Reja: Kirish Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari


Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash, qayta baholash va amortizatsiya hisoblash



Download 0,55 Mb.
bet8/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#677848
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi byudjet hisobi

4. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash, qayta baholash va amortizatsiya hisoblash.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‘ich qiymat bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:3

  • huquqdan voz kechish (xarid qilish) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) to‘langan summalar;

  • huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (xarid qilish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

  • bojxona bojlari va yig‘imlari;

  • nomoddiy aktivlarni xarid qilish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

  • nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

  • nomoddiy aktivlar vositachilar orqali xarid qilinganda ularga to‘lanadigan haqlar;

  • nomoddiy aktivlarni yetkazib berish (yaratish) riskini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

  • aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.

Xarid qilingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o‘tkazmalar uchun bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga xarid qilishda valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash chog‘ida haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan olingan kreditorlik qarzi summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarz kapitali hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish davrida ularni ishlab chiqish uchun olingan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Chet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati mazkur BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, sotib olish sanasidagi chet el valyutasidagi summalarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
Korxona ustav kapitaliga ulush hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati, agarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi asosida tan olinadi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlash yo‘li bilan olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga teng.
Nomoddiy aktiv qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlash yo‘li bilan olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng.
Nomoddiy aktiv qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday bo‘lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatliklarning joriy qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymati korxonaning taqqoslash sharti bilan shunga o‘xshash mavjud qimmatliklar joriy qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Korxona tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha korxona tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bitta umumiy summada xarid qilingan nomoddiy aktivlarning har birining boshlang‘ich qiymati ushbu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda, korxona tomonidan nomoddiy aktivlar obyektlari ustav kapitaliga hissa hisobiga, tekin yoki ayirboshlash asosida qabul qilinganda nomoddiy aktivning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshadi.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda o‘zgartirilmaydi.
Nomoddiy aktiv dastlab tan olingandan so‘ng moliyaviy hisobotda jamg‘arilgan amortizatsiya ayrilgan holda boshlang‘ich qiymat (qoldiq qiymat) bo‘yicha yoki qayta baholangan qiymat (mumkin bo‘lgan muqobil usul) bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivni dastlab tan olingandan so‘ng moliyaviy hisobotda aks ettirishda qo‘llanadigan usul majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash — nomoddiy aktivlarning balans (qayta tiklash) qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.4
Korxona qayta baholashni joriy qiymatni faol bozor ma’lumotlari asosida aniq belgilash mumkin bo‘lgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshirishi mumkin.
Qayta baholashni balans (qayta tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan farq qilmasligi uchun muntazam ravishda amalga oshirish lozim.
Nomoddiy aktivni qayta baholashda ushbu qayta baholanayotgan aktiv taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda joriy (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan holda faol bozor ma’lumotlari asosida uning oxirgi qayta baholangan sanadagi qayta tiklash qiymati bo‘lishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar asosida tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:

  • tayyorlovchi firmalar va ularning rasmiy dilerlari hamda vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda xarid qilish sanasi bo‘yicha EKVda nomoddiy aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda);

  • qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • tegishli nomoddiy aktivning qiymati to‘g‘risida baholovchining hisoboti.

Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jamg‘arilgan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (qayta tiklash) qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning bahosini o‘sishi summasi rezerv kapitali tarkibiga “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga olib boriladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosining pasayish summasi avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyekt bahosining pasayish summasi chegarasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirishga olib boriladi. Obyekt bahosining pasayish summasining uning bahosini o‘sishi summasidan yuqorisi boshqa operatsion xarajatlarga olib boriladi.
Nomoddiy aktivlarning qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.



1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

2 O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMS. 10-bob Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi.

3 O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMS. 3-bob. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash.

4 O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMS. 5-bob. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish