Reja: Kirish Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining tutgan o`rni. Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar. Moliya tizimining holati tahlili



Download 259,5 Kb.
bet5/9
Sana13.07.2022
Hajmi259,5 Kb.
#792685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining tutgan o`rni.

Moliya tizimining holati tahlili

2019 yilgi byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari asosan ijtimoiy xarajatlarni oshirish, byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdorlarini inflyatsiya darajasidan kam bo'lmagan miqdorlarda oshirish taklif etilmoqda. Buning uchun davlat byudjetida 1 659,0 mlrd. so'm mablag' ko'zda tutgan.
Bundan tashqari aholi farovonligini oshirish yo'nalishida, byudjet tashkilotlarida ishlovchi alohida sohalar xodimlarini ish haqi miqdorlarini tabaqalashtirilgan tarzda oshirish ko'zda tutilmoqda:

  • maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari pedagoglari, rahbar xodimlari, psixologlari va kutubxonachilari;

  • sog'liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlari; oliy taъlim muassasalari professor-o'qituvchilari;

  • fan sohasida Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy xodimlar.

1) Maktabgacha taъlim tizimiga nodavlat sektorini jalb qilish hamda sohada davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan nodavlat muassasalarga Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish uchun 2019 yilda 239,7 mlrd.so'm mablag' rejalashtirildi.
2) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlarining alohida tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha taъlim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to'lovi miqdori ikki barobarga pasaytirish hisobiga 2019 yildan boshlab ushbu xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetidan mablag'lar ajratib borildi.
Ushbu maqsadlar uchun 2019 yilda 23,6 mlrd.so'm mablag' ajratilgan.
3) 2019 yildan boshlab ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi munosabati bilan yuzaga keladigan qo'shimcha xarajatlar uchun byudjet parametrlarida alohida qatorda mablag'lar shakllantirilishi taklif etilmoqda. Ushbu mablag'larni (2019 yilda 3 583,9 mlrd.so'm) ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi natijasida byudjet tashkilotlarning qo'shimcha xarajatlari hamda davlat boshqaruv organlarining tarkibiy o'zgarishi bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo'naltirish ko'zda tutilgan.
Byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va quyi byudjetlarning yuqori byudjetga qaramliligini pasaytirish maqsadida quyidagilar ko'zda tutilmoqda:
1) viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi hududiy moliya boshqarmalari bazasida byudjet departamentlarini tashkil etish yo'li bilan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tumanlar (shaharlar) byudjetlarini mustaqil ravishda tasdiqlash va ijro etish vakolatini berish, bunda vazirlik va idoralar hududiy bo'linmalarining tegishli vazirlik va idoralar byudjetlari bilan chambarchas bog'liqligini nazarda tutish (gorizontal va vertikal rejalashtirish);
2) yuqori byudjetdan quyi byudjetga bosqichma-bosqich mahalliy ahamiyatga molik xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini berish;
3) 2020 yilning oxirigacha maqsadli transfertlar ajratilishi qoidalari va metodikasini takomillashtirish;
4) 2021 yildan boshlab mahalliy byudjetga qoldiriladigan soliqlar bo'yicha ajratmalar normativlarini birxillashtirish va o'rnatilgan normativlarni daromadlarning baza yilidagi ijrosi natijasidan qatъiy nazar 3 yilga biriktirish (pasaytirish huquqisiz);
5) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet maъlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taъminlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018 yil 22 avgustdagi PQ-3917-sonli qaroriga asosan 2019 yildan boshlab mahalliy byudjet qo'shimcha manbalarining kamida o'n foizini Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning xalq deputatlari Kengashi bilan kelishilgan holda, shuningdek “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirish.
2019 yil uchun taqdim etilgan Byudjetnomada O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlari 129 625,7 mlrd.so'mni yoki YaIMga nisbatan 29,8 foizni (2020 yilda 32,2 foiz) tashkil etdi.
Davlat byudjeti xarajatlari 107 118,4 mlrd.so'm, davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari 27 507,3 mlrd.so'mni tashkil etadi.
Bunda, Davlat byudjetidan maqsadli jamg'armalarga o'tkazib beriladigan transfertlar (byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi – 4 700 mlrd. so'm, Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi – 300 mlrd. so'm) konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida bir marta hisoblangan.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida joriy xarajatlar 91 237,6 mlrd.so'm (85%)ni va kapital xarajatlar 15 881,0 mlrd.so'm (15%)ni tashkil etadi. Byudjet kodeksining 83-moddasiga asosan byudjetnomani ishlab chiqish - byudjet so'rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etish, byudjet so'rovlarini ko'rib chiqish va jamlash asosida shakllantiriladi.
2019 yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi usulda:

  • 2018 yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2018 yilda yakuniga etkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish;

  • 2018 yil davomida xarajatlar strukturasida bo'lgan o'zgarishlar (sohalar o'zgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish;

  • ish haqi, kommunal to'lovlar, yoqilg'i va boshqa mahsulotlarni narxlarining oshish indekslarini 2020 yil uchun tasdiqlangan xarajatlarga taъsir qildirish orqali shakllantirilganligi maъlum bo'ldi.

Davlat byudjetining 2019 yil uchun xarajatlari loyihasida byudjet mablag'lari taqsimlovchilari byudjet so'rovlari asosida qo'shimcha tadbirlar qisman hisobga olingan. 2019 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlarini joriy yilda kutilayotgan Davlat byudjeti xarajatlariga nisbatan 36,4 foizga oshgan holda rejalashtirilgan. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida eng yuqori ulush “Ijtimoiy soha” xarajatlariga to'g'ri kelmoqda (54 foiz).
2019 yilda rejalashtirilgan “Ijtimoiy soha” xarajatlari joriy yildagi ushbu maqsadlar uchun kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 34,4 foizga oshgan. Xususan, davlat tomonidan olib borilayotgan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish doirasida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda kompensatsiya to'lovi uchun joriy yilda ajratilgan mablag'larga nisbatan 58,5 foizga ko'p mablag' rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida”gi PQ-3437-sonli qaroriga muvofiq, rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larini jamlash, taqsimlash va moliyalashtirish faqat O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to'g'risida”gi PF-5468-sonli Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan davlat maqsadli jamg'armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi) dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi.
Ushbu holat Davlat byudjetidan maqsadli jamg'armalarga ajratiladigan mablag'larni ikki bosqichda (maqsadli jamg'armalar va O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasi) jamlanishiga, yaъni moliyalashtirish bo'yicha ortiqcha bo'g'in vujudga kelishiga sabab bo'lishi mumkin edi.
Shunga asosan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Taъlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi hisobidan rivojlanish davlat dasturlari bilan bog'liq bo'lmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish funktsiyalarini Moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralarga yuklagan holda ushbu jamg'armalarni tugatish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, respublikamizda narx shakllantirilishini tartibga solishning bozor mexanizmlariga to'liq o'tilayotganligi va iqtisodiyotning sohalarida raqobatbardosh muhit shakllanayotganligi munosabati bilan iqtisodiyotni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida tovar va xizmatlar narxi keskin o'sishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan Ichki isteъmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko'maklashish jamg'armasini ham tugatish taklif etilmoqda.
Tugatiladigan jamg'armalarning 2019 yil yakunidagi qoldiq mablag'larini respublika byudjeti daromadlariga yo'naltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suv” jamg'armasi hisobidan rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish (3 734,6 mlrd.so'm) 2020 yilda Davlat byudjetining “Iqtisodiyot” sohasi xarajatlari tarkibida ko'zda tutilmoqda.
Natijada “Iqtisodiyot” sohasi bo'yicha xarajatlar 2019 yilga nisbatan 78,1 foizga ko'paygan.
Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan rivojlanish davlat dasturiga kiritiladigan obъektlar uchun mablag'lar (4 363,2 mlrd.so'm) “Ijtimoiy soha” xarajatlari tarkibiga kiritilgan.


Download 259,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish