madaniy-diniy birlik о‘sha vaktda О‘rta Osiyoda yashovchi xalqlar ongida va о‘z nomida aks etgan bо‘lib, “musulmon”, “turkistonlik”, “samarqandlik”, “farg‘onalik”, “buxorolik”, “xivalik” kabi nomlar bilan atalib kelinar edi. Turli davrlarda q topgan О‘rta Osiyo davlat lari, ularnkyag yachkya ma’muriy tuzyalishi ‘‚am ana shu dudiy, madaniy, diniy umumyaylyakka asoslangan edi.
Amir Umarxon AmiriyQo‘qon xoni, zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chiqarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi – Qo‘qon xoni Olimxonning davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807-1808-yillarda unga Farg‘ona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodiraga)ga uylangan.
Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda ko‘tarilgan g‘alayonni bostirish uchun qo‘shin tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810-yilda Umarxonni xon qilib ko‘taradilar, Olimxon esa o‘ldiriladi. Umarxon Qo‘qon xonligi hududini kengaytirish, hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga qarshi Turkiston shahri (1815), O‘ratepani (1817) bosib olgan. Sirdayo bo‘yidagi yerlarda yangi qo‘rg‘on, Julek Qamishqo‘rg‘on, Oq machit, Qo‘shqo‘rg‘on nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular O‘rta Osiyoni Rossiya bilan bog‘laydigan muhim savdo yo‘lida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga harakat qilgan. Umarxon davrida Qo‘qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda ko‘tarilgan qo‘g‘alon bostirilgan. XIX asrning 1-yarmida Qo‘qonda o‘ziga xos ilmiy-madaniyat muhit vujudga kelgan – uning boshida turgan ma`rifatparvar hukmdor Umarxon ilm, madaniyat, san`at, adabiyot, turli kasb-hunarlarning rivojiga katta etibor berilgan, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qo‘llab-quvvatlagan. Ozi ham «amiriy» tahallusi bilan she`rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she`rini o‘z ichiga olgan «Majmuai shoiron» to‘plamini tuzgan. Uni ulug‘lab qasidalar yozish, g‘zallarga tatabbular bog‘lash bu shoirlar ijodida yetakchi o‘rin tutgan.
Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedlni o‘ziga usto sanab, ulardan ijod sirlarini o‘rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g‘zallariga muhammaslar bog‘lagan. Aruzning Turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o‘ynoqi vazinlaridagina yozilgan bu she`rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda an`anaviy motivlar tasuvvufiy ruh ustun. O‘zbek va fors-tojik tilidagi she`rlarini to‘plab, devon tartib berilgan. Devon g‘azal, muhammas, musadda, tuyuq janrlaridagi o‘n ming misradan ortiq she`rni o‘z ihiga olgan.
O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish bo‘limining ilmiy hodimlari tomonidan Umarxonning turli dvrlarda ko‘chirilgan 26 ta qo‘lyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tafsifi berilgan. Bu qo‘lyozmalar Snkt-Peterburg, Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. Ozbekiston FA Sharxshunoslik instituti qo‘lyozmalar ondida Umarxonning 17 ta qo‘lyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usulda chop etilgsn devonlari va shoir she`rlarida namunalar berligan bayozlar bor.
Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Umarxon va Nodiraning o‘g‘li. Otasi Umarxon vafotidan keyin 17 yoshida taxtga o‘tirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirishga uringan. Janubiy Olay tog‘ etagida tojiklar bo‘ysundirilgan. Qorategin butunlay, Darvoz, Shug‘non, Roshan, Vohonfaqat nomigagina zabt etilgan. 1829-yilda Qashqarga yurish qilgan. Uning bu harakatidan foydalangan Qashqar musulmonlari xitoylarga qarshi bosh ko‘targan. Mag‘lub bo‘lgan uyg‘urlardan 70 mingi Muhammad Alixon bilan birga qaytib, Qo‘qon xonligidagi shaharlarga (jumladan, Toshkentga) joylashtirilgan. Muhammad Alixon Qashqarga qilgan qayta-qayta hujumi natijasida Sharqiy Turkiston shaharlaridan boj yig‘ish huquqini olgan. Muhammad Alixon hukmronligi davrida sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq qazilgan. Toshkent hokimi Lashkar qushbegi Muhammad Alixonning yaqin maslahatchisi bo‘lib qolgan. Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 1828-yilda Qo‘qondan Sankt-Peterburgga elchilar boradi va ular yaxshi kutib olinadi. 1830-yilda Qo‘qonga Rossiya elchisi xorunjiy Potanin keladi.
Muhammad Alixonning hukmronlik davrida Qo‘qon-Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi.
Feodal tuzum asosida tashkil topgan o`zbek xonliklarining ma`muriy tuzilishi shu jumladan Qo`qon xonligida hamhukron doiralarning manfaatini himoya qilishga asoslangan edi.
Qo`qon xonligi Marg`ilon, O`sh, Andijon, Namangan Shahrixon Baliqchi, Navqat, Chust, Buloqboshi, Aravon, Koson, Mahram, Sux, Bobodarxon, Xo`jand, Toshkent, Turkiston va O`ratepa bekliklariga bo`lingan. Beklar hokim yoki parvonachi deb nomlangan Qo`qon xonligida Beklarbegi hisoblangan -Toshkent begi parvonachi yoki qushbegi deb atalgan. Toshkent bekligi o`z qo`li ostidagi yerlarga to`la hokim bo`lib, u chet davlatlar bilan o`zaro iqtisodiy va diplomatik munosabatlar bog`lash huquqiga ega edi.
O`rta Osiyoning boshqa xonliklari kabi Qo`qon xonligida ham xonning huquqi mutlaqo chegaralanmagan. Xonlikda quyidagi mansablar mavjud bo`lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozikalaon qushbegi, mextar parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og`asi, inoq, shig`avul, to`qsoba mirokur qorovulbegi va boshqalar. Xo`jakalon, naqib, mirasad, sadr, sudur, uraq mansablari faqat Muhammad payg`ambar va to`rtta xalifalar avlodlariga mansub shaxslarga taqdim qilingan
Shayxulislom mavlavi, qoziqalon, qoziul, quzzot, qozi askar, qozi mutlaq, qozi rais, mufti a`lam, mudarris imomlar shunday shaxslar bo`lishi kerak ediki, ular musulmon maktablarida ta`lim olgan bo`lishlari shart edi. Shayxulislom unvonini olish uchun bilimdon, o`qimishli bo`lish haqidagi hujjatdan tashqari tayinli nasl-nasab ham talab qilingan. U xo`jalar avlodidan bo`lishi lozim edi. Shahardagi tungi tartibni qo`rboshi boshchiligidagi ma`lum miqdordagi soqchi (mirshab)lar nazorat qilishganlar.
Shuningdek, muxtasiblar lavozimiga odatda axloqiy sifatlari bilan ajralib turgan va shariat qonunlarini yaxshi bilgan shaxslar tayinlangan, ular rais-a`lam deb ham atalgan.
Xonning daromadini maxsus amaldorlar boshqarishgan: mirzai daftar xon xazinasining ahvoli haqida maxsus daftarga qayd qilib borgan. Sarkar va inoq xonlik xazinasiga qabul qilinadigan maxsulotlarni saqlovchi hisoblangan. Pullarning hammasini mehtar yoki xonning g`aznachisi (kassiri) qabul qilgan, shuningdek, u xonning barcha qimmatbaho buyumlarini boshqaruvchisi ham bo`lib hisoblangan.
Odatda, vaqtinchalik hukmronlik qiluvchi guruhning eng nufuzli shaxslari xonlikdagi yaxshi lavozimlarni egallab olganlar. Barcha masalalarni hal qilish uchun xonga qarshli doimiy kengash tashkil qilingan edi. Unga xonning o`zidan tashqari otaliq, mingboshi, parvonachi, sarkar, dasturxonchi, risolachi, g`aznachi, muxtar, noib, xudaychi, va xonning istagi bilan bazilar amalda esa mingboshining maslahatiga muvoffiq kiritiladi.
Xonlik hayotida ruhoniylar fuqarolar ishini hal qilishda qozilikka oid hamma ishlarni oshkor qilardilar. Qozilik ishlarini ma`lum tartibda ko`rish faqat shariat va odatlar asosida olib borilgan. Qo`qon xonligida mavjud bo`lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo`lgan. Mingboshi –odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin pansadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o`n boshi to`pchiboshi, zambarakchi va boshqalar. Bulardan tashqari boshqa harbiy mansablar ham bo`lgan. Qo`qonda yashagan sarboz va to`pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarufida bo`lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o`z qismiga harakatdagi qo`shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan. Unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qo`mandon) ga topshirdi. Har bir kishi harbiy xizmatga kirishda hukumatdan otva om abzali olgan, safarga chiqishdan oldin yuzboshi -2tilla, ellikboshi-1,5 tilla oddiy askar -1tilla olgan. Qo`shinlarni taminlash 1851-yilda pulli unvonlar va oziq ovqat naturasidan iborat edi. Bir yilda yuzboshi- 147 so`m kumush tanga, Mingboshi-98so`m, o`nboshi-65so`m, oddiylar 43 so`m olgan. 1860 yilda qo`qonliklarda aslini olganda muntazam hatto bir ozgina bo`lsa ham oldindan tashkil etilgan qo`shin yo`q edi.
Xonlikda tinchlik xotirjamlikni saqlash va qal`a gornizoni uchun haq to`lanadigan ko`ngillilar xizmat qilardi. Urush vaqtida xizmatga qurol ko`tarib yurishga layoqatli bo`lgan barcha erkaklar chaqirilgan. Harbiy xizmatga ko`pincha kuz oylarida chaqirilgan. Quyi mansabdagi xizmatchilar hukumatidan bir yilda ikki qopdan arpa, oyiga bir tilladan pul olardilar. Bulardan tashqari ayni zamonda ularga bahorda 4tadan yozlik to`n, ko`ylak, etik, salla, do`ppi va belbog`, qishda esa issiq chopon, oshlangan po`stin, etik, issiq shapka va ot berilardi, qurollardan qilich, nayza, miltiq berilgan. Miltiq hammaga emas faqat otishni biladiganlarga tanlab berilgan, umuman qo`qonliklarning qurol aslahasi juda yomon bo`lgan.
Shunday qilib, tashkil etilgan qo`shinning o`z boshliqlari bo`lgan: mingboshi asosiy harbiy boshliq, pansadboshi, yuzboshi yasavul, ularning bir qismi xo`jalik ishlari bilan ham shug`ullanganlar. Xon harbiy yurishlar vaqtida viloyat va qal`a hokimlariga shuningdek, xalqqa qo`shinlarni belgilangan joyga ma`lum kunda yig`ish haqida farmon berardi.
Ponsadlar o`zlariga yuzboshi yasavvul va boshqalarni yordamchi qilib olib, ko`ngilli qo`shin boshlig`i bo`lib, bu buyruqni bajarardilar. Shundan keyin xon o`zining soqchilari bilan safarga chiqardi. Yo`l boylab garnizon va qal`alarda qo`shin to`plab unda faqat zarur miqdordagi harbiylarnigina qoldirgan. Xonga ko`ngillilar ham qo`shilib borgan. Qal`alardan tashilgan har bir zambarakka 6tadan ot qo`yilgan, bundan tashqari yana zaxirada 25tadan (kerak vaqtda ishlatish uchun) otlar bo`lgan. Qurollar uchun zaryadlar va miltiq uchun o`qlar alohida maxsus sandiqlarda tashilgan.
Qo`qonliklar o`z qal`alarini himoya qilganlarida olovli sharlarni ham ishlatar edilar. Bunday qurolni tayorlash maxsus tayorlangan charmga porox o`ralib u yo`g`on sim yoki arg`amchi (arqon ) bilan qattiq bog`lanib, trubka tiqib, sharning ustini mum bilan surkashardi va uni yoqib dushman tomon uloqtirar edi.
Bazi ma`lumotlarga qarganda, xon XIX asrning 50-yillarida 20kun davomida 40 000ga yaqin kishilik qo`shinni to`plashga va ular bilan safar qilishga muvaffaq bo`lgan.
Beklar xon tomonidan belgilangan soliqlarni harbiy kuchlarni to`plab xonga topshirishga majbur edilar. Ammo ular boshqa ishlarni istaganicha qilardilar. Hatto harbiy kuchlar va soliqlar yig`ish ishlarini ham o`z bilganicha bajaraverardi.
Turli soliqlardan to`plangan pulning tegishli qismini xonga yuborib, qolganini bekning o`zi xohlaganicha sarflay berar uni hech kim nazorat qilmas edi.
Oqsoqol, mingboshi, yuzboshi va ellikboshilar aholi o`rtasida bo`lgan obro`li kishilardan saylanar edi. Ular bu lavozimlarga masjid nomozlaridan so`ng aholi o`rtasida saylanardilar.
Beklarga qarshli shaharlarda rais, qo`rboshi mirshab, qozi mirza va mirzaboshilar qishloqlardan kelgan daromad hisobiga yashar edilar. Masalan, har ikki uch ponsodboshi (besh yuz boshi) ga ayrim qishloqlar tanho tariqasida berilib, shundan kelgan daromad ular o`rtasida taqsimlanardi. Masalan, to`qsaboshi va boshqa yuqori mansabdor harbiy boshliqlarning besh oltitasiga bir qishloq tanho qilib berilardi: ularning har biriga boshqa daromadlaridan tashqari O`rta hisobda 100, 80, 70 chorak (7 qadoqqa yani 2kg 800 gm ga teng bo`lgan og`irlik) to`g`ri kelardi.
Qorovulbegi, miroxur va boshqa amaldorlarning har 15-20tasiga bir qishloq tanho qilib berilardi. Ularning har biriga boshqa daromadlaridan tashqari 50-30 chorak bug`doy to`g`ri kelardi. Bundan tashqari xon xarbiy boshliqlarga har yili sarpo kiyg`izish baytlarda har bir ponsodga 1000(200 so`m) qolganlarining har biriga 500tangadan 80 tangagacha pul berilgan. Urush davrida yuzboshiga har oyda ikki tilla ellikboshiga bir yarim tilla oddiy navkarlarga esa bir tilladan aqcha berilar edi va h.k.
Qo`qonda ham boshqaruv tizimi ko`p jihatdan buxorodagi holatni eslttsa-da ammo uning ham o`ziga xos tomonlari bo`lgan. Qushbegi, devonbegi, otaliq, parvonachi dodxoh kabi mansablarning mavqei bu yerda ham baland hisoblangan, holda harbiy lavozim egalarining ayniqsa mingboshining roli bazi zamonlarda nihoyatda yuqori bo`lganini bilamiz. Chunonchi, qushbegi, parvonachi lavozimlaridagi mingboshi harbiy unvoni berilishi fikrimiz dalili bo`la oladi. Bizga ma`lumki, Musulmonqul mingboshi hatto hokimiyatni qo`lga olib butun xonlik ishlarini yurgizgan.
Xonlikda yer munosabatlar suniy sug`orish yer muomalasi doimo o`tkir va dolzarb masalalardan biri bo`lib kelgan va hozirgi kunda ham u o`zining ushbu xususiyatini yo`qotgani yo`q.
XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xonliklaridagi yerlar uch qisimga bo`lingan:

  • Birinchisi- Davlat yerlari (amlok, amloki, podshohiy)

  • Ikkinchisi- shaxslarning xususiy( mulk) yerlari;

  • Uchinchisi- vaqf yerlari ;

O‘zbeklarning ming qabilasi (urug‘i) boshliqlaridan biri Shohruhbiy asos solgan Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon davlatlari boshqaruv tizimidan farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida bo‘lgani kabi Amir Temur davrida shakllangan hamda Shayboniylar davrida qisman islohot qilgan davlat boshqaruvi va tizimi mavjud bo‘lgan. Xonlikda eng oliy va markaziy unvon xon  unvoni bo‘lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish salohiyatlari xonning qo‘lida bo‘lgan.
Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli yillarda Shahrisabz, Urgut, Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi. Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda o‘zini “amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822 yilda Muhammad Alixon ham hon unvoni bilan taxga o‘tirgan.
Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra  deb atalganlar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin boshliqlarining xonga ta’siri kuchli bo‘lgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo‘lgan davrini (Xudoyorxon davrida, 1844-1852yy.) yoki Aliqulining amirlashkarlik va vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu holat xonning siyosiy kuch qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga hamda ma’lum ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha boyliklarga, yer, suv, qo‘riq yerlar, ko‘lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini muntazam ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va ma’muriyat, qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan rag‘batlantirilgan.
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan Kengash tuzilgan bo‘lib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim ishlarni ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a’zo bo‘lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi.
Qo‘qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar davrida (1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning asosiy sabablari sifatida o‘troq xalq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni, o‘zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni, Buxoro amiri bilan bo‘lgan nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining xoinliklari kabilarni ko‘rsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga yuz tutdi.
Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari hamda martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari hamda ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona amallariga bo‘linar edi (unvonlar va mansablar haqidagi ma’lumotlar quyidagi risoladan olindi: Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006. 6-21 bb.). Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish