Rеjа: Kirish Nеft vа gаzni qаytа ishlаshgа tаyyorlаsh vа stаndаrt nеftlаrning


Uglevodorod xom-ashyosini tayyorlash xususiyatlari



Download 89 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2022
Hajmi89 Kb.
#564473
1   2   3
Bog'liq
1-Ma'ruza

1.3.Uglevodorod xom-ashyosini tayyorlash xususiyatlari
Neft yerning bag’ridan mahsuldor qatlamdan maxsus burg’ilangan ishlatish quduqlari orqali kirib keladi. Neftni qazib olish jarayonida neft bilan birgalikda har xil mexanik zarrachalar (tog’ jinsi va sement zarrachalari), neft va suvda erigan har xil kristallar ko’rinishidagi suvlar va mineral tuzlar quduq orqali yerning ustiga ko’tariladi.
Ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak 60-75 % qazib olinadigan neft quduqlarning suvlanganlik sharoitida qazib olinadi. Neft qatlam suvlari bilan qazib olinganda emulsiya hosil bo’ladi va ularni bir-birida erimaydigan ikkita mexanik aralashma (neft va suv) ko’rinishida qarash mumkin. Neftning tarkibida suvning bo’lishi haydaladigan suyuqlikning hajmini va transport xarajatlarini oshiradi. Bunda neftning qovushqoqligi oshadi va uglevodorod xom ashyosini qayta ishlashni qiyinlashtiradi. Neftning tarkibida 0,1 % miqdoridagi suvning mavjudligi rektifikatsiya kolonnasida ko’pirishni jadallashtiradi va haydash texnologiyasini buzadi.
Neftning tarkibidagi suvli eritmaning minerallashgan tuzli aralashmasi quvur uzatmalarda korroziya muhitini hosil qiladi.
Neftning tarkibida mexanik zarrachalarning mavjudligi neftni qayta haydashda jihozlarni yemirilishga olib keladi, mazut va gudronlar yoqilganda qoldiqlarni ko’paytiradi, sovutish pechlarida va issiqlik almashtirgichlarda yotqiziqlarni hosil qiladi, jihozlar tezda ishdan chiqadi va issiqlik uzatuvchanlik koeffitsiyenti pasayib ketadi.
Mexanik aralashmalar qiyin ajraladigan emulsiyalarni hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qatlam neftining tarkibida katta miqdordagi uglevodorodlarning yengil fraksiyalari mavjud bo’ladi va bosim pasayganda gaz fazasiga o’tishni tezlashtiradi. Uglevodorodlarning bunday qismiga neftda erigan neft (yo’ldosh) gazi deyiladi. Bosim pasayganda neftning gazsizlanishi – bu qatlam va yer usti sharoitidagi neft xossalarining biri-biridan farq qilish holatidir.
Yo’ldosh gaz – bu etandan-pentangacha bo’lgan uglevodorodlardir. U qimmat baho xom ashyo bo’lib, undan spirtlar, sintetik kauchuk, eritmalar, suyuq mator yoqilg’isi, o’g’itlar, sun’iy tuqimalar va boshqa organik sintez mahsulotlari olinadi. Shuning uchun yengil fraksiyalarni yo’qotilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Neft mahsulotlari magistral quvur uzatmalarga berilishidan oldin suvsizlantiriladi, tuzsizlantiriladi, gazsizlantiriladi va mexanik zarrachalardan tozalanadi.
Yerning ustiga chiqib kelgan tabiiy gazning tarkibida katta miqdordagi suvlar, suyuq uglevodorodlar (kondensat) va mexanik zarrachalar bo’ladi. Bundan tashqari gazning tarkibida odamlarning sog’ligiga ta’sir etuvchi hamda quvurlarda va gazdan foydalaniladigan jihozlarni korroziyalanishini tezlashtiruvchi xavfli komponentlar, oltingugurt va karbonat angidrit gazi mavjud bo’ladi. Tabiiy gazda azot ham bo’ladi.
Gazda qattiq zarrachalarning mavjudligi gaz bilan aralashib kompressor detallarini, gaz uzatmalarining armaturalarini shikastlantiradi hamda nazorat – o’lchov asboblarini ishdan chiqaradi. Gaz uzatmalarining ba’zi bir past uchastkalarida joylashgan oraliqlarda qattiq zarrachalarning to’planishi natijasida ko’ndalang kesim yuzalari kichrayadi va o’tkazish ko’rsatgichini kamaytiradi. Mexanik zarrachalar quvur uzatmalarda, armaturada va asboblarda korroziya muhitini hosil qiladi. Gaz uzatmalariga qattiq kristallar ko’rinishidagi namlik aniq harorat va bosimda gidratlarni shakllantiradi va quvur uzatmaning ko’ndalang kesim yuzasini to’liq berkitib qo’yadi.
Oltingugurt kuchli zararli va korroziyani hosil qiluvchi komponent hisoblanadi. Oltingugurtli gazdan sanoatda foydalanilganda ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uglerod gazi gazni yonish issiqligini kamaytiradi.
Gaz magistral quvurlariga uzatishdan oldin quritiladi, mexanik va zararli zarrachalardan tozalanadi.
Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish