Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Bu haqda Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «dunyoviylik», ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»1. Darhaqiqat, yaqin o‘tmishimizda - dahriylik siyosati hukmronlik qilgan, diniy qarashlar va qoidalar xurofot deb atalgan. Diniy aqidaparastlar esa dunyoviy ilmlarni dahriylik, xudosizlik deb insonni e’tiqodidan ayirishga urindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |