Reja:
Kirish
1.Ma’naviyat va iqtisod tushunchalari
2.Ma’naviyat va iqtisodning jamiyat hayotida o’rni
3.Ma’naviyat va iqtisodning o’zaro aloqadorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma’naviyat va iqtisod bir-biri bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Iqtisod va ma’naviyat davlat va jamiyat hayotining asosiy bo’g’inlarida biri hisoblanadi. Ma’naviyat insonni ruhan poklanish qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosini irodasini baquvvat iymon e’tiqodini butun qiladigan vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch insonning barcha qarashlarining mezonidir.
Iqtisod davlatning jamiyatning rivojlanishining asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan barqaror kuchli va mustaqil bo’lgan davlatning xalqi ham o’zi ham boy bo’ladi. Iqtisod doim siyosatdan birinchi o’rinda turadi avval iqtisod keyin siyosatdir.
1.Ma’naviyat va iqtisod tushunchalari
Maʼnaviyat — insonni ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi.
Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo'lib, «amri-ma'ruf», «mushoira», «chiroyli so'z» kabi ma'nolarni anglatadi.
Ma'naviyat inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko'zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini qamrab oladi. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati ya'ni, yuksak ma'naviyat egasi bo'la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa mavjudotlarda ko'ra olmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy ozuqa va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi.
Ma'naviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir. Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo'q.
Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo.
Bugun oliygohlarda iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan koʻpchilik talabalar iqtisodni nazariy jihatdan chuqur oʻrganib, shu bilimlarni amalda qoʻllashga kelganda ozgina qiynalishadi. Ushbu turkum maqolalarda men qoʻldan kelgancha va oʻz bilimlarim doirasida iqtisodiy nazariya va amaliy iqtisod oʻrtasida bogʻliqlikni koʻrsatishga harakat qilaman.
Koʻpchilik orasida yana bir xato tushuncha bor: iqtisod asosida pul turadi. Yoʻq – iqtisod asosida manbalar (resurslar) turadi – pul ularning harakatini taʼminlovchi vosita, xolos. Savdo – iqtisodning katta qismi, lekin u iqtisodning asosi emas. Ibtidoiy jamoada savdo boʻlmagan. Odamlar oʻz ehtiyojlarini qoplash uchungina mehnat qilishgan. Jamoa orasida shu jamoa ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat taqsimoti boʻlgan: Ayollar nasl tarbiyasi va termachilik bilan mashgʻul boʻlsa, erkaklar ov va jamoa xavfsizligini taʼminlash bilan band boʻlgan. Bunday iqtisodda pul kerak boʻlmagan va iqtisod tabiiy qonunlar asosida qurilgan.
Yuqoridagi misoldan birlamchi ehtiyojlar nima ekani yaqqol tushunarli. Oziq-ovqat, boshpana va yashab nasl qoldirish uchun xavfsiz sharoit – bizning birlamchi (tabiiy) ehtiyojlarimizdir. Faqatgina tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlaydigan iqtisod – tabiiy iqtisoddir (tabiiy fenomen).
Pulga (yoki uning oʻrnini bosadigan narsaga) zarurat mehnat natijasida topilgan mahsulotlar birlamchi ehtiyojlarni qondirib, ortib qolganda paydo boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi rivojlangani sayin, yetishtirilayotgan mahsulot koʻpayib borgan. Bir qabilada ortiqcha bugʻdoy toʻplanib qolsa, boshqasida ortiqcha meva-sabzavotlar yigʻilgan. Ikki qabila oʻrtasida shu mollarni ayirboshlash (barter) boshlangan.
Bu jarayon jamoa oʻrtasida ijtimoiy tabaqalanishga olib kelgan. Endi savdo orqali boshqalarga nisbatan koʻproq manbaga (resursga) ega boʻladigan odamlar paydo boʻlgan. Bunda tabiiy resurslar odamlarning nafaqat tabiiy ehtiyojlarini – balki ijtimoiy talablarini ham qondirishga safarbar qilingan. Mana shu bosqichda ijtimoiy iqtisod (sotsial fenomen) yuzaga kelgan.
Siz bilan biz oʻrganadigan iqtisod – ijtimoiy iqtisod. Toʻgʻri, bugungi iqtisod ibtidoiy tuzum iqtisodidan ancha murakkab. Lekin uning asosida oʻsha minglab yillar avvalgi iqtisodni boshqargan qonuniyatlar va tamoyillar yotadi. Shunday ekan, iqtisodni tushunish uchun biz juda oddiy tushunchalar va misollardan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |