Ekologiya, tabiiy resurslar va oziq-ovqat xavfsizligi e`tibordan chetda qolmaydi
Jahon resurslar institutining ma`lum qilishicha, 2040 yilga borib O`zbekiston suv tanqisligi yuqori bo`lgan 33 mamlakat qatoridan joy oladi. Shu boisdan mamlakatda mavjud irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilish yangilarini qurish zarurati tug`ilgan. Mamlakatdagi sug`orish tarmoqlarining 70 foizi antifiltrasion qoplamaga ega emas va buning natijasida yetkazib berish bosqichida suvning bir qismi yo`qolmoqda. Bugungi kunda qishloq xo`jaligini sug`orish suvi bilan ta`minlashdagi yo`qotishlar 40 foizga baholanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |